Moddiy ishlab chiqarish asoslari


O‘rmon va qurilish materiallari ishlab chiqarish majmuasi



Download 1,05 Mb.
bet36/114
Sana28.03.2022
Hajmi1,05 Mb.
#514541
TuriУчебное пособие
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114
Bog'liq
moddij ishlab chiqarish asoslari

2.6. O‘rmon va qurilish materiallari ishlab chiqarish majmuasi


O‘rmon sanoati qo‘yidagi tarmoqlarni o‘z ichiga oladi: daraxt kesish, yog‘ochsozlik (taxta tilish, mebel, gugurt ishlab chiqarish va h.k.) sanoati, sellyuloza-qog‘oz va o‘rmon-kimyo sanoati. O‘rmon sanoati korxonalari bir-biri bilan chambarchas bog‘langan, ya’ni birining mahsuloti ikkinchisi uchun xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Yog‘och tayyorlash korxonalari taxta tilish zavodlariga yog‘och beradi, taxta esa mebel sanoati uchun xom ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Yog‘och tayyorlash korxonalari chiqindilari (shox-shabba) va yog‘ochsozlik chiqitlari (qipiq, po‘stloq, qirindi) o‘rmon sanoatida spirt, moy va bo‘yoqlar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. SHu sababli ham, o‘rmon-kimyo kombinatlari qurish keng tarqalgan.
O‘rmon sanoatining bir-biriga yaqin joylashgan va xom ashyo, energiya, transportdan birgalikda foydalanishga hamda chiqindilarni to‘liq qayta ishlashga asoslangan mustahkam ishlab chiqarish aloqalariga ega bo‘lgan korxonalar o‘rmon sanoati majmuasi deb ataladi.
O‘rmonlar vazifasiga ko‘ra qo‘yidagi turlarga bo‘linadi: sanitariya o‘rmonlari (shaharlar atrofida); tuproqni, dalalarni, suvni muhofaza qiluvchi o‘rmonlar (daryolar, ko‘llar, suv omborlari, kanallar bo‘yida); qo‘riqxona o‘rmonlari-bunday o‘rmonlarda daraxtlarni sanoat maqsadlarida kesish man qilinadi. Shu sababli, o‘rmon resurslariga xo‘jalik jixatdan baho berganda o‘rmon bilan qoplangan butun maydon hisobiga olinmaydi, balki o‘rmonning sanoat uchun kesishga ruxsat etilgan maydoni hisobga olinadi. Bundan tashqari, hududni o‘rmon bilan qoplanganlik darajasi (o‘rmon bilan oplangan butun maydonning shu hududning butun maydoniga nisbati) degan iqtisodiy ko‘rsatkichdan foydalaniladi.
O‘rmon sanoatining ayrim tarmoqlari xom ashyo manbalari yaqiniga, dengiz, daryo, temir yo‘l bilan yaxshi ta’minlangan joylarga, ayrim tarmoqlari esa iste’molchiga yaqin hududlarda joylashtiriladi. Yog‘och tayyorlash o‘rmon sanoati ishlab chiqarishining 75 foizini tashkil qiladi. O‘rmon sanoati ishlab chiqarishi bir-biri bilan bog‘langan qo‘yidagi bosqichlardan iborat:
a) yog‘och tayyorlash (daraxt kesish, uni transport magistrallariga olib chiqish, qayta ishlash markazlariga etkazib berish). Bu tarmoq asosan xom ashyo manbalari yaqinida joylashtiriladi;
b) yog‘ochga mexanik ishlov berish: taxta tilish, fanera, gugurt, mebel, idish ishlab chiqarish. Taxta tilish sanoati ham xom ashyo manbalariga yaqinroq joylashtiriladi.
Fanera asosan oq qayin va olxa daraxtidan tayyorlanadi, shu sababli fanera ishlab chiqarish korxonalari ko‘proq aralash va keng bargli o‘rmonlar tarqalgan joylarda. Hozir igna bargli daraxtlardan ham fanera ishlab chiqarilmoqda. Gugurt ishlab chiqarish sanoatida xom ashyo toq terakdan foydalaniladi. Shuning uchun gugurt korxonalari asosan shu daraxtlar tarqalgan joylarda quriladi. Mebel sanoati ko‘prok iste’mol rayonlarida quriladi;
v) yog‘ochga kimyoviy ishlov berish (o‘rmon-kimyo): sellyuloza, qog‘oz, karton, skipidar, kanifol va boshqa narsalar ishlab chiqaradi. Sellyuloza-qog‘oz sanoati qog‘oz, karton, qog‘oz qoplar tayyorlash uchun yarim fabrikalar bo‘lib xizmat qiladigan yog‘och massasi va sellyuloza ishlab chiqaradi. Sellyulozadan sun’iy tola, plastmassalar, kino plyonkalar ishlanadi. Qog‘oz massasi mexanik usul bilan, ya’ni suvda yaxshilab ivitilgan yog‘ochni maydalab kukun qilish yo‘li bilan olinadi. Sellyuloza yog‘ochni termik usul bilan ishlash natijasida hosil qilinadi. Sellyuloza ishlab chiqarish ko‘p miqdorda suv talab qiladi va qog‘oz olish uchun ko‘p elektr energiya sarf bo‘ladi.
Jahonda yog‘och tayyorlash bo‘yicha-AQSH, Rossiya, Kanada, SHvetsiya, Finlyandiya, Braziliya, Tropik Afrika va Janubi-SHarqiy Osiyo davlatlari etakchi hisoblanadi.
Binokorlik (qurilish) sanoati qurilish uchun turli xil materiallar ishlab chiqaradi va qo‘yidagi tarmoqlarga bo‘linadi: g‘isht, sement, beton, tabiiy toshlar, oyna, shifer va boshqa materiallar ishlab chiqarish. G‘isht ishlab chiqarish juda keng tarqalgan. Oddiy, ichi g‘ovak g‘ishtlar hamda shlakobloklar ishlab chiqariladi. G‘ishtni tuproq va ohakni bir-biriga qo‘shib tayyorlanadi sovuqqa chidamli bo‘ladi. Qurilishda qizil g‘isht bilan bir qatorda pishirilmagan silikatli g‘ishtlar ham ishlatiladi. Bunday g‘ishtlar ohak va qumni bir-biriga aralashtirib qo‘yilib, keyin qozonlarda yuqori bosim ostida bug‘latib tayyorlanadi.
Sement qurilishda keng ishlatiladigan material. Sement xom ashyosi bo‘lib karbonatli (ohaktosh, bo‘r, mergel) va gilli (gil, soz tuproq, gilli slanets) tog‘ jinslari hamda sement ishlab chiqarish uchun yaroqli bo‘lgan qator ishlab chiqarish tarmoqlarining chiqindilari (domna kullari, nefelin maydalari va boshqalar) hisoblanadi.
Sement ishlab chiqarishda ishlatiladigan karbonat tog‘ jinslarining tarkibi qo‘yidagicha bo‘lishi kerak: SaO-43,5 foizdan yuqori; MgO-2,5 foizgacha; gilli tog‘ jinslarining tarkibi-SiO2 -50-60 foiz; Al2O3-15-20 foiz; Fe2O3-6-10 foiz. Jahonda sement ishlab chiqarish bo‘yicha AQSH va Rossiya etakchi. Sement zavodlari xom ashyo manbalariga yaqin joylashtiriladi.
Beton ishlab chiqarish hozirda juda keng rivojlangan. Bunda temirbeton buyumlari ishlab chiqarish muhim ahamiyatga ega. Temir-beton asosan temir armaturasi va betondan iborat. Beton xom ashyosi bo‘lib qum, shag‘al va sement hisoblanadi.
Oyna tayyorlash uchun kvarsli qum, soda (ishqor) va ohak ishlatiladi. Soda o‘rniga glauber tuzini ishlatish mumkin. Oyna materiallarining eng keng tarqalgan turi deraza oynasidir. Bundan tashqari shisha idishlar, turli xil texnik qurilish detallari, shisha bloklar, quvurlar va plitalar tayyorlanadi. Oynasozlik zavodlarini joylashtirishda xom ashyo va yoqilg‘i resurslari hisobga olinadi. Bir tonna oyna (shisha) olish uchun 1 tonna qum va 1 tonna yoqilg‘i sarflanadi.
Tabiiy toshlar ham qurilishda keng qo‘llaniladi. Ular marmar, granit, kvarsli porfir, ohaktosh, qumtosh, sienit, diorit, gabbro, bazaltdan iborat. Bulardan tashqari, binokorlik materiallari sanoatiga shifer, ruberoid, tayyor uy bloklari ishlab chiqarish ham kiradi.



Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish