O‘rmon-energoximiya sikli-o‘rmonga boy rayonlar-Sibir, Uzoq SHarq, Ural va Evropada vujudga kelgan. Bu sikl o‘rmon yog‘ochi tayyorlash va unga mexanik ishlov berish, shu jumladan yog‘och-taxta tilish, qurilish detallari, yog‘och tolali va yog‘och qipiqli plitalar ishlab chiqarishni, so‘ngra dastlabki xom ashyoni ximiyaviy- mexanikaviy va ximiyaviy qayta ishlab sellyuloza, qog‘oz, karton, yog‘och xom ashyosi gidroliz qilib olinadigan (spirt, furfurol ozuqabop achitqilar) hamda o‘rmon ximiyasi mahsulotlarini (sirka kislotasi, skipidar, kanifol va boshqalar) ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.
Issiqlik energiyasi sanoati sikli-uchun arzon yoqilg‘i, ya’ni ochiq usulda qazib olinadigan ko‘mir, shuningdek tabiiy gaz va mazut ko‘p to‘plangan rayonlarda, chunonchi Sharqiy Sibir bilan Qozog‘istonda ayniqsa qulay sharoit mavjud. Jumladan, O‘zbekistondagi GRES, IES, IEM va boshqalar effektiv yoqilg‘i hisoblangan tabiiy gaz bo‘lgan hududlar hisobiga rivojlanmoqda. U atrof rayonlardan keltiriladigan samarador yoqilg‘i (ayniqsa tabiiy gaz) hisobiga ham rivojlanishi mumkin. Bu sikl kuchli issiqlik elektr stansiyalarining energiyasidan (bug‘ va issiq suv ham shu hisobga kiradi) yoppasiga foydalanish natijasida ham vujudga keladi. Bunda tayyor mahsulot birligiga yoqilg‘i va energiyani ko‘p sarflaydigan ishlab chiqarish korxonalari ham birgalikda rivojlanadi. Bunga nefelinlardan majmuali foydalanib, glinozyom, soda va sement olish misol bo‘la oladi.
Atom energiyasi sanoati sikli-hududiy jihatdan bir-biridan ajralib turgan ikki xil ishlab chiqarish blokidan iborat. Ulardan biri faqatgina, tabiiy uran manbalarida shakllanadi. Bu blok dastlabki xom ashyoni ko‘p bosqichli boyitish jarayonlaridan iborat, bu jarayonlar esa, o‘z navbatnda, uran bilan plutoniy yadro yoqilg‘isini sanoat masshtabida olish maqsadida radioximiya metodlariga asoslangan. Ishlab chiqarishning ikkinchi blokini atom elektr stansiyalari (AES va ATES) va suvni isitib, issiqlik beruvchi qozonxonalar (AST) tashkil etadi. Yadro yonilg‘isi transportabel (tashish xafli) bo‘lmaganligi tufayli ular faqat elektr energiyasi va issiqlikni iste’mol qiladigan rayonlardagina joylashtiriladi. Ayni vaqtda tez harakatlanuvchi neytronlar bilan jihozlangan atom elektr stansiyalari yadro yonilg‘isini regeneratsiya qilib, ularning o‘zi ham yadro yoqilg‘isining eng arzon turi-plutoniy olishda manba bo‘lib xizmat qiladi. Atom elektr stansiyalari asosan yoqilg‘i-anergetika balansi taqchil rayonlarda joylashtiriladi. Ular iste’mol rayonlarida bo‘lib, o‘z navbatida, atom elektr stansiyalari atrofida elektr va issiqlikni ko‘p talab qiladigan korxonalarni shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |