1-rasm. P. N. Lebedevning yorug’lik bosimini o’lchash bo’yicha o’tkazgan tajribalarining sxemasi.
Lebedev tajribasidagi asbob ingichka ipga bog’langan yengil osmadan iborat bo’lib, bu osmaning chekkalariga yupqa yengil qanotchalar ulangan; bu qanotchalarning biri qoraytirilgan, ikkinchisi esa yaltiroq holda qoldirilgan. Havosi so’rib olingan G idish ichiga joylashtirilgan R osma (1-rasm) juda sezgir burama tarozi tashkil qiladi.
B yoy lampaning yorug’ligi linzalar va ko’zgular sistemasi yordamida qanotchalarning biriga to’plab yuboriladi va R osmaning buralishiga sabab bo’ladi. Osmaning buralishi ipga biriktirilgan ko’zgucha va truba yordamida kuzatiladi (bular rasmda ko’rsatilmagan). va qo’sh ko’zguni siljitib B yoyning yorug’ligini qanotchaning betiga yoki orqasiga yuborish va shu bilan osmaning buralish yo’nalishini o’zgartirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |