“A” sinf, V “B” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.
Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga koʻchirilmaydi: “Navroʻz – 92” (festival), “Oʻqituvchi – 91” (koʻrik tanlov), “Andijon – 9”, “Termiz – 16” (gʻOʻza navlari), “Boing – 767” (samolyot), “Foton – 774” (televizor) kabi.
A.J.Jabborov, A.D.Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib koʻchirilmaydi. Shuningdek,
v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi soʻzdan ajratib koʻchirilmaydi (7, 7-23- b.).
Oʻzbek tili lugʻatining boyish manbalari
Oʻzbek tili soʻz boyligi hayot, fan, texnika, san‘atning taraqqiyoti bilan bogʻliq holda yildan-yilga boyib bormoqda. Boyish, asosan, ikki manbaga asoslanadi:
Oʻzbek tilining ichki imkoniyatlari (ichki manba).
Bunda koʻpincha soʻz yasash orqali yangi soʻzlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, namunali, ijarachi, vazirlik, tinchliksevar, guldasta, MDH, OʻzMU va b.
Shevalardan soʻz olish ham ichki manba hisoblanadi: oyi, bolish, dugona, et (gOʻsht).
Boshqa tillardan soʻz olish (tashqi manba). Oʻzbek halqi qadim zamonlardan buyon boshqa halqlar bilan aloqada boʻlib kelgan. Bu tilimizda ham aks etgan. Oʻzbek tiliga boshqa tillardan kirgan quyidagi soʻzlarni misol qilib keltirish mumkin:
arabcha: kitob, maktab, ma’no, harakat, sanoat muomala, doim, me’da, a’lo, san’at, asosiy,ommaviy, oddiy, milliy, abadiy, ammo, biroq, balki, va, lekin, vaholanki (Oʻzbek tilidagi arabcha soʻzlar koʻproq ot va sifat turkumiga tegishli boʻlib, ularning belgilari quyidagilardir: ikkita unli yonma-yon keladi: doim, shoir, muomala, shijoat, shuur, inshoot, murojaat, tabiiy; ayirish belgisi (‘) ishtirok etadi: ma‘no, qal‘a; koʻpincha yumshoq h tovushi qatnashadi; -iy, viy qoʻshimchalarini olib yasalgan boʻladi).
fors-tojikcha: barg, anor, korxona, nodon, dono, kamtar, tilla, kaptar, dasturxon, dastroʻmol, poydevor, poyafzal, darhol, darvoza, xursand, farzand, dOʻst, gOʻsht, sust, past, g‘isht (KOʻrinyaptiki, fors-tojikcha soʻzlarda poy, dast, dar kabi qismlar qatnashyapti, soʻzlar oxirida jarangsiz undoshlardan keyin t, jaranglidan keyin d tovushlari ishtirok etayapti).
moʻgʻulcha: tuman, navkar, yasoq..
uygʻurcha: manti, lag‘mon, manpar.
xitoycha: choy (xitoy tilida tsay deyilar ekan).
ruscha: stol, stul, ruchka, samolyot, parovoz, paroxod, pulemyot, pero, chOʻt (schyot).
Rus tilidan olingan soʻzlar orasida asli kelib chiqishi boshqa tillarga xos soʻzlar ham bor: buxgalter, soldat, tank, shtab (nemischa), palto, triko (fransoʻzcha), klub, futbol (inglizcha), tomat, limon (ispancha).
Boshqa tillardan Oʻtgan soʻzlar olinma (Oʻzlashma) soʻzlar deyiladi. Oʻzbek tilidan ham boshqa tillarga soʻzlar Oʻtgan: Oʻrik, anjir, somsa, (ruscha: uryuk, injir, samsa). Karandash (qora tosh), kavardak (qovurdoq), yeralash (aralash), utyug (Oʻti yoʻq) kabi soʻzlarning ham rus tiliga Oʻzbek tilidan Oʻtganligi isbotlangan. Hozirgi paytda Oʻzbek tilida ishlatilayotgan bekat soʻzi ham yevropa tillarida piket tarzida Qoʻllanayotganligi fanga ma‘lum.Oʻzbek tili lugʻatining boyish manbalari
Oʻzbek tili soʻz boyligi hayot, fan, texnika, san‘atning taraqqiyoti bilan bogʻliq holda yildan-yilga boyib bormoqda. Boyish, asosan, ikki manbaga asoslanadi:
Oʻzbek tilining ichki imkoniyatlari (ichki manba).
Bunda koʻpincha soʻz yasash oroʻali yangi soʻzlar hosil qilinadi: sinfdosh, limonzor, namunali, ijarachi, vazirlik, tinchliksevar, guldasta, MDH, OʻzMU va b.
Shevalardan soʻz olish ham ichki manba hisoblanadi: oyi, bolish, dugona, et(gOʻsht).
Boshqa tillardan soʻz olish (tashqi manba). Oʻzbek halqi qadim zamonlardan buyon boshqa halqlar bilan aloqada boʻlib kelgan. Bu tilimizda ham aks etgan. Oʻzbek tiliga boshqa tillardan kirgan quyidagi soʻzlarni misol qilib keltirish mumkin:1) arabcha: kitob, maktab, ma’no, harakat, sanoat muomala, doim, me’da, a’lo, san’at, asosiy,ommaviy, oddiy, milliy, abadiy, ammo, biroq, balki, va, lekin, vaholanki ( Oʻzbek tilidagi arabcha soʻzlar koʻproq ot va sifat turkumiga tegishli boʻlib, ularning belgilari quyidagilardir: ikkita unli yonma-yon keladi: doim, shoir, muomala, shijoat, shuur, inshoot, murojaat, tabiiy; ayirish belgisi (‘) ishtirok etadi: ma‘no, qal‘a; koʻpincha yumshoq h tovushi qatnashadi; -iy, viy qoʻshimchalarini olib yasalgan boʻladi) 2) fors-tojikcha: barg, anor, korxona, nodon, dono, kamtar, tilla, kaptar, dasturxon, dastroʻmol, poydevor, poyafzal, darhol, darvoza, xursand, farzand, dOʻst, gOʻsht, sust, past, g‘isht (KOʻrinyaptiki, fors-tojikcha soʻzlarda poy, dast, dar kabi qismlar qatnashyapti, soʻzlar oxirida jarangsiz undoshlardan keyin t, jaranglidan keyin d tovushlari ishtirok etyapti); 3) mOʻgʻulcha: tuman, navkar, yasoq; 4) uygʻurcha: manti, lag‘mon, manpar; 5) xitoycha: choy (xitoy tilida tsay deyilar ekan); 6) ruscha: stol, stul, ruchka, samolyot, parovoz, paroxod, pulemyot, pero, chOʻt (schyot).
Rus tilidan olingan soʻzlar orasida asli kelib chiqishi boshqa tillarga xos soʻzlar ham bor: buxgalter, soldat, tank, shtab (nemischa), palto, triko (fransoʻzcha), klub, futbol (inglizcha), tomat, limon (ispancha).Boshqa tillardan Oʻtgan soʻzlar olinma (Oʻzlashma) soʻzlar deyiladi. Oʻzbek tilidan ham boshqa tillarga soʻzlar Oʻtgan: Oʻrik, anjir, somsa, (ruscha: uryuk, injir, samsa). Karandash (qora tosh), kavardak (qovurdoq), yeralash (aralash), utyug (Oʻti yoʻq) kabi soʻzlarning ham rus tiliga Oʻzbek tilidan Oʻtganligi isbotlangan. Hozirgi paytda Oʻzbek tilida ishlatilayotgan bekat soʻzi ham yevropa tillarida piket tarzida Qoʻllanayotganligi fanga ma‘lum. Soʻzlarning kelib chiqishini izohlaydigan lugʻatlar etimologik lugʻatlar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |