J: Siklning asosiy turlari
Sikl turlari
|
Siklning davomiyligi
|
Asosiy xususiyatlari
|
Kitchin sikli
|
2-4 yil
|
Zahiralar midori→YaMM, inflyatsiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari
|
Juglar sikli
|
7-12 yil
|
Investitsion sikl→YaMM, inflyatsiya va bandlikning tebranishi
|
Kuznets sikli
|
16-25 yil
|
Daromad→immigratsiya→uy-joy qurilishi→yalpi talab→daromad
|
Kondratev sikli
|
40-60 yil
|
Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o’zgarishlar
|
Forrester sikli
|
200 yil
|
Energiya va materiallar
|
Toffler sikli
|
1000-2000 yil
|
Sivilizatsiyalarning rivojlanishi
|
Kitchin sikli zahiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Jozef Kitchin (1926 y.) o’zining e’tiborini tovar zahiralarining harakat chog’idagi moliyaviy hisoblar va sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to’lqinlarni tadqiq qilishga qaratadi.
Juglar sikli “biznes sikli”, “sanoat sikli”, va “katta sikl” kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib ko’rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Fransiya, Angliya va AQShda foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o’rganishga katta hissa qo’shgan Klement Juglar ( 1819-1905 yy.) nomi bilan ataladi.
Kuznes sikli ko’p hollarda “qurilish sikli” deb ham nomlanib, 20 yilgacha bo’lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznes o’zining “Milliy daromad” (1946 y.) nomli kitobida, milliy daromad, iste’molchilik sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar, hamda bin ova inshootlarga yalpi investitsiyalar ko’rsatkichlarida 20 yillik o’zaro bog’liq tebranishlar mavjud bo’lishini aniqlaydi.
Kondratev sikli “uzoq to’lqinlar” sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta hissa qo’shadi. Uning tadqiqoti Angliya, Fransiya va AQShning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab oladi. Bunda u iqtisodiy o’sishning ko’p omilli tahlilini o’tkazib, ya’ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’rtacha darajasini umumlashtirib natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko’rsatadi.
6. Iqtisodiy siklning oqibatlarini baholang.
J: Intenal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar tug’diradi deb hisoblaydi. Agar biror yoki bir necha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning keskin ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o’sish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina va uskunalar to’liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi.
Sof monetar nazariya. Bu nazariya tarafdorlarining fikricha, bozor iqtisodiyotida markaziy o’rinni pul va kredit egallaydi. Iqtisodiyotning siklli o’zgarishi, eng avvalo, pul massasining oqimini o’zgartirishga bog’liq.
Nomonetar nazariya tarafdorlari esa, texnologik o’zgarishlar, yangiliklar, ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, pul jamg’arishning ko’pyib ketishidagi rolini ko’rsatishadi. Monetar va nomonetar yo’nalish o’rtasidagi farq uncha kata emas, biri ikkinchisini to’ldiradi.
Jamg’arish nazariyasi. Bu nariyaga ko’ra, iqtisodiy sikl ishlab chiqarish vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiarish bilan bog’liq. Kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar va ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish sikllari o’rtasida katta farq bor.
Uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar doimiy ravishda xarid qilinmaydi. Balki ular iste’molchi daromadi ko’paygan paytdagina sotib olinadi. Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni davom ettirish uchun kapital tovarlar ishlab chiqarish zarur.
Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi. Bu nazariyaning mohiyati ko’proq jamg’arib, samarali darajada iste’mol qilmaslik jamiyat siklli rivojlanishining sababi qilib ko’rsatiladi.
Mablag’ni jamg’arish, boshqacha aytganda, xazinaga aylantirish turg’unlikka olib kelishi mumkin, chunki bu mablag’ investitsiyalash uchun foydalanilmaydi.
Pulni jamg’arish iste’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi, chunki u iste’molga sarflanmaydi.
Natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg’arish hajmi o’sib borib, iste’mol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, iste’mol tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |