X.3-rasm. Kermak (Limonium latifolium) barglarining tuz ajratuvchi bezchalari. 1-kundalang qobiq, 2-kutikula, 3-bezchali hujayra, 4-qushimcha hujayra, 5-bokalsimon hujayra, 6-yig’uvchi hujayra, 7-yadro, 8-yadrocha, 9-tonoplast, 10-markaziy vakuola, 11-diktiosomalar, 12-mitoxondriyalar, 13-vakuolacha, 14-lipid tomchilari.
Tuz ajratuvchi sistemalarning o’simlikning boshqa o’tkazuvchan tizimi bilan bevosita aloqasi yo’q. Bezchalardagi va tukchalardagi ionlar simplast bo’yicha tashiladi. CHunki, ushbu hujayralarning yon devorlari suberin va lignin bilan to’yingan bo’ladi. Tuzlarning chiqarilishi membrananing tashuvchi pompalari yoki vezikulalarning ishi tufayli ro’y beradi. Masalan limonnium o’simligining tuz bezchalarining tashqi hujayralarining plazmalemmasida xlor ionlarini tashqariga yo’naltiruvchi elektrogen nasoslari mavjud. Xlor bilan birgalikda esa natriy ionlarining ham passiv tashiluvi ro’y beradi.
Xlor tashuvchi nasosning ishi esa tashqi eritmadagi tuzlar miqdori bilan boshqarilib turadi va o’simlikning tashqi tuzli sharoitga moslashishi mexanizmining ajralmas qismi hisoblanadi. Tuz yig’uvchi tukchalar boshchalarida tuzning yig’ilishi ham xuddi shunday tashqi muhitda faqatgina NaCI oshsagina ro’y beradi. Bezchalar va tukchalarga ionlarning tashiluvi yorug’lik tufayli boshqariladi va ATF energiyasining sarflanishi bilan boradi.
X.4-rasm. Tuz chiqaruvchi hujayra (V.V.Polevoy, 1989) A-tuz chiqaruvchi bezcha, B-tuz tukchasining ko’rinishi. Strelka bilan ionlarning faol tashiluvi ko’rsatilgan.
Terpenoidlarning ajralishi. Ushbu ikkilamchi metabolitlarning ajralishi bir hujayrali hosilalar yoki ko’p hujayrali tuzilmalar tufayli ro’y beradi. Bir hujayrali hosilalarga yog’ hujayralari, sekretor idioblastlar misol bo’ladi. Ko’p hujayrali terpenoid ajratuvchilarga bez tukchalari, bezchalar, bezli epidermis, osmoforlar va boshqalar misol bo’lib terpenoidlarning asosiy qismi hujayradan tashqariga chiqariladi. Idioblastlarda esa terpenoidlar asosan vakuolalarda yig’iladi.
Terpenoidlar ajratuvchi hujayralarning o’ziga xos tomonlaridan biri bu ularda silliq ER nisbatan rivojlanganligidir va ushbu tuzilma hozirgi vaqtda terpenoidlarning sintezida qatnashadi deb qaraladi. SHuningdek, terpenoidlar ajratuvchi hujayralarda nisbatan ko’p miqdorda leykoplastlar, mitoxondriyalar va yog’ tomchilari uchraydi.
O’simliklar tomonidan ajratiladigan efir moylari, mumlar, kauchuk va gutta terpenoid-izoprenning (S5N8) hosilalari hisoblanadilar va atsetil SoA ishtirokida turli hujayralarda sintezlanadilar. Efir moylari tarkibiga quyidagilar kiradi:
a) alьdegidlar, spirtlar va alifatik terpenlar (S10N16) va spirtlarning efirlari. Masalan, lenaleol spirti landish gullaridan ajraladi. U apelsin moyida ham ko’p uchraydi. Geraniol atirgul, geran va ekvalipt gullari tarkibida ko’p uchraydi.
b) tsiklik terpenlar va ularning hosilalari. Masalan, limonen skipidar, tmin va ukrop moylari tarkibida ko’p uchraydi. Ikkilamchi spirt mentol perechnoy myati tarkibidagi efir moyining 70% ga yaqinini tashkil qilishi mumkin. SHuningdek pinen moddasi skipidarning asosiy qismini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |