89.Nuqtaning egri chiziq bo’ylab harakati va tenglamalar bilan berilgan. Nuqta trayektoriyasini tenglamasi topilsin.
90.Jism gorizontga nisbatan 30o burchak ostida otilgan. Harakatning boshlang‘ich momentidagi normal va tangensial tezlanishlar topilsin.
91.Gorizontga nisbatan 30o burchak ostida quroldan chiqqan snarad t1 = 10s va t2=50s vaqt o’tgach ikki marta biror bir balandlikda bo’lgan. Boshlang‘ich tezlik va shu balandlik topilsin.
92.Vaqtning qanday momentida gorizontal ravishda хo = 19.6 m/s boshlang‘ich tezlik bilan otilgan jismni tangensial tezlanishi normal tezlanishga teng bo’ladi?
93.Poezd 36 km / soat tezlikda harakat qilmoda. Agar bug‘ berish to’xtatilsa, poezd tekis sekinlashuvchan harakat qilib, 20 sekunddan keyin to’xtaydi.1 poezdning manfiy tezlanishi topilsin. 2 to’xtash joyidan necha metr narida bug‘ berishni to’xtatish kerak?
94.Balandligi H=25 m bo’lgan minoradan gorizontda =300burchak ostida v0=15m/s tezlik bilan otilgan. 1) tosh qancha vaqt harakatda bo’ladi? 2)U minora asosidan qancha uzoqlida erga tushadi? 3) u qanday tezlik bilan erga tushadi? 4) Toshning erga tushish nuqtasida uning traektoriyasi gorizont bilan burchak hosil qiladi? Havoning qarshiligi hisobga olinmasin.
95.Yerning bir sutkalik aylanishi, 2) soatdagi soat strelkasining, 3)soatdagi minut strelkasining, 4)aylana orbita bo’ylab T=88 min aylanish davri bilan harakatlanayotgan Yer sun’iy yo’ldoshining burchak tezliklari va 5)agar sun’iy yo’ldoshning orbitasi Yer sirtidan 200 km balandlikka bo’lsa, uning chiziqli tezligi topilsin.
96.Samolyotdagi yo’lovchiga Quyosh osmonda qo’zg‘alma) turgandek ko’rinishi uchun, samolyot ekvator bo’ylab sharqdan g‘arbga tomon qanday tezlik bilan harakatlanishi kerak?
97.Tekis tezlanish bilan aylanayotgan g‘ildirak bosgidan N=10 marta aylangandan keyin = 20 rad/sek burchak tezlikka erishsa, uning burchak tezlanishi topilsin.
98.Moddiy nuqta radiusi R=30sm bo’lgan aylana bo’yicha o’zgarmas E burchak tezlanish bilan harakatlanyapti. Agar t=4c vaqtda 3 marta aylansa va uchinchi aylanish oxirida normal tezlanish an = 2,7 m/s bo’lsa, tangensidl tezlanish a toping.
99.Bir-biridan 1=0,5 m oraliqda ikki disk mahkamlangan o’q u=1600 ayl/min chastotaga mos burchak tezlik bilan aylanma harakat qilmoqda. Disk mahkamlangan o’q bo’ylab uchib boruvchi o’q ikki diskni teshib o’tadi va ikkinchi diskdagi teshik birinchisidagiga nisbatan (p=12° burchakka siljiydi. O’qning tezligi aniqlansin..
100.Aylanma harakat qilayotgan g‘ildirak gardishidagi nuqtaning u1, chiziqli tezlik gardishidan o’qqa 5 sm yaqin bo’lgan nuqtasining u2 chiziqli tezligidan 2,5 marta katta bo’lsa, g‘ildirakning radiusi topilsin.
101. Tekis tezlanish bilan aylanayotgan g‘ildirak harakat boshidan N=10 marta aylangandan keyin =20 rad/sek burchak tezlikka erishsa, uning burchak tezlanishi topilsin.
102.Maxovik g‘ildirak harakat boshlanishidan t=l min o’tgach =720 ayl/min ga mos tezlikka erishadi. G‘idirakning burchak tezlanishi va bir minutdagi aylanish soni topilsin. Harakat tekis tezlanuvchan deb hisoblansin
103.Tekis sekinlanuvchan aylanayotgan g‘ildirak tormozlanish natijasida 1 min davomida o’zining tezligini 300 ayl/min dan 180 ayl/min gacha kamaytiradi.G‘ildirakning burchak tezlanishi va bu minut ichidagi aylanishlarsoni topilsin.
104.Ventilyator 900 ayl/min chastotaga mos tezlik bilan aylanadi. Ventilyator o’chirilgandan keyin u tekis sekinlanuvchan harakat qilib, to to’xtaguncha 75 marta aylangan. Ventilyator o’chirilgandan to to’xtaguncha qancha vaqt o’tgan?
105.Val 180 ayl/min chastotaga mos o’zgarmas tezlik bilan aylanadi. Val tormozlangan vaqtdan boshlab son jihatdan 3 rad/sek2 ga teng burchak tezlanish bilan tekis sekinlanuvchan aylanma harakat qiladi. 1) Val qancha vaqt o’tgach to’xtaydi? 2) To to’xtaguncha u necha marta aylanadi?
106.Nuqta R=20 sm radiusli aylana bo’ylab o’zgarmas tangensial tezlanish at=5 m/sek2 bilan harakatlanadi. Harakat boshlangandan qancha vaqt o’tgach nuqtaning an normal tezlanishi: 1) tangensial tezlanishiga teng, 2) tangensial tezlanishdan ikki marta katta bo’ladi?
107.Nuqta R=10 sm radiusli aylana bo’ylab o’zgarmas tangensial tezlanish at bilan harakatlanadi. Agar harakat boshlangandan keyingi beshinchi marta aylanish oxirida nuqtaning tezligi u=79,2 sm/sek ga teng bo’lsa, nuqtaning at tangensial tezlanishi topilsin.
108.Nuqta R=10 sm radiusli aylana bo’ylab o’zgarmas tangensial tezlanish at bilan harakatlanadi. Agar harakat boshlangandan keyingi beshinchi marta aylanish oxirida nuqtaning tezligi u=10 sm/sek ga teng bo’lsa, harakat boshlangandan t=20 sek o’tgandan keyingi nuqtaning an normal tezlanishi topilsin.
109.Radiusi R=10 sm bo’lgan g‘ildirak 8=3,14 rad/sek2 o’zgarmas burchak tezlanish bilan aylanadi. Harakat boshlanishidan keyingi birinchi sekundning oxirida gardishidagi nuqtalarning: 1)burchak tezligi, 2)chiziqli tezligi, 3) tangensial tezlanishi, 4) normal tezlanishi, 5) to’latezlanish, 6) to’la tezlanish bilan g‘ildirak radiusi orasidagi burchaktezlanishi topilsin.
110.Harakat boshlanishidan 2 sek o’tgach tekis tezlanuvchan harakat qilayotgan g‘ildirak gardishidagi nuqtaning to’la tezlanish vektori shu nuqta chiziqli tezligining yo’nalishi bilan 600 burchak tashkil qilsa, g‘ildirakning burchak tezlanishi topilsin.
111.G‘ildirak o’zgarmas =2 rad/sek2 burchak tezlanish bilan aylanadi. Harakat boshlanishidan 0,5 sek o’tgach g‘ildirakning to’la tezlanishi a=13,6 sm/sek2 ga tengbo’lsa, uning radiusi topilsin.