2.2. Ekskursiya uyushtirish
Hamma narsa tayyor bo‘lgandan keiyn, marshrut bo‘yicha sayohat
boshlanadi. Hamma o‘quvchilarda kundalik va gerbariy papkasi kabi jihozlar
bo‘lishiga o‘qituvchi e’tibor berishi kerak.
Ekskursiya paytida o‘qituvchilar ikkita bo‘lishi kerak, ulardan birisi oldinda
yurib o‘quvchilarga o‘sha joydagi ob’ektalr haqida ma’lumot berib borishi kerak.
Ikkinchisi roxirida yurib har bir o‘quvchini nazardan qochirmasligi lozim. CHunki
o‘qituvchi barcha o‘quvchilarga mas’uldir.
Ekskursiya vaqtida noxush hodisalarga o‘qituvchi har narsaga tayyor turishi
kerak. O‘quvchilarni ekskursiyaga olib chiqilganda, ularga er yuzasi relefi, suv
havzalarining turlari, turli xil o‘simlik va hayvonlar, ob-havo haqida qisqacha
axborot berib borish kerak. Yo‘l-yo‘lakay ma’lum joylarida to‘xtab o‘quvchilarga
dam berish kerak. Dam berish paytida yozish igshlarini olib borish kerak. Bunda
har bitta guruh o‘z ishini bajarishi kerak.
Ekskursiyaning turiga qarab joy tanlanadi.
Masalan, iqtisodiy geografik ekskursiyasi ishlab chiqarish korxonasiga
mo‘ljallangan bo‘lsa, unda o‘quvchilarni albatta texnika xavfsizligi bilan oldindan
tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Geografik ob’ektga olib borgandan so‘ng u
joyning geografik o‘rnini bilishlari va o‘sha ob’ektning mutaxassisi o‘quvchilarda
mustaqil ravishda korxonaning qisqacha tarixi bilan tanishtirishi, o‘quvchilar
texnologik jarayonlarini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishlari, korxona mutaxassilari,
ishchilari bilan uchrashishlari va ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob
olishlari ekskursiya jarayonini asosini tashkil etadi. Albatta bunda mavjud
sharoitlar inobatga olinishi kerak. O‘zbekistonning ko‘plab maktablari qishloqlarda
9
joylashgan. Qishloqlarda asosan tabiat qo‘yniga o‘lkashunoslik ekskursiyalari
uyushtirgan ma’qul. SHahar joylarda asosan parklarga, ko‘proq joylarga olib
borilgan samarali va qulayroq bo‘ladi.
Ekskursiya jarayonida o‘quvchilar o‘lkaning boy merosini asrash, milliy
istiqlol g‘oyasi singdirilib boriladi.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan judayam yaqin munosabatda bo‘lishi kerak.
O‘quvchini qiziqtirgan barcha savollarga o‘qituvchi javob bera olishi kerak.
O‘qituvchi barcha o‘simlik va hayvonlarning nomlarini bilishi kerak. CHunki
qiziquvchan o‘quvchilar har lahzada kutilmagan savol bilan murojaat qilishi
mumkin.
Ekskursiya jarayonida o‘quvchilar ko‘proq yurishni, tabiatni tomosha
qilishni hohlaydilar.
Ekskursiya vaqtida o‘quvchilarning jismoniy xususiyatlari ham e’tiborga
olinishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |