Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. (amaliy Qoʻllanma) – Toshkent: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi, 2017.
– 455 b.
Mahmudov N., Rafiyev A., Yoʻldoshev I. Nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish (Darslik). – Toshkent: ChOʻlpon, 2013.
Lutfullayeva D. Mustaqillik davri rasmiy-idoraviy ish uslubi taraqqiyoti. (Monografiya). – Toshkent, 2020.
Qoʻshimcha adabiyotlar:
Mirziyoyev Sh. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: 0’zbekiston, 2017.
Mirziyoyev Sh. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: Oʻzbekiston, 2017.
0’zbekiston Respublikasi Prezidentining «0’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻg’risida»gi 2017-yil 7- fevraldagi farmoni.Imamova T., Tuxvatulina L. Ish qogʻozlari qanday yoziladi? – Toshkent, 1992
Tojiyev Y., Hasanova N., Tojimatov, Yoʻldosheva O. Oʻzbek nutqi va uslubiyat asoslari. – Toshkent, 1994.
Axborot manbalari
https://lex.uz//docs
https://sahifa.tj/uzbeksko-russkij.aspx-Uzbekskogo-russkiy perevodchik.
https://library.ziyonet.uz/-ta‘lim portali
3-mavzu: Navoiyshunoslik: Alisher Navoiy asarlarida til madhi
R E J A:
1. Navoiyning til haqidagi qarashlari
2.«Muhokamat-ul lug’atayn» asarining ilmiy-tarixiy ahamiyati.
3.O’zbek adabiy til tarixida Alisher Navoiyning o’rni.
Buyuk shoir va adib, ulug’ mutafakkir olim Alisher Navoiyning adabiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy faoliyatida umuman tillarda, xususan ona tilida munosobati alohida o’rin egallaydi. U deyarli barcha asarlarida o’zining til haqidagi qarashlarini, ona tilini rivojlantirish, uning boyligi va go’zalligi haqidagi, o’z xalqini ana shu tilda yozilgan g’oyaviy-badiiy yuksak asarlardan bahramand etish haqidagi g’oyalarini, fikr-mulohazalarini bayon etadi. Umrining oxirlarida esa o’zining bu sohadagi butun faoliyatini umumlashtirdi va ilmiy-tarixiy jihatdan katta qiymatga ega bo’lgan «Muhokamat-ul lug’atayn» (ikki til muhokamasi asarini yozdi).
Navoiy lisoniy qarashlaridan eng muhimlari tilning kelib chiqishi, uning ijtimoiy mohiyati, til va tafakkurning masalalari, mazmun bilan shakl birligi kabilardir.
Insonni so’z ayladi judo hayvondin,
Balkim guxari sharifroq yo’q ondin.
Bu satrlar Navoiyning til haqidagi asosiy g’oyasidir. Uning fikricha, tafakkur va til bir-biri bilan bog’liqdir. Inon qalbi-tafakkuri daryodir, so’z esa qimmatbaho toshdur, so’zlovchi esa g’avvoz-tafakkur daryosidan dur teruvchidir: ... so’z durredurkim, aning daryosi kunguldir va kulgul mazxarudurkim, jomiy maoniy juzv va «kuldur». Uning tushuni shicha mazmun, ma’no birlamchi, shakl so’z esa ikkilamchi ma’noning ifodasidir: «Ammo chun alofoz va iboratdin murod ma’nidur va mazkur maxluqotdin maqsud insondur va ul maoniy va bayon so’z aning so’zindadur va takallum aning kalomida borur». Shuni ng uchun «mani adosida alfoz tilga kelur va ul alfozdin ma’ni fahm bo’lur». Durning qiymati turlicha bo’lgani kabi so’z ham har xil bo’ladi,va «sharifidin ulgan badanga ruhi pok etar, kasifidin hayotlik tanga zaxri halok hosiyati zuxur etar». U asosda Navoiy tilining ijtimoiy xususiyatini, u mazmunning ifoda vositasi ekanligini, madaniyat va ma’rifatning rivojiga xizmat qilishini ko’rsatadi. U til doim rivojlanib boradi, tillar bir-biridanta’sir va boyishi kabi masalalaoda bir qator cheklanganlik va ziddiyatlar, qarama-qarshi mulohazalar uchrab turadi.
Navoiyning tilning lug’at boyligi, lug’aviy birliklarning turlicha uslubiy maqsadlarda qo’llash haqidagi fikrlari muhim ahamiyatga egadir. U ikki tilning lug’atini bir-biri bilan qiyosiy tarzda o’rganar ekan, fors-tojik tilida muqobil bo’lmagan ko’plab o’zbek so’zlarini keltiradi.
Mansabda kurchi, suvchi, xazinachi, yurtchi, shilonchi,va hunar-peshada quriqchi, tamg’achi, xalvochi, kemachi, kuychi, qushchi kabi.so’zga bir «voz»va «lom» qochish orqali harbiy va bazm sohalariga xos belgi bildiruvchi ot-sifat hosil bo’ladi: xirovul, qorovul, suzovul, bakovul, chiqvul, yasovul kabi so’zlarga«lom qo’shib, sifat ma’nosidagi yasol, kabol, tunkol, sevargol kabi.
Navoiyda so’z yasalishida quyidagilarni ko’rish mumkin:
Agar tilga xos mutoala shakli- ikki va undan ortiq shaxslar xarakatini anglatgan birgalik shakli fors-tojik tilida yo’q, o’zbek tilida esa bir «chin» harfi qo’shish orqali ifodalanadi: chopishmoq, topishmoq, qichishmoq, o’pishmoq kabi:
Arabiy ikki maf’ullik fe’llar (vositali ob’ektli buyruq ma’nosi) ham sortlarda yo’q, turklar bir harf qo’shish orqali bu ma’noni juda qisqa va aniq ifodalaydilar: kildurg, yashurt, chikart kabi:
Harakatning gumon bilan bajarilishini ifodalaydi borgudek yrgudek, kelgudek, bilgudek, aytgudek shakllar ishlatiladi:
Fe’l oxiriga bir «chim» qo’shish orqali harakatning bajarilishi sur’ati, ezlik ifodalanadi: tegach, aytkach, borgach, ergoch, topgoch, sotgoch: «re» harfini qo’shish bilan muolag’a, kuchaytirish anglashiladi: bilakur, ketakur, etakur:
Sifatlarda belgining ortiqligi, mubolag’a ma’nosida oldidan bir «r», «mim,» harfi qo’shadilar: or-oq, qor-qora, qip-qizil, ko’m-ko’k, yam-yashil, bo’m-bo’sh kabi
«Muhokamat – ul lug’atayin» asari 1499 yilning dekabrida yozib tugallandi. Navoiy bu asarida turk - o’zbek tili bilan sort fors- tojik tilini bir-biriga qiyoslash asosida o’rganadi. Ma’lumki, Navoiy yashagan davrda o’zbek adabiyoti, o’zbek adabiy tilning rivojlanishida Xorazmiy, Gadoiy,Yaqiniy,Amriy, Atoiy,Sakkokiy va ayniqsa Lutfiy o’z asari bilan katta hissa qo’shdilar.Bu haqda Navoiy sShunday deydi:«...Xologuxok (Xolakuxon) zamonidin, sultoni sohibqiron Temur Kuragon zamonidin farzandi xalafi hoxrux Sultonning zamonini oxirigacha turk tili bilan shuaro paydo bo’ldilar, ...Sakkokiy va Xaydar Xorazmiy va Atoiy, Muqimiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoiydeklar va forsiy mazkur bo’lgon shuaro mukoba asida kishi paydo bo’lmadi, bir Mavlono Lutfiydin o’zgakim, bir nechta matla’lari borkim, tab’ axli qoshida ukusa bulur».
Shunga qaramay, o’zbek adabiyotida hali badiiy-g’oyaviy jihatdan yuksak asarlar juda kam edi. O’zbek adabiy til va jonli so’zlashuv tilining boy imkoniyatlari hali to’laligicha namoyon bo’lgan emas edi, uning boy xazinasi shoirlar nazaridan yashirin qolib kelmoqda edi. «Bu alfoz va iboralarda bu nav’daqoyiq ko’pdurkim, bu bukunga degincha hech kishi haqiqatga mulohaza qilmagal jihatidin bu bu yashurun qolibdur». Bu davrlarda fors-tojik adabiy tili va adabiyoti esa ko’p asrlik katta taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan edi, uning lug’at boyligi, xilma-xil badiiy tasvir vositalari, uslub rang-barangligi va imkoniyatlari buyuk so’z san’atkorlari tomonidan mukammal ishlanib sayqal topgan edi. Fors-tojik adabiyoti haqida, uning imlo-qofiya va lug’ati haqida bir qator kitoblar, tazkiralar ham yaratilgan edi. hu sababdan shoirlar nazdida bu tilda she’rlar bitish, asarlar yozish bir muncha osonroq va engilroq ko’rinar edi. Hatto ko’pgina o’zbek yozuvchi-shoirlari ham o’z asarlarini ona tilida emas, balki fors-tojik tilida yozar edilar. Buni Navoiy ham qayd qiladi: «Va hunariz turkning sitam zarif yigitlari osonlikka bo’la forsiy alfoz bila nazm ayturga mashg’ul bulubturlar». Xolbuki, turkiy elatning nufuzi ancha ko’paygan, mavqei kengaygan bir davrda mamlakatda ko’proq xalq bilan xalq tilida so’zlashishi lozim edi.
Buning ustiga o’zbek kitobxonlarining fors-tojik tilini bilgan o’qimishli bir qismidan tashqari, xalqning asosiy ko’pchiligi bu adabiyotdan bahramand emas edi. Buni yaxshi tushungan Navoiy «Arbain» asarida bunday deydi:
Forsiydonlar aylabon idrok,
Oriy erdi bu naf’din atrok.
Istadimki, bu xalq ham bori
Bo’lmagaylar bu naf’din oriy.
Binobarin, dastlab Navoiyning o’zi fors-tojik adabiyoti namunalarini chuqur o’rgandi, Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Hoqoniy, Anvariy, Sa’diy, Hofiz Fariddin Attor, o’z ustozi va do’sti Abduraxmon Jomiy va boshqalarning boy adabiy merosini o’zlashtirdi, ularning adabiy-ijodiy an’analarini ona tilida davom ettirdi, «Xazoyin-ul maoniy»dagina 16 xil adabiy janrda asarlar yaratdi. Buyuk shoir «Xamsa», «Lison-ut tayr» , «Maxbub-ul qulub», «Nazm-ul javohir», «Nasoim-ul muhabbat», «Arbain» singari shox asarlar bilan o’z xalqining adabiy-badiiy durdonalardan bahramand qildi, ayni zamonda o’z xalqi orasidan etishib chiqqan shoirlar ona tilida asarlar yaratishga da’vat etdi.
Navoiy «Muhokamat –ul Lug’atayn»da o’zbek tilining boyligi, uning katta imkoniyatlarga ega ekanligini asoslab bergandan keyin shoilarga murojaat qilib bunday deydi: «Andin so’ngrakim, turk tilining jome iyati muncha daloil bila sobit bo’ldi, kerak erdimki, bu xalq orasidin paydo bo’lg’on tab’ salohiyat va tab’larini o’z tillari torg’och, o’zga til bila zohir qilmasa erdi va ishga buyurmasalar erdi. Va agar ikkalasi til bila aytur qobiliyatlari bo’lsa, o’z tillari bila ko’proq aytsalar erdi va yana bir til bila ozroq aytsalar erdi. Va agar mubolag’a qilsalar, ikkalasi til bila teng aytsalar erdi. Bu ehtimolga xud yo’l bersa bo’lmaskim, turk ulusining xush tab’lari majnun sort tili bila nazm aytkaylar va bilkul turk tili bila aytmagaylar, balki ko’pi ayta olmagaylar...».
Navoiy ona tilini forsig’oylar tanasidan butunlay xolos etish uchun ona tilini tahqirlagan, uni mensimagan shoirlarga qarshi keskin kurash olib bordi. U ilm-fanda arab tili va badiiy adabiyotda fors-tojik tili an’analarini keskin rad etdi, ona tilining boyligini, badiiy-uslubiy vositalari, imkoniyatlarini namoyish etdi. hoir barcha badiiy asarlari «Majois-un nafois» va boshqa ilmiy asarlarini ona tilida yaratdi.
Navoiy «Muhokamat-ul lug’atayn»da boshqa-boshqa oilaga mansub bo’lgan ikki tilni bir-biriga qiyoslab o’rganish orqali o’zbek tilining ham boy tillardan bo’lib, g’oyaviy-badiiy yuksak asarlar yaratishda u katta imkoniyatlarga ega ekanligini isbotlaydi, uning to’liq ma’noda rivojlangan adabiy til ekanligini amaliy ravishda va ilmiy-nazariy jihatdan asoslaydi.
«Muhokamat-ul lug’atayn» da muallif tilning lug’at boyligi, fonetik tuzilishi va grammatik shakllari bilan birga so’z va iboralarning uslub xususiyatlarini predmet, belgi, harakat kabilarni turli tomondan ixcham-qisqa va aniqroq ifodalashda ularning muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatdi. M: «... Xusn ta’rifida ulug’roq xoldakim, turklar meng o kuyupturlar».
Bayt: «Aningkim, ol enginda meng yaratdi,
Buyi birla sochini teng yaratdi»
Deb yozadi shoir.
Yoki: «Vatomshimokki, g’oyat zavqdin bot ichmas va lazzat topa-topa oz-oz ichar. Bu grib mani adosida turkcha bu matla’ bordurki»
Bayt: «Sokiy, chu, ichib, manga tutar kush:
Tomshiy – tomshiy ani qilay nush», deydi.
Navoiy o’zbek tili bilan fors-tojik tilini qiyosiy o’rganish, o’zbek tilining lug’at boyligini ko’rsatishda xolisona fikrlarni bayon qiladi: birining ahamiyatini oshirib, ikkinchisini kamsitib qaramaydi. Balki har ikkalasi tilga barobar munosabatda bo’ladi, til hodisalarini, aniq faktlarni chuqur tahlil qilish asosida o’zbek tilining ham fors-tojik tili singari boy va go’zalligini, ixcham grammatik shakllarga ega ekanligini, unda chiroyli badiiy asarlar yaratish imkoniyatlari keng ekanligini namoyish qiladi. Bu haqda Navoiy sShunday deydi: «Bu so’zlardan xasm mundoq bilmasun va mudday bu nav’ gumon qilmasunki, mening ta’bim turk alfozda muloyim tushgan uchun ta’rifida mubolag’a izxor qilurmen va forsiy iboratka munosabatim ozroq uchun inkor va nafiyga isror ko’rguzurmnkim, forsiy alfoz istifosin va ul iborat istixosin kishi mendan ko’prak qilmaydur erkin va salox va fazodin mendin yaxshiroq bilmaydur erkin...». Darhaqiqat fors-tojik tili Navoiy uchun ikkinchi ona tiliday bo’lgan. U yoshligida ijodiy faoliyatini shu tilda she’rlar mashq qilish, yozish bilan boshlagan,umrining oxirigacha «Foniy» taxallusi bilan g’azallar, rivoiy va qasidalar bitgan, maxsus devon tuzgan. Uning fors-tojik tilidagi asarlarini ustoz Jomiy ham yuqori baholagan.
Ikki tilni qiyoslab o’rganish jarayonida Navoiy bu tillarga boy barcha masalalarni to’la hal qilib berish vazifasini qo’ymaydi. U «Muhokamat-ul lug’atayn»da bu masalaning faqat bir tomoniga- asosan fors-tojik tiliga muqobil bo’lmagan o’zbekcha so’zlarni tahlil qilish bilan birga chegaralanadi, shular asosida ma’lum xulosalara keladi. Aksincha, fors-tojik tillarga arab tilidan kirib qolgan so’zlar haqida hech narsa demaydi. Xolbuki, o’zbek tilini himoya qilish, uni har xil ta’na- kamsitishlardan qo’tqarish uchun har ikkala tilning o’zaro bir-biriga ta’sirini ko’rsatish va shu orqali o’zbek tilining lug’at boyligi jihatidan badiiy asarlar yaratishga katta imkoniyatlarga ega ekanligini aniqlash lozim edi. To’g’ri, Alisher Navoiy arab va fors- tojik tillardan o’zbek tiliga kirib qolgan so’zlar haqida, o’zbek va fors-tojik tillarning o’zoro aloqasi haqida bo’nday deb ma’lumot beradi. «Har miqdorkim bu birining u biri bila omezish va gufti guzori bor, ul birining bu biri bila xamonchi takallum va guftori bor».
Ammo qiyosiy tadqiqot o’zbek tilining fors-tojik tiliga ta’sirini va aksicha fors-tojik tilning o’zbek tiliga ta’sirini kengroq aniqroq yoritishni taqazo etadi.
Demak, «Muhokomat- ul lug’atayn» o’zbek adabiy tilning takomiliga erishuvi uchun Navoiy olib borgan kurashining, u amalga oshirgan btun adabiy, ilmiy va ijtimoiy- siyosiy faoliyatining yakuni, umumlashmasi sifatida maydonga keldi.
Alisher Navoiyning tula asos bilan va haqli ravishda o’zbek adabiy tilining asoschisi deb hisoblaymiz. Bu albatta, Navoiy qandaydir yangi bir til yaratdi degan ma’noni anglatmaydi. Ammo Navoiyning buyuk xizmatlarini kamsitish ham adolatdan emas.
Shuni ta’kidlash kerakki, ikki shaxs, alohida bir kishi, hatto Navoiy singari daho iste’dod va qobiliyat sohibi bo’lsa ham, u o’z xalqi tilini yarata olmaydi. Biroq ona tilining takomili uchun, uning yashirinib yotgan juda katta imkoniyatlarini aniqlash va namoyon etishda nihoyatda vazifalarni bajarishi mumkin.
Alisher Navoiy XY asr o’zbek adabiy tili uchun, uning kelgusi istiqboli uchun ana sShunday buyuk xizmatlarini ado etdi. Jamiyatning, ijtimoiy hayotining til oldiga yangi yuksak talablar quyganligini yaxshi tushungan Navoiy xalq jonli tiliga, o’zidan oldin o’tgan va zamondosh shoir- yozuvchilarning tiliga asoslangan holda asarda tildan foydalanish usullari va yo’nalishlarini qaytadan ko’rib chiqdi va o’zgartirdi. Buning natijasida tilda yangi aniq, erkin, qisqa ranglar, bo’yoqlar paydo bo’ldi, xilma-xil voqea-xodisalarni, turlicha fikrlar va kechinmalarni badiiy tarzda chiroyli, ixcham, ta’sirchan qilib foydalanish imkoniyati yaratildi. Shuni ng uchun Navoiy adabiy tili o’sha davrdayoq uning zamondoshlari va izdoshlari tomonidan eng yaxshi erkin namunali til sifatida qabul qilingan edi. hu tariqa Navoiy she’riyati va nasriy asarlari tili uchun asos soluvchilik ahamiyatiga ega bo’ldi.
Navoiyning buyuk xizmati shundaki, uning asarlarida o’zbek adabiy tilining umumxalq me’yorlari ishlab chiqildi va qat’iylashtirildi. Bu me’yorlar uning zamondoshlari va keyingi avlodlar tomonidan to’la ma’qullandi, yana rivojlantirildi. Adabiy tilning umumiy me’yorlarini yaratish faqat til qurilishidagina emas, balki uning turli uslub ko’rinishlarini ham qamrab oldi. Garchi Navoiy yagona umumiy me’yorlarni badiiy adabiyot tili asosida ishlab chiqqan bo’lsa ham, lekin ular faqat badiiy adabiyot tilinigina emas, balki umuman o’zbek adabiiy tilining keyingi taraqqiyoti uchun ham muhim manba bo’lib xizmat qiladi.
Navoiy yaratgan juda ko’p hikmatli so’z va iboralar xalq maqollariga aylanib ketsa, uning obrazli badiiy iboralari esa xalqning ibratli hikmatlariga aylandi va o’zbek tili frazeologiyasini boyitdi. Bunday birikma va iboralar orqali u ijtimoiy hayotdagi voqea – xodisalarining xalq donoligiga xos tipik xususiyatlarni umumlashtirib, qisqa- lo’nda va mazmunli ifodalash namunalarni ko’rsatdi. hu tariqa Navoiy uzining badiiy asarlari orqali o’zbek adabiy tilining bitmas-tuganmas boyligini ko’rsatdi, uning istiqbollarini kelgusi taraqqiyot yo’llarini belgilab berdi. Navoiy bu to’g’rida faxrlanib, «Muhokamat-ul lug’atayn»da: «..umidim uldir va xayolimga andoq kelurkim, suzuv martabasi avjdin kuyi inmagay va bu tartibim kavkabasi a’lo darajada o’zga erni beganmagay»degan edi. Bu sohada o’z faoliyati va xizmatlari haqida bir qancha faxriyalar yozdi.
NAVOIY DAVRI O’ZBEK ADABIY TILI
Navoiy ijodida uning barcha asarlarida adabiy tilning yagona umumxalq me’yorlar, umumiy qoidalari to’la shakllanadi va qat’iy tarzda belgilanadi. Tildagi barcha mantiqiy, uslubiy va ijtimoiy tarixiy qatlamlar umumxalq xususiyatlariga ega bo’lib bordi, yagona bir butunlikka birlashdi.
Shuni qayd qilish kerakki, bu davr adabiy tili faqat Navoiyning adabiy-ilmiy va ijtimoiy faoliyati bilangina emas, balki Navoiyning o’tmishdoshlari, zamondoshlari va izdoshlari faoliyat bilan ham uzviy ravishda bog’langan. O’zbek adabiy tilining tashkil topishi va rivojlanishida ular ham o’zlarining muayyan hissalarini qo’shdilar.
O’zbek badiiy adabiyot tilining tashkil topishida, so’zlashuv adabiiy tili me’yorlarini ishlab chiqish va tartibga solish hamda adabiiy tilni jonli so’zlashuv tiliga yaqinlashtirish jarayonida Xorazmiy, Durbek, Amiriy kabi adiblarning asarlari orqali zamin tayyorlagan bo’lsa, Atoiy,Sakkokiy va Lutfiy she’riyatida bu jarayon yana ham taraqqiy ettirildi. So’zlashuv tiliga xos til vositalari adabiiy til unsurlari bilan qo’shilib ketadi, uning tarkibiy qismiga aylanadi. Navoiy ijodida, uning asarlarida hamma adabiy janrlarga xos badiiy matnlarda o’z davri adabiy tilining taraqqiyoti, takomillashib borishi uchun zarur bo’lgan barcha vositalar xalq tili boyliklari bilan uyg’unlashib qo’shilib ketadi.
Alisher Navoiy tili o’z tarixiy-tadrijiy rivojlanishi ham, uslubiy boyligi va rang- baraogligi tomonidan ham juda murakkab hodisadir. Uning asarlarida faqat Navoiyning o’ziga xos xususiy til hodisalari, individual ijodiy xususiyatlarigina aks etib qolgan emas. Balki, shu bilan birga u o’zbek tilining boy imkoniyatlaridan keng foydalangan holda o’z davri adabiy tili va adabiyotning xilma-xil uslublarini ishlab chiqdi.
O’rta asrlarda, XIII-XV asrlar davomida Yaqin va O’rta harq mamlakatlarida ikki il-din va ilm- fan sohasida arab tilini qo’llash hamda badiiy ijodda fors-tojik tilida asarlar yaratish an’anaga aylanib qolgan edi. Xalqimiz orasida etishib chiqqan buyuk allomalar Al-Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Maxmud Qoshg’ariy kabilar o’z asarlarini ona tilida emas, balki ana shu an’anaga ko’ra arab tilida yozdilar. Badiiy adabiyotda esa fors-tojik adabiy tili an’analarining ta’siri ancha kuchli edi. Bu an’ana Navoiy yashagan davrlarda ham katta mavqega ega edi.
Uning ta’siri ostida hatto o’zbek xalqi orasidan etishib chiqqan shoir- yozuvchilar ham ona tiliga nisbatan noto’g’ri munosabatda bo’ldilar. Ular turk-o’zbek tilini dag’al til, unda nozik his-tuyg’ularni nafiya tarzda ifodalab bo’lmaydi degan g’ayri ilmiy, noto’g’ri fikrlarni ilgari surar edilar. Mana sShunday sharoitda Alisher Navoiy ona tilini himoya qilish uchun kurash bayroqdori, ona tilining boyligi va sofligi uchun tolmas kurashchi sifatida maydonga chiqdi. Ona tilining qimmatli va ahamiyatini kamsituvchilarga qarshi kurashdi. O’z ona tili- turk- o’zbek tilining boyligini, qudrat va salahiyatini, uning cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini katta kuch va g’ayrat bilan himoya qildi, uni she’riyat osmoniga ko’tardi. hu bilan birga, u fors-tojik va adabiyotining taraqqiyotiga ham munosib hissa qo’shdi.
Navoiy o’zining ona tili uchun olib borgan kurashini uch yo’nalishga, ya’ni buyuk shoir va yozuvchi sifatida, oliy martabali yirik davlat arbobi hamda ulug’ mutafakkur, tilshunos olim sifatida davom ettirdi.
U o’zining ajoyib nazm durdonalarini, yuksak badiiy qimmatga ega bo’lgan «Xazoyin- ul maoniy», «Xamsa» kabi asarlarini ona tilida yozish orqali turk-o’zbek tilining qudratini, uning boy tavsiriy vosita va imkoniyatlarga ega ekanligini, to’liq ma’noda badiiy adabiyot tili ekanligini amaliy tarzda isbotlab berdi. Navoiy o’z adabiy- badiiy asarlarini yaratish jarayonida juda muhim va murakkab ikki vazifani- o’zbek adabiy tilini yuksak darajada rivojantirish va takomillashtirish, uning hozirgi o’zbek adabiy tiliga xos adabiy uslubiy me’yorlarini ishlab chiqish hamda tom ma’nodagi o’zbek adabiyotini yaratish, undan xalq ommasini bahramand qilish vazifalarini amalga oshirdi.
Turk- o’zbek adabiy tilini ijtimoiy-siyosiy jihatdan himoya qilish- Navoiyning ona tili uchun, uning davlat tili bo’lishi uchun olib borgan kurashning ikkinchi yo’nalishini tashkil qilardi. Navoiy ko’p yillar davomida Xusayn Boyqaro saroyida muhrdor, vaziri a’zam, amiri kabir singari mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan, saroyda, devon va mahkamalarda rasmiy ish yuritilishi sohalariga rahbarlik qilgan. Podshohlikning amiri kabiri sifatida davlat devonxonalarida rasmiy ish yuoiishda, noma, farmon va buyruqlar yozib tayyorlanda fors- tojik tili bilan birga o’zbek tilini ham keng qo’llagan, uni davlat tili darajasiga ko’tarish uchun juda ko’p kuch- g’ayrat sarfladi. «Xalq bilan xalq tilida so’zlashish kerak», degan aqidaga amal qilgan Navoiy, ayniqsa Xusayn Boyqaro va shaxzodalarga yozgan maktublariga, hokimlar, doruga va devonbegilariga, tuoli amaldorlar va do’stlariga yo’llagan noma va xatlarida ona tilini yo’qlaydi, targ’ib qiladi. Turlicha farmon va buyruqlarni, har xil rasmiy ish hujjatlarini keng xalq ommasiga tushunadigan ana shu tilda olib borish lozimligini qat’iy turib talab qiladi va bu borada ancha samarali natijalarga erishdi.
Ulug’ mutafakkir olim Alisher Navoiyning ona tilining boyligi va mustaqilligi uchun olib borgan kurashining yana bir muhim tomoni uning til haqidagi ilmiy-nazariy qarashlari hisoblanadi. U etuk tilshunos olim sifatida, o’zining mashhur asari «Muhokamat-ul lug’atayn» asarini yozdi. Bu kitobda o’zining o’zbek adabiy tilini asoslash, o’zbek adabiyotini yaratish, uni rivojlantirish sohalarida olib borgan kurashini, ko’p yillik mehnatlari va boy tajribalarini umumlashtirdi, chuqur ilmiy-nazariy xulosalar chiqardi. U o’ziga xos g’oyaviy teranlik bilan aniq va mukammal til vositalari asosida o’z davridagi adabiy til va badiiy adabiyotning, shuni ngdek keyingi davrlar adabiyotining ham xilma-xil uslublarini ishlab chiqdi. O’ziga qadar maydonga kelgan o’zbek xalq badiiy san’atining eng yaxshi uslubiy yutuqlarini o’z tiliga singdirib oldi, o’zbek xalq va mumtoz she’riyatning turlicha uslub va janrlarida ijod qildi, asarlar yozdi, uni yangi uslublar, vositalar bilan boyitdi va shu asosda o’zbek adabiy tili uslubiyatini ishlab chiqdi.
Navoiyning ona tili uchun olib borgan kurashlari osonlikcha kechmadi. Bu yo’lda u katta qiyinchiliklarga, zodagonlar, bek-amaldorlarning qarashligiga o’z xalqi orasidan chiqqan forsiyparast shoir-yozuvchilarning ta’na-malomatlariga duch keldi. Ammo Navoiy o’zining haqligiga, o’zi olib borgan ishning muqaddas va murakkab ekanligiga to’la ishonar edi. Bu ish o’z xalqining tarixi va taqdiri bilan bog’liq bo’lgan katta davlat, umumxalq ahamiyatiga ega ish ekanligini yaxshi bilar edi. Uning orzusi o’z xalqining tilini yuksak daraja rivojlantirish, uning istiqbolini, kelgusi taraqqiyot yo’lini belgilash, o’z xalqi uchun hamma sohalarda fors-tojik tilidagidek rivojlangan adabiyot yaratish, uni badiiy ijodning yaxshi durdonalaridan bahramand qilishdan iborat edi. Bu orzu unga katta kuch bag’ishlar edi. Darhaqiqat, Navoiy o’z orzu, o’z kurashi yo’lidagi barcha ziddiyatlar va mone’liklarni engib o’tdi va ajoyib natijalarga erishdi. U o’z ona tilini har xil ta’na- malomatlardan batamom xalos qildi, uning salohiyatini, go’zalligini rad etib bo’lmas dalillar asosida isbotladi, uni badiiy ijodning eng yaxshi durdonalaridan bahramand qilishdan iborat edi. Bu orzu unga katta kuch bag’ishlar edi. Darhaqiqat, Navoiy o’z orzu, o’z kurashi yo’lidagi barcha ziddiyatlar va moneliklarni engib o’tdi va ajoyib natijalarga erishdi. U o’z ona tilini har xil ta’na-malomatlardan batamom xalos qildi, uning salohiyatini, go’zalligini rad etib bo’lmas dalillar asosida isbotladi, uni taraqqiy ettirdi. O’zbek adabiyotini fors-tojik tilidan yozilgan asarlar bilan musobaqa qila oladian bebaho asarlar bilan boyitdi.
O’zbek adabiy tili, o’zbek adabiyotini rivojlantirish sohasida qo’ygan vazifalarni yuksak darajada ado etgan Alisher Navoiy o’z xalqi uchun, uning madaniyati uchun va umuman kelgusi ajdodlar uchun katta sharafli ishlarni amalga oshirdi, bu bilan farqlanib:
Turk nazmida chu tortib men alam,
Ayladim ul mamlakatni yakkalam.
Yoki:
Men ul menki, to turk bedodidur,
Bu til birla to nazm bunyodidur.
Falak kurmadi men kabi nodire,
Nizomi kabi nazm aro kodire.
deb ajoyib faxrlanib yozadi.Ona tili uchun tolmas kurashchi Alisher Navoiyning bu sohadagi buyuk xizmatlarini ulug’ olim va yozuvchilar – fransiyalik Dyu Belli (XYI), italiyalik Dante (XYIII-XIX) hamda buyuk rus olimi M.Lomonosov xizmatlari bilan tenglashtirish mumkin. Bu yozuvchi va olimlar ham o’rta asrlarda adabiy til sifatida lotin va eski cherkov-slavyan tillari qo’llagan davrlarda o’z ona tillarining ravnaqi uchun, ularning adabiy tillar sifatida qo’llanishi uchun kurashgan ajoyib vatanparvarlar edilar.
Navoiy adabiy tili, uning jonli so’zlashuv tili va o’zbek adabiy tiliga munosabati masalasi ancha murakkab bo’lib, bu haqda olimlar tomonidan turlicha fikrlar bayon etilgan. Bu haqdagi dastlabki ma’lumotlar Boburning mashhur asari «Boburnoma»da keltirilgan. Bobur Andijon shahri aholisi va uning tili haqida ma’lumot berib, u Navoiyning asarlari tiliga juda yaqin ekanligini qayd qiladi: eli turkdur shaxr va bozorisida turkiy bilmas kishi yo’qtur. elining lafzi qalam bila rosttur. Ani uchunkim, Mir Alisher Navoiyning musannafoti bovujudkim Xirida nash’u namo topibtur, bu tilbiladur («Boburnoma» 60-b). Boburning bu fikri ma’lum tarixiy asosga ega. Chunki ikki madaniy markaz – sharqiy qarluq-chigil-uyg’ur hamda g’arbiy o’g’iz-qipchoq dialekt birliklari negizida shakllangan eski turkiy til asosida rivojlanib, XIII-XIY asrlarda to’la tashkil topgan umumxalq o’zbek adabiy tili juda katta hududda-Movarounnahr va Xurosonda keng qo’llangan. Bu adabiy tilning lug’at tarkibi, fonetik va morfologik qurilishi me’yorlari tarkib topan edi. Uning rivojlanishida, jonli so’o’zlashuv tiliga yoqinlashuvida Navoiyga qadar yashab ijod etgan shoir-yozuvchilarning xizmati ham katta bo’ldi. Mana shu adabiy til va uning ma’lum shevalarida so’zlashgan xalq, turk-o’zbek aholisi va XIY-XY asrlarda Farg’ona vodiysida, Toshkent vohasi, Samarqand viloyati va hozirgi Afg’onistonning shimoliy qismida yashaganlar. Demak, Navoiy asarlari ham xuddi mana shu tilda – turk-o’zbek tilida yozilgan edi.
X.Vamberi, I.Berezin, I.Ilminskiy kabi kator sharqshunos olimlar Boburning bu fikrini quvvatlaydilar. Lekin I.Ilminskiy Navoiy adabiy tili Andijon aholisining tiliga yaqin bo’lsa ham, aynan bir xil bo’lgan emas, deb ta’kidlaydi. Chunki, xalq jonli tilida arab va fors-tojik tilga xos so’zlar va iboralar Navoiy asarlarida bo’lganidek ko’p darajada bo’lgan emas.
Darhaqiqat, yirik rus olimi R.Melioranskiy ta’kidlagandek XIV-XV asrlarda Movarounnahrda, Xuroson va Xorazm vohasida iste’molda bo’lgan o’zbek adabiy tili o’z tarkibi, til bilan mahalliy shevalarning o’zaro munosabati jihatdan murakkab xususiyatga ega edi. hu jihatdan Navoiyning adabiy tilini aniqlashda o’sha davrda adabiy tilining fonetik tizimini, tovush tarkibini aniqlash, uni sheva xususiyatlari bilan qiyoslash muhim ahamiyatga egadir. K. Yudaxin XIV-XIX asrlar o’zbek adabiy tilining tovush tarkibini aniqlashda o’ziga xos usulini qo’llaydi. Lutfiy va Amiriy tuyuqlaridagi qofiyalarning bir xil talaffuz qilinishi ko’rsatadi. Uning fikricha, Amiriyning bir tuyug’ida qo’llangan (o’t- olov, o’t- o’simlik, o’t-o’tib ket) so’zi qofiyaning talabiga ko’ra o’t tarzida bir xil aytiladi. Shuningdek, Lutfiyning bir tuyg’uda qo’llangan toshilin so’zida ham ( toshiddin – toshdan (kamin) tishidig tashqarisida va toshiddin – dindan tashqari) oxirgi bo’g’inida qisqa unli bio xil talaffuz qilinadi, ya’ni bu tuyuqlar singarmonizmga rioya qilib o’qilsa, qofiya hosil qilinmaydi. K. Yudaxin XIV-XIX asrlar o’zbek adabiy tilining tovush tarkibini aniqlashga o’ziga xos usulini qo’llaydi. Lutfiy va Amiriy tuyuqlaridagi qofiyalarning bir xil talaffuz qilinishini ko’rsatadi. Uning fikricha, Amiriyning bir tuyug’ida qo’llangan.
Ammo tarix va geografik jihatdan juda uzoq bo’lgan ikki shoirning ya’ni XIV-XV asrlarda Balx va Hirotda yashagan Lutfiy bilan XIX asrda Qo’qonda yashagan Amiriyning tili bir- biridan farq qilganligi, shu davrlar tilida tovush ohangdoshligi bu fikrni tasdiqlamaydi. Shuni aytish kerakki, o’zbek mumtoz she’riyatida qofiyalar hamda hamma vaqt ham qofiyalanuvchi so’zlarning to’la fonologik o’xshashligi darajasiga erishilmaydi. Shuni ng uchun bir so’z yo bo’g’inning fonema tarkibini bilish va u orqali boshqa so’z va bo’g’inlarning fonema tarkibini aniqlash etarli emas. Qofiyada eshitilishi jihatidan o’xshash, talaffuzi boshqa-boshqa bo’lgan so’zlarni qo’llash mumkinligi haqida Navoiyning o’zi aniq ma’lumot beradi. Navoiy «Muhokamat-ul lug’atayn» asarida unli tovushlarning turlicha talaffuz qilinishi haqida gapirib, , yoyi ma’rif – yoyi majhul orqali yozilishi bir xil aytilishi har xil so’zlardan bir qanchasini keltiradi, ularga izoh berad. Turkiy tilda bu harflarning har biri uch-to’rttadan muqobilga ega ekanligini ko’rsatadi «... turki domdur, yana turni andin dakikdokdurki, uyning turidur va turki barchadin arikdur». Ko’rinadiki, Navoiy tovushlarning qattiq yumshoqligiga e’tibor bergan, qattiq va yumshoq u, u (o) o, u (u), shuni ngdek e, i tovushlarini bir-biridan farqlay olgan. Yuqoridagi so’zlar va tovushlarning xususiyatini aniqlashda Navoiy o’zi uchun tayanch til negizi bo’lib xizmat qilgan o’zbek adabiy tiliga asoslanadi.
Shuningdek, -dagi (dagi-tag’in, yana va dagi ma’nosida), nari, nariroq va o’z ma’nolarida so’zlarning so’z o’yini lyxom san’atida qo’llanishi va aytilishi ham ochiq o unlisi xali alohida fonema darajasida ko’tarilmaganligini ko’rsatadi. Shuni ng uchun a fonemasining varianti, bir ko’rinishi deb qarash maqsadga muvofiq ko’rinadi.
XIV-XV asrlar o’zbek adabiy tilida, demak Alisher Navoiyda ham unlilar ohangdoshligining qattiq yumshoqlik va lab ohangdoshligi hodisasi saqlanganligini ko’rish mumkin: Barduk (borduk) – kelduk (kelduk) yoga (uyga)-kezga (kuzga) tilim-kozum (ko’zum) baim (borip)- korup (ko’rup) kabi. hu bilan birga singarmonizm xodisasinig ba’zi xollarda buzila boshlaganligi ham ko’zga tashlanadi. Odamlig-odamlig kabi. Navoiy tili uchun xos undoshlarning qo’llanishida mustaqil lab-tish tovushi f ajralib turadi. Bu undosh aslida turkiy tillar jumlasidan, o’zbek tili uchun xos tovush emas. U o’zbek tiliga fors-tojik tili orqali arab tilidan kirib kelgan. Navoiy asarlarida f fonemasining qo’llanashi, uning p tovushiga o’tmasligi va p tovushi f undoshining kelishi kabilar o’zbek tilining Samarqand-Buxoro tipidagi shevalarga yaqinlashib kelishini ko’rsatadi: tuproq (tufroq, yaproq) yafroq).
Dedi: el ganju kuy ishkin nixoni?
Dedi: tufroqqa berman kimeni.
Zaif tanda g’amingdin yuz eski bulg’on dog’,
Har eski dog’ bu shox uzra bir kuyuk yafroq.
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA TIL VA NUTQ MASALALARI
«Muhokamat ul-lugʻatayn» da turkiy-oʻzbek va fors-tojik tillarini qiyosiy oʻrganish vositasida turkiy-oʻzbek tilining Sharqda mashhur boʻlgan arab va fors-tojik tillari darajasidagi mavqeidan soʻz yuritiladi hamda ulardan, xususan fors-tojik tilidan farq qiluvchi xususiyatlari turli xildagi koʻpgina misollar, jumladan «yuz lafz» (yuzta soʻz)ni keltirib, talqin qilish bilan isbotlanadi. Bu ma’no Alisher Navoiyning quyidagicha yozganlarida ham oʻz ifodasini topgan.
«Turkiy va sort lugʻati kayfiyati va haqiqati sharhida bu risolani jam’ qilib bitidim va anga «Muhokamat ul-lugʻatayn» ot qoʻydum, to turk eli tili fasohatu diqqati va balogʻatu vus’ati… zohir qildim. Va xayolimgʻa mundoq kelurkim, turk ulusi fasihlariga ulugʻ haq sobit qildimki, oʻz alfoz va iboratlari haqiqati va oʻz til va lugʻatlari kayfiyatidin voqif boʻldilar». (MAT, 20 tomlik, 16-tom, 40-bet).
Shuni eslatish joizki, Alisher Navoiy turkiy tilning fazilatlari haqida soʻz yuritganda oʻsha davrda mashhur boʻlgan arab, fors-tojik va hind tillarini kamsitmaydi, aksincha ularning har biriga xos boʻlgan xususiyatlarni ham ehtirom bilan bayon etadi.
Bundan kuzatilgan maqsad turkiy tilning fasohati va balogʻati haqida ilmiy asoslangan mulohazalarni bayon etish bilan bir qatorda «turk nozimlari (shoirlari) oʻz alfozlari bilan she’rgʻa mashgʻulluq qilgʻaylar va koʻngul gʻunchasi dogʻidinki, pechlar chirmanibdur, bahor nasimidek anfos bila guldek ochilgʻaylar». (MAT, 20 tomlik, 16-tom, 38-bet).
Demak, Alisher Navoiy turkiy tilning fasohati va lugʻaviy boyligini dalillar bilan isbotlash vositasida turkiy tildagi adabiyot-she’riyatning yanada ravnaq topishi lozimligini ham nazarda tutgan. «Muhokamat ul-lugʻatayn»da faqat qiyosiy tilshunoslik masalalaridan soʻz yuritilgan emas, balki unda til tarixi, oʻzbek adabiyoti tarixi, she’riy janr va badiiy san’atlar, fors-tojik adabiyoti namoyandalari asarlari va oʻzi (Alisher Navoiy)ning ijodiga doir qimmatbaho mulohazalar ham mavjud.
Alisher Navoiyning qayd qilishicha, turkiy til va turkiy tildagi adabiyot tarixi oʻzaro chambarchas bogʻlidir. Bu jarayonning Sulton Husayn Boyqaro-Husayniy tomonidan qoʻllab-quvatlashi tufayli yanada rivojlangani ta’kidlanadi.
A.Navoiy oʻzbek tilining boy sinonimlaridan oʻz asarlarida ustalik bilan foydalangan. Oʻzbek tilida turli ma‘no nozikliklarini ifodalovchi sinonimik fe‘llardan 100tasi «Muhokamatul lugʻatayn»da ham eslatib oʻtadi: «Bu 100 lafzdurki, gʻarib maqosid tayin qilibdurlarki, hech qaysi uchun sort tilida lafz yasamaydurlar». A.Navoiy oʻzi keltirgan 100 fe‘lning har biri oʻzbek tilida oʻz sinonimlariga ega ekanligini ta‘kidlaydi. Masalan, biror bir suyuqlikni ichish harakatini koʻrsatuvchi ichmoq fe‘li bor. Navoiy bu fe‘lning sipqarmoq, tomshimoq kabi sinonimlardan ham foydalangan:
Soqiyo, tut bodakim, bir lahza oʻzimdin boray,
Shart bukim, har necha tutsang labo-lab sipqaray.
Soqiy, chu ichib, menga tutar qush,
Tomshiy-tomshiy oni qilay noʻsh.
A.Navoiy asarlarida «yigʻlamoq» soʻzining yigʻlamsinmoq, boʻxsamoq, ingramoq, singramoq, siqtamoq, oʻkirmak, inichkirmak, hoy-hoy yigʻlamoq kabi sinonimlarini samarali qoʻllagan.
Istasam dabir gulidin ishqingni pinhon aylamak,
Kechalar gah ingramakdur odatim, gah singramak.
Ul oyki, kula-kula hirogʻlatti meni
Yigʻlatti meni demaki, siqtatti meni.
A.Navoiy yuqoridagi misollarni keltirar ekan, ulardagi sinonimlarning poetik ustunligini, stilistik boʻyoqdorligini va poeziyadagi rolini koʻrsatadi. Bu bilan tildagi sinonimlarning rolini yaxshi tushunib yetganligini koʻrstadi.
Alisher Navoiy «Muhokamat ul-lugʻatayn»da oʻzini faqat tilshunos olim sifatida emas, balki arab, fors va turkiy adabiyot tarixining ham ulkan bilimdoni – olimi ekanini namoyish etgan.
A.Navoiy turkiy va forsiy tillarni qiyoslar ekan, juda koʻp turli soha soʻzlarini bittama bitta yigʻadi, tahlil qiladi. Hayotning turli sohalarga tegishli istilohlarini oʻz asarlariga singdirdi.
Masalan:
Oziq-ovqat nomlari: qaymoq, qatlama, bulamiq, qurut, manti, quymoq, oʻrqamach, qimiz, suzma, boʻza, tatmach, umach, kumach va b.
Chorvachilikka doir nomlar: toʻbichak, argʻumak, yaka, yabu, tatu, toy, gʻunon, dunon, toʻlan, chirgʻa, langʻa, jibildir, xana, tuqum, chilvir.
Kiyim-bosh nomlari: dastor, qalpoq, navruzi, tuppi, shirdoq, jarak, dakla, qur, terlik.
Ov hayvonlari nomlari: kiyik, toʻngʻuz, xuna, qilchaqchi, suykun, bugʻu, maral, ohu, gavazin, huk, guraz kabilar.
Qarindosh urugʻchilik terminlari qiyosi: Ulugʻini ogʻa, kichigini «ini» derlar birodar Ulugʻ qiz qardoshini «egachi» Kichigini «singil» hohar Otaning ogʻa-inisini «opagʻa» alar hech qaysigʻa ot Ona qarindoshini «togʻoyi» qoʻymabdur «koʻkaltash» turkcha til bila atka, enaga aytur.
Hayvon, qush nomlari. Kiyik erkagini «xoʻna» ohu Urgʻochisini «qilchoqchi» der gavazin Suyqunning erkagini «bugʻu» Urgʻochisini «maral» Elbasun-oʻrdakning bir turi sartlar uni bilmaydi . Turklar oʻrdakning erkagini sartlar ikkalasini ham «suna»,urgʻochisini «burchin» «murgʻobi» derlar. Turkiy alfozda: kurka, erka, Suqtur,chaqirqavot,temirqanot, Oldaldagʻa, alapoʻka,bonchol kabi sartlar barisin Nomlar bilan oʻrdakning turla- murgʻobi derlar. rini ayturlar. Ot nomlari: Tubichoq, argʻumoq, yaka, yobu barisin turkcha ay- Tatu turlar Toy, gʻunon, doʻnan, goʻlan, langʻa yoshiga qarab cha aytur, koʻplari bilmaydur. Kiyim-kechak nomlari. Dastor, qalpoq: navroʻziy,toʻppi turkcha ayturlar. Shirdoq, dakla, yalak, yogʻligʻ,terlik Taom nomlari Orqa,oshuqligʻ,yonsoʻngak turkcha ayturlar qoburgʻalik, qatlama, boʻgʻizlagʻu qaymogʻ, qurut, ulabi qimiz,suzma va b. Koʻrinadiki, A.Navoiy oʻzbek tilining leksik imkoniyatldari fors tilidan qolishmasligini yuqoridagi misollar bilan ochiq-oydin isbotlagan. Buning uchun u turkiy xalqlarning mahalliy sheva xususiyatlarini, har bir soʻz anglatgan ma‘nolarni chuqur bilgan va oʻrgangandir. A.Navoiy turkiy va sart tillaridagi soʻz yasalishi sohasida quyidagilarni misol sifatida keltiradi:
-sh- turk tilida harakatning bir necha kishi tomonidan bajarilishini bildiradi: chopishmoq, topishmoq, quchishmoq, oʻpishmak;
-t- turk tilida orttirma nisbat yasaydi: yugurt, yashurt, qildurt, chiqart;
-chi qoʻshimchasi mansab nomlarini yasaydi: qurchi, suvchi, xazinachi, yurtchi, tamgʻachi, jebachi, yoʻrgʻachi, holvachi, qoʻychi, quvchi, kiyikchi, turnachi.
-vul esa: qiravul, yasavul, chingavul, bakavul, latavul , suzavul kabi.
-l qaqol, yasol, qabol, tumqol,tusgol, sevogʻol kabi.
Gumon va nisbat etish qoʻshimchasi. -dek: borgʻudek, yorgʻudek, kelgudek, bilgudek, aytqudek, urgʻudek, surgʻudek. -ch fe‘lda harakat turii koʻrsatadi: aytgach, bargʻach, topgʻach, satqach.
-r soʻzlarning oxiriga qoʻshilib, mubolagʻa va harakat bildiradi: bilakoʻr, qilakoʻr, ketakoʻr, Etakoʻr.
Shunday qilib, Alisher Navoiyning «Muhokamat ul-lugʻatayn» ilmiy asari turkiy tilshunoslikning nodir yodgorligi boʻlib, unda turkiy tilning oʻziga xos xususiyatlari, uning buyuk ahamiyatga molik badiiy yodgorliklarni yaratishga qodirligi masalasi ilmiy asosda yoritilgan. Shuning bilan birga asarning mavzu doirasi keng boʻlib, unda umuman adabiyotshunoslikning turli xildagi muhim muammolari tilga olingan va oʻsha davrdagi nasrning oʻziga xos xususiyatlari oʻz ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |