Moddiy nuqta kinematikasi



Download 1,92 Mb.
bet27/50
Sana01.07.2022
Hajmi1,92 Mb.
#722334
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
Bog'liq
2 5332493371644579116

3.
Yakuniy bosqi

(10 daqiqa)



    • Mavzu bo’yicha talabalarda yuzaga kеlgan savollarga javob bеradi, yakunlovchi xulosa qiladi.

    • Talabalarga uyda hisoblash uchun 2 yoki 3 ta masala masalalar taqdim etadi.

Savollar bеradilar.
Vazifani yozib oladilar.

B.B.B. texnikasi





Mavzu savoli

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bildim

1

Mexanik tebranishlarning qanday turlarini bilasiz.










2

Erkin garmonik tebranish tenglamasini yozing.










3

Matematik va fizik mayatnik tebranish davrlari ifodasini yozing.










4

Mexanik to‘lqinlar tenglamasini sharhlang.











Mustaqil yechish uchun masalalar



  1. Agar 1 min da 150 tebranish bo’lib, tebranishlarning boshlang‘ich fazasi 45˚ ga teng va amplitudasi 5 sm bo’lgan garmonik tebranma harakat tenglamasini yozing. Shu harakat grafigini chizing.

  2. Amplitudasi 0,1 m, davri 4 s va boshlang‘ich fazasi nolga teng bo’lgan garmonik tebranma harakat tenglamasini yozing.

  3. Garmonik tebranishlar amplitudasi 50 mm, davri 4 s va boshlang‘ich fazasi р/4. 1) Mazkur tebranishning tenglamasini yozing. 2) t=0 va t=1,5 s bo’lganda tebranayotgan nuqtaning muvozanat vaziyatdan siljishini toping. 3) Bu harakat grafigini chizing.

  4. 4 Tebranishlarning boshlang‘ich fazasi: 1) 0, 2) р/2, 3) р, 4) 3р/2, 5) 2р bo’lgan garmonik tebranma harakat tenglamasini yozing. Tebranishlar amplitudasi 5 sm va tebranishlar davri 8 s. Bu hollarning hammasi uchun tebranishlar grafigini chizing.

  5. Garmonik tebranayotgan nuqta harakat boshidan qancha vaqt o’tgach muvozanat vaziyatdan yarim amplitudaga teng siljiydi? Tebranish davri 24 s, boshlang‘ich faza nolga teng.

  6. Garmonik tebranishning boshlang‘ich fazasi nolga teng. Davrning qanday qismini o’tgach nuqtaning tezligi maksimal tezligining yarmiga teng bo’ladi?

  7. x=7sin0,5рt tenglama bo’yicha tebranma harakat qilayotgan nuqta harakat boshlanganidan qancha vaqt o’tgach muvozanat vaziyatidan maksimal siljishga qadar yo’lni o’tadi?

  8. Garmonik tebranish amplitudasi 5 sm, davri 4 s ga teng. Tebranayotgan nuqtaning maksimal tezligini va uning maksimal tezlanishini toping.

  9. Nuqtaning harakat tenglamasi x = 2sin (р/2 t + р/4) sm ko’rinishida berilgan. 1) Tebranishlar davrini, 2) nuqtaning maksimal tezligini, 3) uning maksimal tezlanishini toping.

  10. Nuqtaning harakat tenglamasi x = sin р/6 t ko’rinishida berilgan. Maksimal tezlik va maksimal tezlanishlarga erishiladigan vaqt paytlarini toping.

  11. Nuqta garmonik tebranadi. Tebranishlar davri 2 s, amplitudasi 50 mm, boshlang‘ich fazasi nolga teng. Nuqtaning muvozanat vaziyatidan 25 mm ga siljigan paytdagi tezligini toping.

  12. Nuqtaning maksimal tezlanishi 49,3 sm/s2, tebranishlar davri 2 s va nuqtaning muvozanat vaziyatidan 25 mm ga siljigan boshlang‘ich vaqt paytdagi garmonik tebranishning harakat tenglamasini yozing.

  13. Garmonik tebranishning boshlang‘ich fazasi nolga teng. Nuqta muvozanat vaziyatidan 2,4 sm siljiganida nuqtaning tezligi 3 sm/s bo’ladi, 2,8 sm siljiganida esa tezligi 2 sm/s bo’ladi. Shu tebranishning amplitudasi va davrini toping.

  14. m =1,6∙10-2 kg massali moddiy nuqtaning tebranish tenglamasi x=0,1sin(р/8 t+р/4) m ko’rinishga ega. Nuqtaga ta’sir etuvchi F kuchning (bitta davr chegarasida) t vaqtga bog‘liqlik grafigini chizing. Maksimal kuch qiymatini toping.

  15. Massasi 10 g bo’lgan moddiy nuqta x = 5sin(р/5 t+р/4) sm tenglama bo’yicha tebranadi. Nuqtaga ta’sir etuvchi maksimal kuchni va tebranayotgan nuqtaning to’la energiyasini toping.

  16. Massasi 16 g bo’lgan moddiy nuqtaning tebranish tenglamasi x = 2sin(р/4 t+р/4) sm ko’rinishga ega. Nuqtaning kinetik, potensial va to’la energiyasining bitta davr chegarasida vaqtga bog‘liqlik grafigini chizing.

  17. Vaqtning 1) t = T/12 s, 2) t = T/8 s, 3) t = T/6 s paytlari uchun garmonik tebranayotgan nuqta kinetik energiyasining uning potensial energiyasiga bo’lgan nisbati nimaga teng? Tebranishning boshlang‘ich fazasi nolga teng.

  18. Nuqtaning muvozanat vaziyatidan siljishi: 1) x = A/4, 2) x = A/2, 3) x = A ni tashkil qiladigan (A - tebranish amplitudasi) paytlar uchun garmonik tebranayotgan nuqta kinetik energiyasining uning potensial energiyasiga bo’lgan nisbati nimaga teng?

  19. Garmonik tebranma harakatda bo’lgan jismning to’la energiyasi 3∙10-5 J, jismga ta’sir etuvchi maksimal kuch 1,5∙10-3 N ga teng. Tebranish davri 2 s va boshlang‘ich faza 60˚ bo’lsa, bu jismning harakat tenglamasini yozing.

  20. Moddiy nuqtaning garmonik tebranishlar amplitudasi A = 2 sm, tebranishlarning to’la energiyasi W = 3∙10-7 J. Muvozanat vaziyatidan qancha siljiganda tebranayotgan nuqtaga F = 2,25∙10-5 N kuch ta’sir etadi?

  21. Uzunligi 2 m bo’lgan ipga osilgan sharchani 4˚ burchakka og‘dirilib, rebranishni kuzatiladi. Tebranishni so’nmaydigan garmonik tebranish deb faraz qilib, sharcha muvozanat vaziyatidan o’tayotgandagi tezligini toping. Mexanika tenglamalaridan sharchaning muvozanatlik vaziyatidan o’tish tezligini topib, olingan yechimni tekshirib ko’ring.

  22. Prujinaga 10 кГ yuk osilgan. Prujina 1 кГ kuch ta’sirida 1,5 sm cho’zilishi ma’lum bo’lsa, yukning vertikal tebranish davrini aniqlang.

  23. Prujinaga yuk osilgan. Yuk tebranishining maksimal kinetik energiyasi 1 J ekanligi ma’lum bo’lsa, prujinaning deformatsiya koeffisientini toping. Tebranish amplitudasi 5 sm.

  24. Ikkita birday prujinalarga osilgan yukning prujinalarning ketma-ket ulashdan parallel ulashga o’tkazilgandagi vertikal tebranish davri qanday o’zgargan?

  25. Prujinaga osilgan mis sharcha vertikal tebranayapti. Prujinaga mis sharcha o’rniga shunday radiusdagi alyuminiy sharcha osilgan, tebranish davri qanday o’zgaradi?

  26. Prujinaga toshlar qo’yilgan tarozi pallasi osilgan. Bunda vertikal tebranishlar davri 0,5 s ga tang. Pallaga qo’shimcha toshlar qo’yilganidan keyin vertikal tebranish davri 0,6 s bo’ladi. Shu qo’shimcha yuk tufayli prujina qanchaga cho’zilgan?

  27. Og‘irligi P=0,2 кГ bo’lgan areometr suyuqlikda qalqimoqda. Areometrni suyuqlikka bir oz botirib, so’ngra qo’yib yuborilsa, u T = 3,4 s davr bilan tebrana boshlaydi. Tebranishni so’nmaydigan deb hisoblab, shu tajriba ma’lumotlariga asoslanib areometr qalqib yurgan suyuqlikning zichligi с ni toping. Areometrning vertikal tsilindrik naychasining diametri d = 1 sm.

  28. 8 s birday davr va 0,02 m birday amplitudali bir tomonga yo’nalgan ikki garmonik tebranma harakatlarni qo’shish natijasida olinadigan harakat tenglamasini yozing. Bu tebranishlar fazalarining farqi р/4 ga teng, birining boshlang‘ich fazasi nolga teng.

  29. x1=0,02sin(5рt + р/2) m va x2 = 0,03sin(5рt + р/4) m tenglamalar bilan berilgan, bir tomonga yo’nalgan tebranishlarni qo’shishdan hosil bo’lgan garmonik tebranish amplitudasi va boshlang‘ich fazasini toping.

  30. Bir tomonga yo’nalgan birday amplituda va davrli ikki garmonik tebranishlarni qo’shish natijasida xuddi shunday davr va amplitudali natijaviy tebranish hosil bo’ladi. Qo’shiluvchi tebranishlar fazalarining farqini toping.

    1. x1 = 4sinрt sm va x2 = 3sin (рt + р/2) sm tenglamalar bilan berilgan, bir tomonga yo’nalgan tebranishlarni qo’shishdan hosil bo’lgan garmonik tebranish amplitudasi va boshlang‘ich fazasini toping. 2) Natijaviy tebranish tenglamasini yozing. 3) Amplitudalarni qo’shishning vektor diagrammasini chizing.



Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish