Iqtisodiy inqirozlar mohiyati nimada ifodalanadi?
J: Iqtisodiy inqiroz- deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro’y bersada, ularni umumiy, o’xshash tomonlarini nazarda tutib, quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: xo’jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko’ra, umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlar; iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko’ra, davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlar; takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko’ra, ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlari.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to’lovga qobil talabga mos kelmay ( undan oshib ketadi yoki kam bo’ladi ) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to’xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish to’xtab qoladi, tovarlar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o’sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi.
2. Iqtisodiy siklning ta’rifini bering va uning har bir fazasining o’ziga xos belgilarini ko’rsating.
Do'stlaringiz bilan baham: |