1 – Ma’ruza Moddiy nuqta kinematikasi. Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish. Aylanma harakat. Burchak tezlik. Burchak tezlanish. Tangensial va normal tezlanish



Download 0,69 Mb.
bet1/6
Sana26.01.2023
Hajmi0,69 Mb.
#903352
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
92262bf907af914b95a0fc33c3f33bf6


1 – Ma’ruza
Moddiy nuqta kinematikasi. Egri chiziqli harakatda tezlik va tezlanish. Aylanma harakat. Burchak tezlik. Burchak tezlanish .Tangensial va normal tezlanish
Tayanch so‘z va iboralar:
Kinematika, moddiy nuqta, sanoq sistemasi, radius vektori, traektoriya, tekis harakat, tezlik, to‘g‘ri chiziqli tekis o‘zgaruvchan harakat, o‘rtacha tezlik, tezlanish, aylana bo‘ylab harakat, burilish burchagi, radian, aylanish davri, aylanish chastotasi, chiziqli tezlik, burchak tezlik, burchak tezlanish.

Fizika ham, xuddi boshqa fanlar kabi, shunchaki faktlar to‘plamiga emas, ijodiy fikrlashga asoslanadi. Kuzatiladigan hodisalarni tushuntirish uchun muhim nazariyalar quriladi. Bu nazariyalarni ularda aytiladigan natijalar bilan eksperiment natijalarini solishtirib “tekshinriladi”, va faqat shundan keyingina nazariyalarni qabul qilinishi yoki inkor etilishi mumkin1.


Har bir konkret hodisani yoki hodisalarning ma’lum to‘plamini tushunish uchun olimlar modelni – hodisani tushuntirishi mumkin bo‘lgan o‘ziga xos tasavvur yoki analogiyani taklif qilishlari va shu yo‘l bilan uni tushunishni engillashtirishlari mumkin. Model asosiga qurilgan nazariya ko‘p hollarda oddiy modelga nisbatan ancha chuqurroq va murakkabroq bo‘lishi mumkin1.
Ilmiy qonun aniq tasdiqni ifodalaydi, ko‘p hollarda bir qator vaziyatlar uchun konkret hodisalarning to‘plamini miqdoran tavsiflovchi formula ko‘rinishida beriladi1.
Fizikada o‘lchashlar har qiluvchi rolni o‘ynaydi, biroq ular hech qachon absolyut aniq bo‘lmaydi. Shuning uchun o‘lchashdan olinadigan har qanday qiymat uchun o‘lchash xatoligi belgi bilan yoki shu sonni qiymatlarining faqat to‘g‘ri miqdorini saqlangan holda ko‘rsatilishi kerak1.
Barcha kattaliklar standart kattalik yoki o‘lchov birligi orqali ifodalanadi, barcha hollarda tegishli o‘lchov birligi ko‘rsatilishi kerak. Hozirgi vaqtda xalqaro birliklar sistemasidan (XBS) foydlalaniladi, bu sistemada metr, kilogramm, sekunda uzunlik, massa va vaqtning standart birliklari hisoblanadi1.
Biror kattalikning o‘lchamligi shu o‘lchamlik tuzilgan asosiy kattaliklar o‘lchamliklarining kombinatsiyasi hisoblanadi (masalan, tezlik uzunlik/vaqt o‘lchamligiga ega yoki ). Shu munosabatga kiruvchi kattaliklarning o‘lchamlariga qarab u yoki bu munosabatning to‘g‘riligini tekshirish (bu metod o‘lchamliklar tahlili deb ataladi), ba’zi hollarda esa izlanayotgan munosabatning umumiy ko‘rinishi ham topish mumkin1.
Harakati o‘rganilayotgan jismning kattaligi va shakli kuzatilayotgan sharoitda hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasa, bunday jism moddiy nuqta deb qaraladi.
Sanoq sistemasi . Istalgan bir jismning harakati boshqa bir jismga yoki bir-birlariga nisbatan olib o‘rganiladi. Sanoq sistemasi sifatida biror qattiq jism bilan bog‘langan, o‘zaro bir-birlariga tik bo‘lgan 3 ta o‘qdan iborat bo‘lgan dekart koordinatalar sistemasi qo‘llaniladi. Bunday sanoq sistemasi moddiy nuqta deb qaralishi mumkin bo‘lgan jismning istalgan vaqtda fazodagi o‘rnini to‘la aniqlash imkonini beradi. Nuqtaning fazodagi o‘rnini X,Y va Z koordinatalari orqali aniqlanadi.
Radius – vektor va traektoriya tushunchasi. Koordinatalar boshidan kuzatilayotgan nuqtaga o‘tkazilgan Z vektorning koordinata o‘qlaridagi proeksiyalari nuqtaning koordinatalariga mos ravishda tengdir, ya’ni rx =x; ry=y va rz=z. Agar nuq­taning fazodagi o‘rni o‘zgaradigan bo‘lsa, ham o‘zgaradi. Shuning bilan bir qatorda nuqtaning X,Y,Z koordinatalari ham o‘zgaradi, Bundan ko‘rinadiki, nuqtaning istalgan vaqtda fazodagi o‘rnini, koordinatalari yoki vektori orqali ifodalash mumkin ekan.
Nuqtaning fazodagi o‘rnini to‘la ravishda aniqlashga imkon beruvchi bunday vektor radius-vektor deb ataladi.
Harakat qilayotgan jismning berilgan vaqt oralig‘idagi harakat trayektoriyasi deganda, shu oraliqdagi vaqtning har qanday qiymatlarida kuzatilayotgan jismning fazodagi o‘rinlarini ifodalovchi nuqtalarning o‘zaro qo‘shilishidan iborat bo‘lgan chiziqni tushuniladi.
Tezlik. Harakatlanayotgan moddiy nuqtaning fazodagi o‘rnini ifodalovchi x, y, z koordinatalar va radius-vektor vaqt o‘tishi bilan uzluksiz o‘zgarib boradi. Koordinatalarning va unga mos ravishda radius-vektorning birlik vaqt oralig‘ida o‘zgarish miqdorini aniqlovchi fi­zik kattalik - tezlikni kiritaylik.
Moddiy nuqta biror traektoriya bo‘yicha harakatlanayotgan bo‘lib, biror t vaqtda uning fazodagi o‘rni radius-vektor orqali va oradan vaqt o‘tgandan so‘ng, ya’ni da nuqtaning fazodagi o‘rni radius-vektor orqali ifodalansin (1.1- rasm.) Demak, radi­us-vektor vaqt ichida ga o‘zgargan, moddiy nuqta esa masofaga siljigan bo‘lsin. Radius-vektorning vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ko‘rib chiqaylik. nisbatning miqdori va fazodagi yo‘nalishi ning qiymatiga bog‘likdir. Agar vaqt oralig‘ini uzluksiz kamaytirib borsak aniq kattalikka intiladi va bu kattalik moddiy nuqtaning vaqtdagi harakat tezligidan iborat bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganlarni matematik usulda quyidagicha yozish mumkin:
(1.1)
(1.1) ifodadan tezlik vektorining yo‘nalishi vektorning yo‘nalishi bilan mos kelishi ko‘rinib turibdi. Agar ni uzluksiz kamaytirib borilsa, ning yo‘nalishi pirovardida shu vektor boshlanish nuqtasidagi traektoriyaga o‘tkazilgan urinma bilan mos tushadi, ning son qiymati esa ga teng bo‘lib qoladi.
Demak, biror traektoriya bo‘yicha harakatlanayotgan jismning istalgan nuqtadagi tezlik vektori traektoriyaning shu nuqtasiga o‘tkazilgan urinma bo‘yicha yo‘nalgan bo‘lar ekan.
Matematika kursidan ma’lumki, (1.1) formula asosida tezlik vektorini radius-vektoridan vaqt bo‘yicha olingan birinchi tartibli xosila ko‘rinishida yozish mumkin, ya’ni
(1.2)
1.1- rasm
1.1-rasmdan ko‘rinadiki, berilgan t uchun, uzluksiz kamayib borsa, ning moduli ga intiladi va (1.1) formulaga asosan tezlik vektorining modulini quyidagicha yozish mumkin:
(1.3)

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish