II BOB. IQTISIDOYOTNI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati hamda iqtisodiyotgajalbqilishningobyektivzarurligi
O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning o‘ziga xos yo‘nalishini belgilab oldi. U iqtisodiyotning rivojlanishi va barqarorligida investitsiyalarning beqiyos o‘rin tutishini o‘z vaqtida to‘g‘ri anglab yetganligining natijasida investitsiyalarga, xususan, chet el investitsiyalariga bo‘lgan e’tiborning kuchayishi yuz berdiki, bu esa bugungi kunga kelib mamlakatimizdagi investitsiya faoliyatining rivojlantirilishiga olib keldi. Bugungi kunda rivojlangan investitsion faoliyatning yo‘lga qo‘yilishini hukumatimizning yuritayotgan oqilona investitsiya siyosatining mahsuli ekanligini ta’kidlash lozim. Zero, respublika birinchi prezidenti I.A.Karimovning “Iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, eksport imkoniyatini kengaytirish sohasida belgilangan yo‘nalishlar kuchli investitsiya siyosatini o‘tkazish bilangina ro‘yobga chiqadi”4, - degan ko‘rsatmalari muhim amaliy ahamiyatga ega.
Albatta, kuchli investitsiya siyosati o‘tkazish orqaligina biz o‘z iqtisodiyotimizni yanada gullab-yashnatishimiz mumkin. Bunda xorijiy investitsiyalarning o‘rni katta hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi qonunida “Chet el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari” deb e’tirof etiladi5.Bizningcha, xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutlaq boshqa davlat iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Chet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbayiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini rag‘batlantirgan holda jalb qilinadi. Lekin chet el kapitalini jalb qilishning hamma shakllari ham moliyalashtirishning tashqi manbayi bo‘lmasligi mumkin. Bu, birinchi navbatda, foiz to‘lovlari bilan qaytarishni talab etadigan kreditlar va qarzlarga taalluqli.
Chunki chet el kreditlari va xalqaro moliya institutlari qarzlari ma’lum vaqt o‘tgach asosiy qarz bilan birga belgilangan foizlarining qaytarilishini talab etadi. Chetdan jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar bilan chet eldan kiritiladigan kreditlarninig o‘ziga xos farqlari mavjud. Bu borada xorijiy investitsiyalar risklar doirasi bilan, chet el kreditlari esa risklari kengligi bilan farqlanadi.
Chet el investitsiyalari kapital eksport qiluvchi mamlakatlarning importyor mamlakatlar iqtisodiy subyektlari hamda qo‘shma korxonalar real va moliyaviy aktivlariga kiritgan mablag‘laridir. Chet eldan investitsiyalash kapital oqimining bir iqtisodiyotdan boshqasiga chiqib ketishini bildiradi, boyliklarni yanada foydaliroq shartlarda joylashtirish va investitsiyalar chet ellikka – kapital egasiga qaytishiga qadar nisbatan uzoq vaqt davomida mablag‘lar oqimini ta’minlash maqsadlarini nazarda tutadi. Ularga oqib ketish, qochish, ya’ni mamlakatlararo ko‘chib yurish xosdir. Huquqiy nuqtayi nazardan ular o‘zlarining milliy-huquqiy sharoitlarini qabul qiluvchi mamlakatning huquqiy sharoitlariga almashtiradilar. Chet el investitsiyalari mohiyat jihatidan o‘z milliy investitsiya muhitini o‘zga muhitga almashtiradi. Xavfsizlik, daromaddorlik, kapitallashuv va likvidlikdan tashqari chet el investitsiyalarining o‘ziga xos muhim belgisi aniq maqsadlarni ko‘zlash hisoblanadi. Ularning e’tiborini tortuvchi iqtisodiyot ham o‘z maqsadlariga erishishga intiladi. Bu maqsadlar samaradorlik, ishlab chiqarishni o‘stirish, tashqi bozorlarga kirib borish yoki noiqtisodiy mazmundagi vazifalar bo‘lishi mumkin. Shu sababli, o‘zaro manfaatlarning mos tushishi, ishonchli munosabatlar, kirib borish sharoitlarini hisobga olish investitsiyalarning bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chishining asosi hisoblanadi.
“Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida chet ellik investorlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
davlatlararo bitimlar yoki boshqa shartnomalarga muvofiq tashkil topgan yoki xalqaro ommaviy huquq subyektlari bo‘lgan xalqaro tashkilotlar;
chet el davlatlarining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil topgan va faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yuridik shahslar boshqa har qanday shirkatlar, tashkilotlar yoki uyushmalar;
chet el davlati fuqorolari bo‘lmish jismoniy shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shahslar va chet ellarda doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.
Bugungi kunda chet el kapitalini milliy iqtisodiyotga kiritishda bevosita xorijiy investitsyalarning eksportini oshirish siyosati, bu siyosat bizda asosiy,
mamlakatdan tashqarida raqobatni kuchaytrishga olib keladi, bu esa, o‘z navbatida, faol investitsiya faoliyatiga undaydi.
Xorijiy investitsiyalarni turlarga ajratish mumkin. Umuman olganda, chet el investitsiyalarining tarkibini quyidagicha guruhlash mumkin (2.1.1-chizma).
2.1.1-chizma. Xorijiyinvestitsiyalarningtasniflanishi6 To‘g‘ridanto‘g‘riinvestitsiyalarkapitalni joylashtirish shakli bo‘lib, investorni qimmatli qog‘ozlarga yoki mulkka bo‘lgan bevosita huquqidan dalolat beradi. To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar, kapital qo‘yuvchi davlat yoki uning xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan investitsiyalarni kapital qabul qiluvchi davlat iqtisodiyotiga joylashtirishini anglatadi. Investitsiyalardan
olinadigan yoki kutilayotgan daromad evaziga olish mumkin bo‘lgan foiz stavkasidan yuqoriroq darajada bo‘lishi kerak. Shundagina kapital qabul qiluvchi davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga bo‘lgan talabi qondirilgan bo‘ladi. Jahon kapital bozorida kapital oqimi unga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqadi. Xorijiy kapitalning milliy iqtisodiyotga kiritilishi ikkala tomonga ham manfaat keltirishni ko‘zlaydi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning o‘zga iqtisodiyotga kirib borishi moliyaviy xatarlar bilan bog‘liq. Chunki kapital oqimlarining harakati kapital bozorlari orqali vujudga keladi va, o‘z navbatida, moliyaviy harakatlarga asos soladi. Milliy kapital bozorlarida moliyaviy xatarlardan bo‘lmish foiz, kredit, inflyatsiya xatarlari asosiy xatarlardan hisoblanadi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tarkibiga quyidagilar kiradi:
kompaniyalarning o‘z kapitalini xorijga chiqarishi;
to‘g‘ridan to‘g‘ri investor xorijiy korxonadan olgan foydasini uning foydasiga qayta moliyalshtirilishi;
kapitalning bosh firma va uning xorijiy korxonalari o‘rtasida ichki korparativ o‘tkazmalari.
Portfelinvestitsiyalar-bu kapitalni xorijiy korxonlar qimmatli qog‘ozlariga (korxona ustav kapitalining 10% dan kam qismini) kiritish shaklida olib chiqib ketish bo‘lib, investorlarga ular faoliyatini bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi.
Jahon iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi jarayonida portfel investitsiyalar ulushining ortishi tabiiy holdir. Bu ikki holat bilan izohlandi:
jahonda moliya bozorlarining jadal rivojlanishi;
portfel investitsiyalarning yuqori likvidligi bilan bog‘liq afzallikdir.
To‘g‘ridan to‘g‘ri va portfel investitsiyalarni boshqa mamlakatga chiqib ketishida, albatta, maqsad birinchi o‘rinda turadi. Bu 2 turdagi investitsiyalar orasidagi farqlarni 2.1.1- jadvalda ko‘rishingiz mumkin.
Respublika iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati quyidagilar bilan xususiyatlanadi:
birinchidan,ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
ikkinchidan, import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;
2.1.1-jadval