Eslab qoling!
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, Davlat dasturi, Oliy va Oʻrta maxsus ta‘lim vazirligining buyrugʻi asosida Oʻquv jarayoniga tatbiq etib kelinayotgan mazkur kurs «Davlat tili haqida»gi qonunning quyidagi moddalariga tayanadi:
7-modda. Davlat tili rasmiy amal qiladigan doiralarda Oʻzbek adabiy tilining amaldagi ilmiy qoidalari va normalariga rioya etiladi.
Davlat Oʻzbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta‘minlaydi, shu jumladan unga hamma e‘tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta‘minlaydi.
Yangi ilmiy asoslangan atamalar jamoatchilik muhokamasidan keyin va Oliy Majlis tegishli qoʻmitasining roziligi bilan Oʻzbek tiliga joriy etiladi.
modda. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish davlat tilida yuritiladi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi ta‘minlanadi.
modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jamoat birlashmalarida ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari davlat tilida yuritiladi, ishlovchilarning koʻpchiligi Oʻzbek tilini bilmaydigan jamoalarda davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham amalga oshirilishi mumkin (1, 16-22-b.).
TOPSHIRIQ. Venn diagrammasidan foydalanib, oldingi va hozirgi imlo qoidalarini taqqoslang va tahlil qiling.
Yozuv turlari, yangi alifbo, lotin yozuvi, krill yozuvi, imlo qoidalari, qaror, qonun, yangi davrda hujjatchilik.
TESTLAR
Nutq uslublari toʻgʻri koʻrsatilgan qatorni toping.
Soʻzlashuv, ilmiy, badiiy, publisistik, rasmiy-idoraviy
Ilmiy, badiiy, publisistik, nutqning ta‘sirchanligi
Soʻzlashuv, ilmiy, publisistik, rasmiy-idoraviy
Adabiy, rasmiy, nutq ifodaliligi, publisistik
«Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalari»
1995-yil 22-avgustda 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan
1995-yil 21-avgustda 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan
1995-yil 23-avgustda 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan
1995-yil 24-avgustda 339-sonli qarori bilan tasdiqlangan
Soʻzlashuv uslubining Oʻziga xos xususiyalari berilgan qatorni toping.
Nutqning dialogik shakli, ta‘sirchanligi
Soʻz tartibining erkinligi
TOʻliqsiz gaplarning Qoʻllanishi
Barcha javoblar toʻgʻri
Quyidagi gap qaysi uslubga tegishli? Quyosh gʻuborsiz koʻkda porlar edi.
Badiiy uslubga
Ilmiy uslubga
Soʻzlashuv uslubiga
Rasmiy uslubga
Keyingi yillarda havoga chiqarilayotgan va suvga oqizilayotgan chiqindilar miqdori keskin kamaydi. Ushbu gap qaysi uslubga xos?
Badiiy uslubga
Ilmiy uslubga
Soʻzlashuv uslubiga
Publitsistik uslubga
Do'stlaringiz bilan baham: |