11.2. Innovatsion pedagogik muhitni tashkil etish vositalar. В.I.Slabodchikov g‘oyasiga ko‘ra qayerda ta’lim muhiti mavjud bo‘lsa, uning mazmun-mohiyati, aloqalari va vositalari mavjud bo‘ladi. Muhit o‘zining chegarasi va tarkibiga ega. “Muhit asosini nimalar tashkil etadi?”, “uning qanday aloqalari mavjud?”, “muhitning vositasi nima va nimalari bilan ajralib turadi? kabi savollarga javob berishi kerak. Talim muhiti ilgaridan belgilab berilgan, qandaydir bir manoli narsa emas. Talim beruvchi va talabalarning uchrashuvi qayerda boshlansa, osha yerdan talim muhiti boshlanadi, qaysiki ularning birgalikdagi faoliyatining manbai sifatida alohida institutlarda, talim dasturlari, talim subyektlari orasida talim jarayoni tashkil etilib, muhit loyihalanadi va quriladi. Bundan, muhit talimni tashkil etish jarayonida subyekt (oqituvchi va oquvchi)larning birgalikdagi faoliyatining fazosi sifatida izohlanadi [19].
Innovatsion pedagogik muhit shaxsni har tomonlama rivojlanishiga tasir korsatadigan, pedagogik ijodkorlikni, noananaviy fikrlashni shakllantiradigan talim muhiti bolib, bu muhitni yaratuvchilari oqituvchi va oquvchilar hamkorligini taminlanishi hisoblanadi.
Innovatsion pedagogik muhitni tashkil etish vositalarini shartli ravishda ikki qismga bolib korsatishimiz mumkin. Birinchisi moddiy, ikkinchisi manaviy vositalardir.
Moddiy vositalarga informatika oqituvchisi innovatsion pedagogik muhitni tashkil etishda foydalanidigan qonuniy me’yoriy hujjatlar, loyihalashtirish hujjatlari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, barcha turdagi texnik vositalar, manaviy vositalarga loyihalashtirishning umumiy vositalari: ijtimoiy buyurtmalar, tegishli informatika fanining nazariy amaliy tushunchalari, innovatsion pedagogik texnologiyalardan nazariy va amaliy qollanmalar, korsatmalar, fanning oquv qollanmalari, majmualari, elektron talim resurslari va h.k.
Pedagogik jarayonning ishlanmasi bilan innovatsion loyihalashtirish farq qiladi, ishlanma hech qanday yangi goyalarga asoslanmasligi, ilgaridan malum metodlar va usullardan, texnologiyalardan foydalanish, har doim ham istiqbolli, ertangi kun ehtiyojini hisobga olmasligi, oquvchi shaxsining qimmatli ehtiyojlari(xohlaydimi, yoqmi?)ni hisobga olmasligi mumkin. Innovatsion pedagogik loyihalashtirish esa aksincha, oquvchini har tomonlama organgan holda uning shaxsiy ehtiyojlarini hisobga olish, oqitishda hali malum bolib ulgurmagan innovatsion pedagogik texnologiyalardan, metodlardan, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan, elektron talim resurslaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |