Mo’G’ullar istilosi va ularning zulmiga qarshi kurash


Chig’atoy Ulusining tashkil topishi. Undagi boshqaruv tartibi, iqtisodiy-ijtimoiy hayot



Download 445 Kb.
bet4/5
Sana18.01.2022
Hajmi445 Kb.
#390657
1   2   3   4   5
Bog'liq
20 MO`G`ULLARNING O`RTA OSIYONI BOSIB

Chig’atoy Ulusining tashkil topishi. Undagi boshqaruv tartibi, iqtisodiy-ijtimoiy hayot.

Qoshg`ar, Ettisuv, Movarounnaxr ikkinchi o’g`li Chig`atoyga berildi. Chig`atoyning qo’shi Ili daryosi bo’yida edi. Uchinchi o’g`li O’g`adoyxonga G`arbiy Mo’g`uliston va Tarbag`atoy o’lkasi ajratildi. Uning qo’shi Chuguchakda edi. Chingizxonning kenja o’g`li Tuluyga esa otasidan Xalxa Mo’g`uliston, ya’ni, Shimoliy Mo’g`uliston meros qoldi. Uning qo’shi Kerulen daryosi bo’yida edi. Jo’chining o’g`li Botuxon (1227-1255), O’g`adoy (1227-1241) va Tuluyning o’g`li Munqa(1251-1260) zamonida mo’g`ullar saltanati ijtimoiy-siyosiy xayotida muhim o’zgarishlar bo’ldi va Oltin O’rdaga asos solindi.

Chig`atoy (1227-1241) o’z erlariga inju tarzida egalik qilgan. Olg`uygacha (1261-1266) bu erlarda xoqonning hokimiyati joriy etilgan. Xoqon nomidan Chig`atoy ulusini Maxmud Yalavoch boshqargan. 1239 yilda u Xitoyda Pekinga xokim etib tayinlangach, o’rniga o’g`li Ma’sudbek (1239-1289) o’tqazilgan. Harbiy xokimyat, axolini ro’yxatdan o’tkazish, soliq yig`ish ishlari doruxachi va tanmachi deb atalgan mo’g`ul amirlari qo’lida bo’lgan.

Maxmud Yalavoch Xitoyga jo’natilgan, Ma’sudbekka Uyg`uristonga qarashli Xo’tan, Qoshg`ar, olmaliq, Qoyalikdan to Samarqand va Jayxun daryosi sohillarigacha, Beshbaliq va Qoraxo’ja erlari in’om etilgan. Chig`atoy ulusida Kepakxon xukmronligi davrigacha (1309, 1318-1326) siyosiy barqarorlik bo’lmadi va bir qancha siyosiy kurashlardan so’ng, 1251 yil Qoraqumda bo’lgan qurultoy qaroriga ko’ra Chig`atoy ulusi ikki qismga bo’linib ketdi: Sharqiy Turkiston, G`ulja o’lkasi, Ettisuv, Farg`onaning shimoliy-sharqiy qismi qoon ixtiyorida qolgan bo’lsa, movarounnaxr, Farg`onaning g`arbiy qismi Oltin O’rda ko’l ostiga o’tdi.

Olg`uy ibn Boydar ibn Chig`atoy (1261-1266) Chig`atoy ulusini Oltin O’rda ta’siridan qutqarish choralarini ko’rgan bo’lsa, Baroq ibn Yisonqur ibn Komkor ibn Chig`atoy (1266-1271) Chig`atoy ulusini ancha kuchayishiga erishdi. Biroq, ko’p o’tmay Chig`atoy ulusiO’g`dayning nabirasi Kaydu va Oltin O’rda xoni Mangu Temur (1267-1280) ta’siriga tushib qoldi. Kaydu Chig`atoy ulusi taxtiga Baroqxonning o’g`li Duvaxonni (1291-1306) o’tkazdi. Andijonning tiklanishi, O’zganning Farg`ona o’lkasi poytaxtiga aylantirilishi uning nomi bilan bog`liq. Duvaxon Kaydu bilan xamkorlikda katta e’tiborga erishdi. Duvaxon vafotidan so’ng uning o’g`illari Kunjakxon va tolg`u ibn Qudug`ay ibn Bo’ri mutugan ibn Chig`atoylar xonligi uzoqqa cho’zilmadi.

Kepakxon urug`doshlarining barcha nizolariga barham berdi va markaziy xokimyatni mustaxkamlashga xarakat qildi. Chig`atoy davlatining rivoji, shaxarlar qurilishiga omil bo’lgan pul va ma’muriy isloxotlar Kepakxon nomi bilan bog`liq. Nasafdan ikki farsax masofada qurilgan Qarshi shaxri uning nomi bilan bog`liq. Ma’muriy isloxotlarga ko’ra mamlakat Buxoro va Samarqand vioyatlrida tumanlarga, Farg`ona va Sharqiy Turkistonda orchinga (poytaxt atrofi noxiyalari) bo’lindi. Yangi pul birligi «kepakiy» deb yuritilgan va bir dinor kepakiy ikki misqol, bir dirham kepakiy uchdan bir misqolga teng bo’lgan.

1326 yil Duvaxonning o’g`illari Elchigidoy va Durra Temur o’rtasida taxt uchun kurashlar boshlandi. Keyinchalik taxtni egallagan Alovuddin laqabli Tarmashirin (1326-1334) mustaxkam mavqega ega bo’ldi. Duvaxonning nabiralari Buzan, Chankshi, Esun Temur 1334-1338 yillarda nomigagina xon bo’lib turdilar. XIV asr 40-yillarida Chig`atoy ulusi ikkiga-Ettisuv,, Farg`onaning Sharqiy qismi, Sharqiy Turkistonda iborat Mo’g`ulistonga bo’linib, siyosiy jixatdan parchalandi.

Mo’g`ullar davlati yarim ko’chmanchi, xarbiy tartiblarga ega siyosiy tashkilot edi. Chingizxon va uning avlodlari xon unvonida bo’lib, ularning qo’l ostida xarbiylashgan amaldorlar pog`onasi turardi. Chig`atoy ulusi davrida Movarounnaxrni boshqarish maxalliy xukmdorlarga topshirilgan. Buxoroda esa maxalliy zodagonlar va ruxoniylar xokimyatini o’z qo’llariga olgan bo’lib, amirlar va sadrlar deb yuritilgan.

Chig`atoy ulusi xonlari o’z erlarini inju tarzida boshqarib, faqatgina daromaddan foydalanish xuquqiga ega bo’lganlar. Er solig`i mol (xiroj) o’n foizni tashkil etgan. Ko’chmanchilar to’laydigan qo’pchur yuz boshdan bir bosh xisobida bo’lgan. Savdodan targ`u jarimasi olingan. Munqa nomidan pul zarb etilgan, 1270 yildan boshlab, soliqlar pul ko’rinishida olingan. Pul ulusning eng yirik shaxarlaridan zarb etilgan. 1271 yil Ma’sudbek pul isloxoti o’tkazdi va ulusning barcha hududlari uchun bir xil vazndagi kumush tangalar muomilaga kiritildi. Isloxot iqtisodiy munosabatlarning jonlanishiga olib keldi va XIII asrning 80-90 yillarida ulusning 16 shaxrida shunday zarbxonalar ochildi.

Yuqorida aytilgan soliqlardan tashqari chorvadorlardan shulen solig`i olingan: har suruvdan bir qo’y va ming bosh otdan bir bosh biya. Xunarmand, savdogarlardan olinadigan yarg`u solig`i o’ttizdan bir ulush miqdorida bo’lgan. Bundan tashqari xalq turli yig`imlar va to’lovlarga, majburiy ishlarga ham jalb etilgan. Ulug` qoonlar Guyukxon (1246-1248), Munqaxon (1251-1260), Chig`atoy xoni Olg`uy (1261-1266) xukmronligi vaqtida boshqa mo’g`ul shaxzodalarining Movarounnaxr ichki xayotiga aralashuviga chek qo’yilgan, bu esa asta-sekin iqtisodiy xayotning jonlanishiga ta’sir ko’rsatgan. XIII asr o’rtalaridan boshlab, o’zbek qabilalarining o’zaro uyushuvi kuchayadi. Jumladan barloslar Qashqadaryoda, jaloyirlar Oxangaron vodiysida, arlotlar Afg`onistonning shimolida, qovchinlar Farg`ona vodiysida mustaxkam o’rnasha boradilar. Bu hol o’zbek xalqining tashkil topishida muxim omillardan biri bo’lgan.

XIII asrning boshlariga kelib (1206-1215) Mo’g`ulistonda Chingizxon hukmronligida kuchmanchi mo’tullarning ulkan davlati paydo bo’ldi. Bu davrda O’rta Osiyo hududlarida xorazmshohlar davlati mavjud bo’lib, o’zaro urushlar va boshboshdoqlik oqibatida bu qudratli saltanat inqirozga yuz tuga boshlagan davr edi. Chingazxon bilan Muhammad Xorazmshoh o’rtasida qisqa muddat (1215-1218) elchilik munosabatlari davom etgan bulishiga qaramay bu munosabatlar oxir-oqibat fojiali tugadi. Harbiy jihatdan puxta tayyorgarlik ko’rgan mo’g`ul ko’shinlari xorazmshohlar davlatidagi iqtisodiy, siyosiy va ishtimoiy tushkunlik vaziyatidan foydalanib, qisqa muddatda (1218-1221) O’rta Osiyo erlarini bosib oladilar.

Asrlar davomida moddiy va ma’naviy madaniyati rivojlanib kelgan O’rta Osiyodagi ko’pgina shaharlar- Buxoro, Samarqand, Xo’jand, Termiz, O’tror, O’zgan, Urganch, Kesh kabilar vayronaga aylayatirildi. Dehqonchilik vohalari xarobalarga aylandi. Mo’g`ul bosqinchlari mahalliy aholiga hamda ularning madaniyatiga hech bir shafqat qilmadilar. Arab tarixchisi Ibn al-Asir (1160-1214) O’rta Osiyodagi mo’g`ul bosqini haqida shunday yozadi: «...Xitoy chegaralaridan bir xalq chiqib, Turkistondagi Kashg`ar va Balasog`un kabi viloyatlarni, Movarounnahrdagi Samarqand, Buxoro va boshqa shaharlarni... vayron etib, qirg`in qilib, talon-toroj qilib egalladi. Tatarlar (mo’g`ullar) hech qaysi shaharni omon qoldirmadilar, ketayotib vayron etdilar. Ular nimaniki yonidan o’tgan bo’lsalar, uzlariga yoqmagan narsalarga o’t qo’ydilar».

O’rta Osiyo xalqlari mo’g`ul bosqinchlariga qarshi qahramonona kurash olib bordi. Xususan, O’tror hokimi Inalxon, Buxoro mudofaachilari Ixtiyoriddin Qushlu, Hamid Pura Qoraxinoy, Suyunchixon, Xo’jand hokimi Temur Malik, Urganch shayxi Najmiddin Kubro, shahzoda Jaloliddin kabilar Vatan mustaqilligi va ozodligi uchun qon tukib kurashdilar. Ammo ular ona-yurt ozodligini saqlab qolisha olmadi. Mo’g`ullar istilosi oqibatida Movarounnahr va Xurosoning obod viloyatlari, shaharlari xarobazorga aylantirildi.

Zarafshon, Marv, Xorazm vohalarida sug`orish tarmoqlari buzib tashlanishi natijasida yam-yashil dalalar, bog`-roklar xarobazorga aylandi. Bu davrda ilm-fan va ma’rifatga etkazilgan jarohat ham oz bo’lmadi.

Bosqinchilar to’s-to’poloni vaqtida Buxoroda, Samarqandda, Urganchda bir nechta kutubxonalar yonib ketdi. Misol uchup Buxoroda «Mas’udiya» madrasasi va katta kutubxona yonib ketdi. Faqat XIII asrping 70-80- yillariga kelib O’rta Osiyoda asta-sekinlik bilan bo’lsa-da, shahar hasti, hunarmandchilik jonlana boshlandi. Mo’g`ul bosqini davrida inqirozga yuz tutgan v fan-adabiyot, ma’rifat va madaniyatning ayrim tarmoqlari ham tiklana boglaydi. XIII asrda Buxoroda «Mas’udiya» va «Xoniya» madrasalari qurildi. Jaloliddin Rumiy, Sa’diy Sheroziy, Amir Xusrav Dexlaviy kabilar adabiyot sohasida ijod etdilar. Undan tashqari Abu Umar Mirxojiddin Jusjoniyning «Tabaqoti Nosiriy», Alouddin Otamalik Juvayniyning «Tarixi jahon gushay» («Jahon fotihlari taraxi»), Fazlullloh Rashididdinning «Joms at-chavorix» («Tarixlar to’plami») kabi tarixiy asarlari yaratiladi.

XULOSA
Mo'g'ullar istilosi natijasida jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri Movarounnahr xarobazorga aylantirildi.

Tarixdan ma’lumki, XIII asr boshlarida Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ullar qo‘shini yurtimiz hududlariga bostirib kirib, obod shahar va qishloqlarimizni vayron qilishgan.

Bu paytda Buxoro vohasi ham Xorazmshohlar davlatiga qarashli edi. XI – XII asrlarda esa Buxoro Qoraxoniylar va Saljuqiylar davlatlari tarkibida bo‘lgan.

Xorazmshoh Alouddin Muhammad tomonidan Buxoro mudofaasi uchun amiroxur Ixtiyoriddin Kushlu va Inonchxon (O‘g‘ul Hojib) rahbarligi ostida 30000 kishilik qo‘shin ajratilgan. Buxoroda bulardan tashqari Hamid Pur, Sevinchxon va Ko‘kxonlar bor edi. Chingizxon va uning kichik o‘g‘li Tulixon mo‘g‘ullarning asosiy kuchlari bilan Buxoro shahrini 1220 yil fevralda qamal qilishgan. Buxoro amirlari uch kunlik qamaldan so‘ng mo‘g‘ullar halqasini yorib o‘tib, Xurosonga ketishga qaror qilishgan. Biroq mo‘g‘ullar Buxoro qo‘shinini pistirmaga tushirib, tor-mor keltiradilar, faqat Inonchxon ozgina qo‘shin bilan qamalni yorib o‘tishga muvaffaq bo‘ladi. Himoyachilarsiz qolgach, shahar aholisining bir qismi taslim bo‘lishga qaror qilib, Chingizxon huzuriga qozi Badriddin boshchiligidagi vakillarini jo‘natgan. Biroq shaharliklar va qo‘shinning bir qismi (400 jangchi) yana 12 kun davomida Buxoro Arkiga yashirinib, bosqinchilarga qarshi qahramonona kurashni davom ettiradi. Shahar butkul vayron qilinib, yondirib yuborilgach, aholining bir qismi qirib tashlangan, qolganini boshqa shaharlarni olishda qamal ishlarida foydalanish uchun haydab ketishgan. Chingizxon Tovush bosqoqni Buxoro hokimi etib tayinlagan.




Download 445 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish