Moddiy ishlab chiqarish asoslari


Nodir (kam uchraydigan) metallarning ximiya-metallurgiya sikli-



Download 1,05 Mb.
bet40/114
Sana28.03.2022
Hajmi1,05 Mb.
#514541
TuriУчебное пособие
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114
Bog'liq
moddij ishlab chiqarish asoslari

Nodir (kam uchraydigan) metallarning ximiya-metallurgiya sikli-odatda rangli metal­lar pirometallurgiyasi tarqalgan rayonlarda rivojlangan. Uning tarkibiga tayyor mahsulot birligida hisoblanganda juda ko‘plab tonna xom ashyoni qazib oladigan va boyitadigan, qisman ximiya yoki elektroximiya metodini qo‘llab metallarni qayta ishlovchi tarmoqlar kiradi. Oldingi sikldan farqli o‘laroq uning yo‘ldosh ishlab chiqarish korxonalari yo‘q, bu nodir metallardan foydalanishning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq.
Neft-energoximiya sikli-neft va neft bilan aralashib chiqadigan gaz konlari bor rayonlar uchun xarakterlidir. Quvur transportining keng ko‘lamda rivojlanishi munosabati bilan bu sikl, shuningdek, neft mahsulotlari iste’molchilari yaqinida ham shakllanmoqda. Bu sikl tarkibiga neftni motor yoqilg‘isi, moylovchi yog‘lar va mazut olish uchun qayta ishlash (haydash, kreking, piroliz, riforming), neftni qayta ishlashdan ajralib chiqadigan neftga aralash gazlar (gaz benzini) dan ko‘plab yarim mahsulotlar (organik sintez monomerlari-etilen, propilen, atsetilen izopren, divinil, stirol, akril kislota nitrili, benzol, toluol, ksilol va hokazolar) va ular asosida sintetik smo­la hamda plastmassalar, sintetik spirt, turli xil sintetik kauchuk va tolalar olishni o‘z ichiga oladi. Neft-gaz xom ashyosiga asoslangan or­ganik sintez sanoati asosiy ximiyaning ikki «tarmog‘i» ga: ammiak ish­lab chiqarish va neftni suv bilan tozalash chiqindilaridan, hamda neft mahsulotlari (oltingugurt vodorodi) dan foydalanib sulfat kislota bilan oltingugurt ishlab chiqarishga ajraladi. Bundan tashqari neft-energoximiya sikli tarkibiga neft va ximiya mashinasozligi kiradi. Neftni qayta ishlashda ajralib chiqadigan mazut, kreking-qoldiq va quruq gazdan o‘z joyida foydalanishda bu sikl issiqlik energiyasi sanoati sikli bilan bog‘lanib ketadi.
Gaz-energoximiya sikli-o‘z shakllanishining regional (hududiy) xususiyatlariga ko‘ra ko‘p jihatdan neft-energoximiya sikliga o‘xshaydi, natijada ular ko‘pincha bir-birining o‘rnini bosadi va bir-biriga qo‘shilib ke­tadi. Tabiiy gazdan atsetilen va sintez gaz olish (alohida-alohida yoki ikkalasi aralash holda), so‘ngra esa ammiak hamda metanol olish orga­nik sintez ximiyasi bilan asosiy ximiyaning uch yo‘nalishida o‘zaro mustahkam aloqa qilishiga imkon beradi. Bu yo‘nalishlar azot o‘g‘itlari va plastmassalar olish, azot o‘g‘itlari va sintetik kauchuk olish, azot o‘g‘itlari va sintetik tola olish. Bu sikl azot o‘g‘itlari va tarkibida azot bo‘lgan boshqa barcha xil mahsulotlarni olishda asosiy sikl bo‘lib qolmoqda, u maxsus mashinasozlikka ega va issiqlik energiyasi sanoati sikli bilan bog‘liq.

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish