Mo’G’ullar istilosi va ularning zulmiga qarshi kurash



Download 445 Kb.
bet1/5
Sana18.01.2022
Hajmi445 Kb.
#390657
  1   2   3   4   5
Bog'liq
20 MO`G`ULLARNING O`RTA OSIYONI BOSIB




O`RTA OSIYONI MO`G`ULLAR TOMONIDAN BOSIB OLINISHI

REJA:


  1. Movarounnahrda mo‘g‘ullar istilosining oqibatlari. Xalq qo‘zg‘olonlari

  2. Mo`g`ullar hujumi arafasida Xorazmshoxlar davlatidagi vaziyat. Elchilik munosabatlari.

  3. Mo’g’ullarning Movarounnahr, Xorazm va Xurosonni istilo etishi

  4. Chig’atoy Ulusining tashkil topishi. Undagi boshqaruv tartibi, iqtisodiy-ijtimoiy hayot.

  5. Movarounnahr mo’g’ullar bosqini davrida

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

XIII ASRDA MOG’UL DAVLATI

 

Movarounnahrda mo‘g‘ullar istilosining oqibatlari. Xalq qo‘zg‘olonlari

 

Mo‘g‘ullar istilosi O‘rta Osiyo xalqlari boshiga cheksiz falokat olib keldi.  Talon-taroj va vayronalik dahshatli tus oldi. Ularga baho berib, o‘rta asr tarixchisi shunday yozadi: «Balki inson zoti hayot tugab, oxirzamon bo‘lgunga qadar shunga o‘xshash voqeani qayta boshdan kechirmasa kerak».



Qachonlardir Sharqning boy va madaniy shaharlari bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Urganch, Marv, Termiz va boshqa manzillar vayrona etildi. Gullagan dehqonchilik vohalari cho‘lga aylandi. Mo‘g‘ullar ko‘plab bog‘ va dalalarni sug‘orib turgan mashhur irrigatsiya tarmoqlarini buzib tashladilar. Sug‘orish tarmoqlari qurib qoldi. Qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik inqirozga yuz tutdi.

Mo‘g‘ullar bosqini natijasida Movarounnahr aholisining soni keskin kamayib ketdi. Qishloq va shahar aholisining katta qismi halok bo‘ldi. Ko‘plab hunarmandlar mo‘g‘ul qo‘shini ortidan olib ketildi, ayollar va bolalar esa qullikka solindi. XIII asrning birinchi yarmida mo‘g‘ullarning o‘zlari O‘rta Osiyoga kelib joylashmadilar. Ularning asosiy qismi Mo‘g‘ulistonda qoldi.

Movarounnahrning shahar va qishloqlarida hayot sekinlik bilan tiklana bordi. Bosqindan keyingi 10-15 -yil mobaynida vayronalik izlari hamma joyda ko‘zga tashlanib turdi. Hatto XIII asrning 30--yillarida ham Buxoro, Samarqand va boshqa shaharlarda ko‘plab machitlar, madrasalar va bozorlar vayrona holida yotardi. Aholi sonining keskin kamayishi natijasida ko‘plab dala va ekinzorlar huvullab qoldi.

Urushlar tugagandan so‘ng mo‘g‘ullar qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘yish zarurligini anglay boshladilar. Aks holda bosqinchilar o‘lpon ololmas edilar. Faqat nimadir ishlab chiqargan kishilardagina daromad qilish mumkin edi. Buning uchun tinch hayot zarur edi.

Hayot sekin-asta, katta qiyinchiliklar bilan tiklana boshlanadi.

Odamlar yangi uylar qurishdi, anhor va ariqlar o‘zanini tiklashdi, kichikroq dalalarga ishlov bera boshladilar. Shaharlarda hunarmandchilik va savdo biroz jonlandi.

Ziroatkor va hunarmandlar nafaqat o‘z oilalarini boqishlari, balki bosqinchilarni ham ta’minlashlari lozim edi. Mo‘g‘ullar uchun qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilik mahsulotlarini iloji boricha ko‘proq qo‘lga kiritishlari muhim edi. Movarounnahr aholisining ahvoli yomonlashdi, ko‘plab odamlar butunlay qashshoqlashib qoldi.
Mo‘g‘ul hokimiyatining zulmi kuchaydi. Qashshoqlanish darajasiga olib borilgan aholi g‘azabga keldi. Ular shahar va qishloqlarda yashirin to‘planib, o‘zlarining mo‘g‘ullar istibdodi ostidagi og‘ir hayotlarini muhokama qildilar.
Buxoro muzofotidagi Torob qishlog‘ida Mahmud Torobiy ismli hunarmand yashardi. U o‘z yurtdoshlarini mo‘g‘ullar bilan kurashga chorladi. Uning tarafdorlarining soni ortib bordi. Buxoro vohasining ko‘plab qishloqlarida odamlar mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg‘olish xabarini kutib turardilar.

Bosqinchilar Torobiyni ayyorlik bilan Buxoroga chorlash va uni yo‘lda o‘ldirishga qaror qildilar. Shu maqsadda ular Mahmud Torobiyning oldiga bir necha mo‘g‘ul harbiy boshliqlarini jo‘natdilar. Ammo Mahmud Torobiy Buxoroga bir o‘zi emas, balki o‘zining ko‘p sonli tarafdorlari hamrohligida bordi.

Buxoro yonidagi tepaliklarning birida Torobiyning ko‘p sonli izdoshlari to‘plandi. 1238-yili shu yerda u xalqni zolimlarga qarshi qurolli kurashga da’vat qildi.

Mahmud Torobiyning chaqirig‘i katta muvaffaqiyat qozondi. Buxoro atroflaridagi barcha aholi qo‘zg‘olonchilarga kelib qo‘shildi. Ular Buxoroni egalladilar. Mahmud Torobiyni shahar hukmdori deb e’lon qildilar.

Torobiyning muvaffaqiyatlaridan cho‘chigan mo‘g‘ullar katta qo‘shin to‘pladilar va Buxoroga qarab yurdilar. Shahar yaqinida qo‘zg‘olonchilar va mo‘g‘ul qo‘shinlari o‘rtasida qaqshatqich jang bo‘lib o‘tdi.

Qo‘zg‘olonchilarning ko‘pchiligi ketmon va boltalar bilan qurollangan edilar. Shunga qaramasdan ular uyushqoqlik bilan va mardlarcha jang qildilar. Mo‘g‘ul qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchrab, qochdilar. Ushbu jangda 10 mingga yaqin kishi o‘ldirildi.

Jangning borishi tezda o‘zgardi va qo‘zg‘olon muvaffaqiyatsizlik bilan tugadi. Mahmud Torobiy kutilmaganda tasodifiy o‘qdan halok bo‘ldi. SHundan keyin qo‘zg‘olonga Torobiyning ukalari rahbarlik qilishdi. Ammo ular tashkilotchilik qobiliyatiga ega emasdilar va mo‘g‘ullar bilan jang qilishga tayyor emasdilar.

Buxoro yonida mo‘g‘ullarning yangi otryadlari paydo bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilar mag‘lub qilindi va ulardan 20 ming kishi halok bo‘ldi. Mo‘g‘ullar Buxoroga kirdilar. Ular shahar ahlini o‘ta shafqatsizlik bilan  jazoladilar va taladilar.


Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni mo‘g‘ullar istibdodiga qarshi qaratilgan edi. Qo‘zg‘olon mo‘g‘ul hokimiyatiga xalq hamisha zo‘ravonlikka qarshi qo‘zg‘olishi mumkinligini ko‘rsatdi.

Dehqon va hunarmandlar Mahmud Torobiy izidan zulmga va zo‘ravonlikka qarshi kurash uchun ergashdilar. Mahmud Torobiy insonlar xotirasida chin vatanparvar, xalq manfaatlarining himoyachisi sifatida saqlanib qoldi.



Download 445 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish