Modul №1 optika fanining rivojlanish tarixi


Radiatsion pirometrlar va radiatsion temperatura



Download 1,89 Mb.
bet47/60
Sana01.07.2022
Hajmi1,89 Mb.
#726209
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60
Bog'liq
1.1.Modul bo\'yicha mavzular Optika

Radiatsion pirometrlar va radiatsion temperatura. Bolsman va Vin qonunlarining doimiylari (mos ravishda σ va b) ishonchli aniqlangan deb hisoblab va ulardan foydalanib, ular bevosita o’lchangan temperaturalardan yuqoriroq temperaturalarni ham o’lchash mumkin. Bolsman qonunidan foydalanganda ta’sir ko’rsatayotgan nurlanishning fazoviy burchagi kattaligini, nurlanishning asbobda qaytish va yutilish sarfini va hokazolarni hisobga olgan holda qabul etuvchi asbobga yuborilayotgan umumiy nurlanishni juda ehtiyot bo’lib o’lchash kerak. Radiatsion piromertlar deb ataluvchi bu asboblarning tuzilishi quyidagi imkoniyatga asoslangan: manbaning tasviri asbobning q abul etuvchisiga shunday proyeksiyalanishi kerakki, bunda S qabul etuvchini hamma vaqt manbaning tasviri tamomila qoplangan bo’ladi va nurlanish asbobga asbob o’lchovlari belgilaydigan o’zgarmas fazoviy burchak ostida kiradi.
O’lchashlar vaqtida asbob birmuncha uzoqda turgan yetarlicha o’lchamli S manbaga L ob’yektiv yordamida to’g’rilanadi; L ob’yektiv qabul etuvchida manbaning keskin tasvirini olishga imkon beradi. Bu sharoitda pirometr olgan energiya pirometr bilan manba orasidagi masofadan mustaqil ravishda manbaning ravshanligiga proporsional bo’ladi. Shunday qilib, pirometrning ko’rsatishlari kuzatilayotgan qora jismning ravshanligiga, binobarin temperaturasiga bog’liq bo’ladi. Pirometrni ma’lum temperaturali qora jism nurlanishi bo’yicha darajalab olib, uning ko’rsatishlaridan tadqiq etilayotgan temperaturani o’lchash uchun foyqalanish mumkin.
Radiatsion piromertlarda qabul etuvchi sifatida hammadan ko’proq termopara yoki bolometr qo’llaniladi, lekin qizdirganda egiluvchi bimetall spiralli, gaz termometrli pirometrlar ham mavjud. Agar qora bo’lmagan jism tadqiq etilayotgan bo’lsa, u holda radiatsion pirometr ko’rsatishlari jismning haqiqiy temperaturasini emas, balki Tr temperaturasini bildiradi. Tr – temperatura deganda umumiy nurlanishi (radiatsiyuasi) tadqiq etilayotgan jism nurlanishiga teng bo’lgan qora jismning temperaturasi tushuniladi. Agar tadqiq etilayotgan jismning umumiy nurlantirish qobiliyatiga nisbati, ya’ni
(22.1)
ma’lun bo’lsa, u holda jismning haqiqiy T temperaturasi bilan uning radiatsion Tr temperaturasi orasidagi munosabatni aniqlab bo’ladi. Ta’rifga ko’ra, QT kattalik 1 dan kichik. U odatda temperatura ko’tarilishi bilan birmuncha ortib boradi.
Masalan, metallar uchun QT ning qiymatlari uncha katta emas (0,1 dan 0,3 gacha), metall oksidlari va ko’mir uchun QT ancha katta (0,9 gacha).
QT kattalikni va qizdirilgan jismning radiatsion temperaturasini bilgan holda
(22.2)
munosabatdan jismning haqiqiy temperaturasini aniqlash mumkin. QT hamma vaqt 1 dan kichik bo’lganligi uchun, jismning radiatsion temperaturasi uning haqiqiy temperaturasidan hamma vaqt kichik.

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish