Talim vositalarini loyihalashtirish. Talim jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi, oquv materialini korgazmali taqdim etish, organish, shu bilan birga talim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi vositalar talim vositalari bolib, oqituvchi dars mazmunining qaysi qismini, qanaqa vositadan foydalanib, qanday yetkazib berilishini loyihalaydi.
Oqituvchi tomonidan tayyorlanadigan loyihalar - dars ishlanmalarida, texnologik xaritalarda, oquv-uslubiy majmualarda oz aksini topadi.
Informatika oqituvchisining pedagogik va ATni, ulardan foydalanishni bilishi, goyaviy boyligi, kasbiy mahoratining yuqori darajadaligi talim jarayonini loyihalashtirish va tashkil etishda yetakchi orinni egallaydi.
Talim jarayonining loyihasi texnologik xaritalarda oz ornini topadi. Darsning texnologik xaritasi dars darayonining har bir bosqichida oqituvchi va oquvchilar faoliyatining vaqt meyorlari boyicha taqsimlanishini belgilash uchun ishlatiladi [39, 42, 84].
Bugungi kunda zamonaviy dars loyihasini tuzish muammo hisoblanadi. Oqituvchi darsga tayyorlanish jarayonida DTS talablarini royobga chiqarish uchun qanday asosiy holatlarni hisobga olishi lozim?
Menimcha, talim jarayonidagi barcha ishtirokchilar ortasidagi ozaro faoliyatni, hamkorlikni rejalashtirishning zamonaviy shakli, zamonaviy darsning eng yaxshi ifodasi texnologik xaritada oz aksini topadi.
Texnologik xarita oqituvchi uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
oquv jarayonida fanni organish, ozlashtirish uchun oquv materiallarini bir butun, tizimli, loyiha korinishida ifodalash;
ilgaridan kozlangan maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan faoliyatni ketma-ket ifodalash, darsning barcha qismlarini mukammal rejalashtirish;
oqituvchi va oquvchi faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
pedagogik faoliyat subyektlarini bir vaqtdagi barcha harakatlarini moslashtirish, turli variantlaridan eng maqbulini tanlash;
talim jarayonida oquvchilarni mustaqil ishlash faoliyatiga undash;
DTSda aks etgan rejalarni amalga oshirish;
mavzu va mavzu qismlari boyicha oquvchilarni aniq, unumli oquv faoliyatiga undash;
mavzuni ozlashtirish jarayonida maqsaddan toki oxirgi natijagacha ish jarayoni ketma-ketligini loyihalashtirish;
mavzuni ozlashtirishning har bir bosqichida oquvchilar ozlashtirishini rejalashtirish va loyihalashtirish;
talim natijalarini qoyilgan maqsadga mosligini aniqlash;
talim sifatini oshirish.
Oqituvchi tomonidan tuzilgan darsning texnologik xaritasi quyidagi savollarga javob berishi lozim:
Qanday faoliyatlarni amalgan oshirish lozim;
Dars qanday bosqichlardan tashkil topadi;
Dars bosqichlariga qancha vaqt ajratish lozim;
Oquvchilar qanday faoliyatlarni amalga oshiradilar;
Darsning har bir bosqichi qanday natija berishi lozim;
Darsda qanday vosita, qaysi pedagogik texnologiya, metod va qanaqa talim texnologiyalaridan foydalaniladi va h.k.
Darsning bosqichlari dars turlariga qarab ajratiladi. Bizga malumki, darsning:
Yangi mavzuni ozlashtirish darsi;
Mustahkamlash darsi;
Takrorlash va umumlashtirish darsi;
Nazorat va baholash darsi
Aralash dars;
Xatoliklar bilan ishlash va h.k.turlari mavjud
Yuqoridagi dars turlariga qarab, dars bosqichlari quyidagicha bolishi mumkin:
Kirish qism;
Tashkiliy qism;
Oquvchilarni faollashtirish;
Yangi bilimlarni egallash;
Otilgan mavzuni mustahkamlash;
Organilganlarni nazorat qilish;
Organilganlarni qollash;
Umumlashtirish va tizimlashtirish;
Nazorat va oz-ozini nazorat;
Kamchiliklarni tuzatish (korreksiya);
Uyga vazifa berish;
Mashgulotni yakunlash va h.k
Darsning texnologik xaritasi:
oquv jarayonini DTS talablariga mos rejalashtirish;
oqituvchi faoliyati natijalarini korsatish
yosh oqituvchilarga metodik yordam berishni taminlaydi.
Bugungi kungacha pedagoglar uchun texnologik xaritani yagona formasi mavjud bolmay, xilma-xil korinishlardan foydalaniladi. Masalan,
1-shakli
Dars bosqichlari
|
Davomiyligi
|
Oqituvchi faoliyati
|
Oquvchi faoliyati
|
Oquv-metodik materiallar
|
|
|
|
|
|
2-shakl [39,42].
Fanni nomi_______ guruh____________ sana __________
Mavzu_________________________________________________
Maqsad: a) talimiy_______________________________________
b) tarbiyaviy_______________________________________
g)rivojlantiruvchi_________________________________
Darsning turi______________________________________________
Asosiy tushuncha va iboralar__________________________________
Fanlar aro aloqalar________________________________________
Oqitish vositalari____________________________________________
Dars shiori_________________________________________________
Har qanday loyihalashtirilgan dars yakunida oqituvchi quyidagi natijaga erishishi kerak:
Oquvchilarda fanga xos bilimlarni egallashiga;
Fanlar aro aloqa, integratsiya, metapredmetlikni vujudga keltirishga;
Shaxsiy fazilatlarni shakllantirishga.
Informatika fani oqituvchisining oquv jarayonida oquv faoliyatini olib boradi. Oquv faoliyatini loyihalashtirishdan maqsad shundaki informatika oqituvchisi:
oquv faoliyatini mustaqil tashkil etishga,
oz xohishlari bilan bilimlarni har xil manbalardan qidirib topishga;
ilgari egallagan bilimlarni amaliy jarayonda qollashga;
ilmiy tadqiqotchilik mahoratlarini shakllantirishga;
oqituvchilik faoliyatini tashkil etishda mustaqil qaror qabul qilishga;
turli oquv faoliyatlarida qobiliyatlarini namoyon etishga organadilar
Shuningdek, muammolarni aniqlash, bartaraf etish mahorati, axborot yigish, kuzatish, sinash, tahlil qilish, faraz qilish, umumlashtirish, tizimli fikrlash kabi qobiliyatlar shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |