Mog`ullar davlati



Download 12,72 Kb.
bet1/3
Sana24.07.2021
Hajmi12,72 Kb.
#127826
  1   2   3
Bog'liq
Xorazmshohlar davlatining halokati


Og'ir Siyosiy vaziyat 1221-yilning boshlarida Chingizxon 'qo`shinlarining Urganchga yurishi boshlandi. Endigina Xorazm davlatining Sultoni deb e'lon qilingan Jaloliddin Manguberdi Urganchga yetib kelib mudofaaga kirishsa-da, ammo Turkon Xotun Jaloliddin hokimiyatini tan olmadi. Unga qarshi sobiq Jand noibi qochqin Qutlug`xon boshliq qipchoq lashkarboshilari tomonidan uyushtirilgan suiqasddan xabar topgan Sulton Jaloliddin Temur Malik bilan Xurosonga jo`nashga majbur bo`ladi. Chunki bunday vaziyatda poytaxtga tomon bostirib kelayotgan yovuz dushmanga qarshi Urganch mudofaasini sira ham tashkil qilib bo`lmas edi. Tez vaqt ichida shahzodalar O`zloqshoh va Oqshohlar ham Urganchni tark etib,qochib ketadilar.

Poytaxt taqdiri o`ta qo`rqoq va amalparast amir Xumortegin qo`lida qoladi. U o`zini Sulton deb e'lon qilib, Urganchni mo`g`ullardan himoya qilishga va'da ham qiladi. Urganchdek katta shaharni qamal qilish uchun shimoldan Jo`ji, Buxoro tomondan Chig`atoy va O`qtoy askarlari bostirib keladi.

1221-yilning qishida 50 ming kishilik mo`g`ul askarlari hujum boshlab, Urganchni qamal qiladi. Urganchliklar dushmanning harbiy kuch va zirhli qurollarining ustunligiga qaramay o`z ona shahrini mudofaa qiladilar. Mo`g`ul askarlari ichiga neft to`lg`azilib, piligi yonib turgan ko`zachalarni irg`itib tursa-da, erksevar Urganch aholisi bunday og`ir damlarda ham dushmanga qarshi mardonavor kurashdi. Poytaxt ichida olib borilgan ko`cha janglarida zamonining buyuk allomasi Shayx Najmiddin Kubro nomi bilan shuhrat topgan 76 yoshli Ahmad ibn Umar Xivaqiy o`z do`st-u shogirdlari va izdoshlari bilan ishtirok etadi. Najmiddin Kubroning iltijo bilan "Yo Vatan, yo sharofatli o`lim" deb aytgan xitobi rahnamoligida har bir mahalla, ko`cha-ko`y, guzar-u rasta, masjid-u madrasa va har bir xonadon janggohga aylanadi. Mudofaachilar qadrdon shaharning har bir qarich yerini mardona himoya qilib, mardlik va fidokorlik namunalarini ko`rsatadilar. Uzoq davom etgan ko`cha janglarida minglab mo`g`ul askarlari halok bo`ladi. Mo`g`ullar to shu paytgacha Movarounnahrning hech bir shahrida bunchalik qurbon bermagan edilar. Bu qonli kurash besh oy davom etgan.

Chingizxon Najmiddin Kubroga ahli a'yonlari, barcha yor-u do`stlari bilan shahar tashqarisiga chiqib, jon saqlashni taklif etgan. Ammo shayx Chingizxon taklifini rad qilgan. Oqibat son jihatidan teng bo`lmagan dushman bilan olib borilgan shiddatli jangda og`ir yaralangan Najmiddin Kubro o`lim oldida tug` tutgan mo`g`ul sarboziga tashlanib, qahramonlarcha shahid bo`ladi. Shubhasiz, harbiy kuchda va intizomda ustun bo`lgan mo`g`ullarga qarshi kurashgan urganchliklarning g`alaba qozonishi mushkul edi. Ilojsizlikdan holi tang bo`lib, taslim bo`lgan Urganch bosqinchilar tomonidan talontoroj qilinadi. 100 ming nafar hunarmand asirga olinib, qolganlari qirib tashlanadi. Shaharning bosh to`g`oni buzib yuboriladi. Urganchni suv bosib, u vayron bo`ladi.



Download 12,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish