Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti kurs ishi mavzu


I bob. “Temur tuzuklari” asarining tarixi haqida ayrim mulohazalar va uning faktologiyasi



Download 254,5 Kb.
bet2/7
Sana31.08.2021
Hajmi254,5 Kb.
#161128
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti tarix fa

I bob. “Temur tuzuklari” asarining tarixi haqida ayrim mulohazalar va uning faktologiyasi

    1. Temur tuzuklari” asarining yozilishi tarixi haqidagi qarashlar va asar bilan tanishuv

“Temur tuzuklari” – Amir temurning harbiy va siyosiy faoliyatlaridan habar beruvchi tarixiy asar. “Tuzuki Temur” va “Tuzukoti Temur” nomlari bilan atalgan. Ushbu tarixiy asarni, aynan, Amir Temurning o’zi yozgan deb hisoblaydigan(balki, Temur aytib turgan va uni biror kotib yozib olgandir) olimlar va tadqiqotchilar ko’pchilikni tashkil etarkan. Bular orasida asarning inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Jozef Uaytlar, mashhur turk qomusiy olimi Shamsiddin Somiy, qo’lyozmalarning yirik tadqiqotchisi Nikolay Nikolayevich Mikluxo-Maklay(1846-yil 17-iyul – 1888-yil 14-aprel; Rossiya; etnograf va sayohatchi)lar ham bor. Boshqa bir guruh olimlarning fikricha asar XVI –XVII asrlarda Hindistonda yozilgan.

Amir Temur to’g’risida uning zamondoshlari qimmatli yirik asarlar yaratganlar. G’iyosiddin Alining “Ro’znomayi G’azovoti Hindiston”(“Hindistonga qilingan g’azo urushi kundaligi”), Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” va Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma asari shular jumlasidandir. “Tuzukoti Temuriy” asrai esa bular orasida alohida ahamiyat va qiymatga ega.

“Tuzuki Temuriy” yoki “Tuzukoti Temuriy” aslida boshqa katta hajmli asarga ilova tarzida keltirilgan degan fikrlar ham mavjud. Bu mustaqil yirik asar “Malfuzoti Temuriy” yoki “Voqeoti Temuriy”(“Amir Temurning tarjimai holi”) deb atalib, uning yetti yasharligidan boshlab hikoya qiladi. Asar haqida ikki xil qarash mavjud ekan: ba’zilar bu ikki qismdan iborat bir asar deyishsa, boshqalar ikki mustaqil asarning bitta muqovaga jamlangani deb aytishadi.

“Tuzuki Temuriy”, “Malfuzoti Temuriy”, “Voqeoti Temuriy”(“Amir Temurning tarjimai holi”) deb turli nomlarda atalgan ushbu asarning ahamiyati juda kattadir. Biz buni birgina fakt bilan ham isbotlashimiz mumkin. Asarning nusxalari(qo’lyozmalari ham, toshbosmalari ham) bugungi kunda jahonning ko’pgina mamlakatlarida tarqalgan. Ushbu davlatlar sirasiga AQSH, Angliya, Fransiya, Daniya, Finlandiya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr va Yaman davlatlari kiradi. O’z-o’zidan ma’lum bo’ladiki qaysi asar qimmatli hisoblansa, shu asardan ko’proq nusxa ko’chirtirilgan. “Temur Tuzuklari” ham shunday asarlar jumlasiga kirgan. Ayniqsa, hukmdorlar bunday asarlardan o’zlari uchun nusxa k’chirtirib olishgan hamda undan faoliyatlari davomida foydalanishgan. Jumladan, Shohjahon(1628 – 1657), Muhammad Alixon(1821 – 1842) va Buxoro amiri Abdulahadxon(1885 – 1910)lar o’z kotiblariga aytib nusxa ko’chirtirib olganlari ma’lum. “ Hindistonlik muarrix Abdulhamid Lohuriyning(1654-yilda vafot etgan) “Nodshonoma”(mavlaviy Kabiriddin Ahmad va Abdurahimlar amalga oshirgan nashr, Kalkutta, 1866 – 1872-y., I jild 288-sahifa)sida bunday gap bor: hijriy 1047-yil(milodiy 1637 – 1638-yil)da Mir Abu tolib al-Husayniy at-Turbatiy degan shaxs Shohjahonga “Tuzuki Temuriy”ning forsiycha tarjimasini taqdim etgan. Podsho tarjima bilan tanishib chiqib, uni qozikaloni iste’dodli yozuvchi Muhammad Afzal Buxoriy(1651- yo 1652-yilda vafot etgan)ning qo’liga tutqazgan va Sharafiddin Ali Yazdiy(1454-yilda vafot etgan)ning mashhur “Zafarnoma” asariga solishtirib, kamchiliklari bo’lsa, tuzatib hamda xattot va muarrixlari o’zidan qo’shgan ortiqcha joylari bo’lsa, olib tashlashni buyurgan”.1

Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismda Amir temurning yoshlik yillari, ijtimoiy-siyosiy faoliyati, hokimiyatni qo’lga kiritishi, tarqoqlikka barham berishi, To’xtamishxon hamda Yildirim I Boyazidga qarshi olib borgan harbiy harakatlari, jumladan 27 mamlakatni o’ziga itoat ettirgani haqida so’z boradi.

Ikkinchi qism esa buyuk sarkardaning o’z o’g’illari va nabiralariga, bir so’z bilan aytganda, vorislariga pand-nasihat, vasiyat sifatida aytgan so’zlari va maslahatlaridan iborat. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, hukmdorning tutumi va vazifasi, vazir va qo’shin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish taktikalari, sipohiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, amir, vazir yoki davlatning boshqa mansabdorlarini qilgan xizmatlariga yarasha taqdirlash yo’sini va boshqalar xususida gap boradi.

Asar Amir Temur davridagi o’zbek davlatchiligi tarixini o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. “Temur tuzuklari” ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski o’zbek tilida bitilganligi ma’lum. Bu usmoniy turk hokimlaridan biri – Yaman hokimi Ja’far poshsho(hukmronlik yillari 1607 – 1612-yillar ) kutubxonasida turkiy tilda yozilgan asar bilan bog’liq. “Tuzuki Temuriy” ning so’z boshida keltirilishicha, o’rta osiyolik Mir Abu Tolib al-Husayniy at-Turbatiy Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga haj safarini uyushtirgan paytda o’qishga muyassar bo’lgan hamda 1610-yilda Ja’far poshshoning buyrug’i bilan uni fors tiliga o’girgan. Bizgacha esa ana shu forsiy nusxa toshbosmalar, qo’lyozmalar va zamonaviy nashrlar shaklida yetib kelgan. Al-Husayniy at-Turbatiy forscha tarjimani 1637-yilda hukmdor Shohjahon(1628 – 1657-yillar)ga topshiradi. Shohjahon esa uni Dekan viloyatining qozikaloni(yuqorida ham nomi zikr etildi) Muhammad Ashraf Buxoriyga beradi va ishonchli manbalarga solishtirib, kamchiliklarini bartaraf etishni aytadi. Shu zaylda asarning to’ldirilgan, nisbatan mukammal tahriri vujudga keladi va u “Malfuzoti Temuriy” (“Temurning aytganlari”) hamda “Voqeoti Temuriy” (“Temurning boshidan kechirganlari”) nomi bilan taniladi. Keyinchalik undan ko’plab nusxalar ko’chirilganligi ma’lum. Ma’lum bo’ladiki Boburiylar saltanatida “Tuzuki Temuriy” asari asosida ikki mustaqil asar vujudga keladi va ularning keyingi asrlarda tarqalishi bilan bog’liq o’ziga xos tafsilotlar mavjud. “ “Tuzuki Temuriy” nusxasini, dastlab, Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor Devi 1779-yilda Angliyaga olib kelgan. So’ngra arab tili professori, ingliz mayori Uaytga uni ko’rib chiqish uchun topshirgan. Uayt “Tuzuki Temuriy” ning forscha matnini nashrga tayyorlagan, Devi esa uni inglizchaga o’girgan va ko’rsatkich hamda izohlar bilan ta’minlangan. Asar matni va inglizcha tarjimasi 1783-yilda angliyaning Oksford shahrida nashr etilgan”.2

“Temur tuzuklari” o’z vorislariga Temur tomonidan qoldirilgan pand-nasihat ruhidagi tarixiy asar ekanligini aytdik. Xo’sh, bunday ruhdagi asarlar yozishni Temur boshlab berganmi? Ya’ni tuzuk yozish, faqat, Amir temur davridan boshlandimi degan savol ham tug’ilishi mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, tuzuk yozish odati Amir Temurdan oldin ham bo’lgan, keyin ham. Bu odat aslida xitoy va turk-mo’g’ul xonlaridan qolgan. Masalan, turk xoqonlaridan qolgan “Qonunnoma” , Chingizxondan qolgan “Bilik” , Xondamir(1474 – 1535-yillar) yozgan “Qonuni Humoyun” , Ro’zbexon(1458 – 1521 yoki 1530-yillar)ning qalamiga mansub bo’lgan va shayboniylardan Ubaydullaxon topshirig’iga ko’ra yozilgan “Suluk al-muluk” (“Podsholarga yo’l-yo’riq”) shular jumlasidandir.

Bunday asarlarda davlatni idora etish tartib-qooidalari, turli mansab egalarining vazifalari, xayr-u sadaqa qilish tartibi, soliq solish va uni to’plash tartibi, harbiy yurishlarni o’tkazish va qo’zg’olonlarni bostirish qoidalari bayon etiladi.

Mutaxassis olimlar(A.A. Semyonov, Ch.Re, E.G. Braun va boshqalar)ning so’zlariga qaraganda “Temur tuzuklari” boshida turkiy tilda bitilgan va uning bir nusxasi Yaman hokimi Ja’far poshshoning kutubxonasida saqlangan. Yuqorida nomi tilga olingan Mir Abu Tolib al-Husayniy at-Turbatiyning forsiycha tarjimasi shunday turkiycha nusxalardan biriga asoslangan, albatta.

Asarning muallifi ma’lum emas. Butun voqea bir shaxs – Amir Temur nomidan hikoya qilinadi. Aslida shundaymi yoki amir Temur aytib turgan, kotib yozib olganmi yo Temur aytganlarini biror kishi keyinchalik to’plab kitob qilganmi bu xususda bir tayinli fikr aytish qiyin. Sharq mamlakatlarida bu asar chindan ham Amir Temur tomonidan yozilganligi va u Temurning tarjimai holi ekanligi e’tirof qilinadi. “Chunonchi, Somiyning “Qomus ul-a’lom” asarida Amir Temur “Tuzukot” unvonidagi qonunlar majmuasini qalamga olib, unda o’zining tarjimai holini bayon etgan deyiladi” .3

“Oʻtgan davr ichida mazkur asar Amir Temur tomonidan yozilmagan, uning vafotidan ancha keyin yaratilgan, degan taxminlar ham ilgari surildi. Ammo asarning tili va uslubi, pand-nasihatlarning Amir Temur siyratiga mosligi, chuqur idrok, oʻtkir zehn va donishmandlik bilan yozilgani, asardagi voqealarning Amir Temur hayoti haqida hikoya qiluvchi bir qator ishonchli manbalar (Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma”si, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”si, Ibn Arabshohning “Ajoyib at-taqdur fi axbori Taymur” asari va hokazo)dagi maʼlumotlarga mos kelishi va boshqa bir qator tarixiy faktlar asar bevosita Amir Temur tomonidan yozilganini tasdiqlaydi.
Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, asar dastavval Amir Temurning ona tili – eski oʻzbek tilida yozilgan. Sharafiddin Ali Yazdiy ham yuqorida nomi tilga olingan asarida Amir Temur davrida uning hayotidagi muhim voqealarni oʻz ichiga olgan turkiy va forsiy asarlar mavjud boʻlganini aytadi. Shu paytga qadar Amir Temur faoliyati haqida uning hayotligida bitilgan turkiy tildagi asar bizgacha yetib kelmaganidan, bu oʻrinda soʻz “Temur tuzuklari” haqida borayotganini taxmin qilish mumkin” .4


    1. Temur tuzuklari” asarining xronologiya va faktologiyasi

Demak, biz bu qismda “Temur Tuzuklari” ning, aynan, faktologiya va xronologiyasiga to’xtalib o’tamiz. Shuning uchun yuqorida keltirib o’tilgan ayrim fakt va ma’lumotlar yana takrorlanishi mumkin (lekin bu zarar qilmaydi).

Asar qachon birinchi marta e’lon qilingan, qaysi tillarga tarjima qilindi, nima uchun ancha vaqtgacha sir tutilgan va shu kabi bir qancha savollarga imkonimiz boricha javob topishga harakat qilamiz.



Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra, asar dastavval Amir Temurning ona tili – eski o`zbek tilida yozilgan. Sharafiddin Ali Yazdiy ham Amir Temur davrida uning hayotidagi muhim voqealarni o`z ichiga olgan turkiy va forsiy asarlar mavjud bo`lganini aytadi. Shu paytga qadar Amir Temur faoliyati haqida uning hayotligida bitilgan turkiy tildagi asar bizgacha yetib kelmaganidan, bu o`rinda so`z “Temur tuzuklari” haqida borayotganini taxmin qilish mumkin.5

Bugun bizgacha yetib kelgan xilma-xil qo`lyozmalar hajmi, tarkibi, uslubi nuqtai nazaridan bir-biridan farqlanadi. Bizga yetib kelgan qo`lyozmalarning eng qadimgisi XVII asrga mansub bo`lib, u Boburiylar hukmronligi davrida, Hindistonda ko`chirilgan. Kitob muqaddimasida bitilishicha, Agrada Boburiylar saroyida xizmat qilgan shoir va tarjimon Abu Tolib al-Husayniy al-Oriziy at-Turbatiy Makkai mukarramada haj amallarini bajarib, ortga qaytayotganida, Yaman hukmdori Ja`far poshoning kutubxonasida turkiy tilda bitilgan bir noyob qo`lyozmaga duch keladi. Tarjimonning yozishicha, bu asar Sohibqiron Amir Temurning etti yoshdan etmish yoshgacha bo`lgan davrida boshidan kechirgan sarguzashtlari, davlat boshqaruvi usullari, vazir va amirlari, farzandlariga hukmronlik borasida bergan maslahatlari va yo`l-yo`riqlari o`rin olgan.

At-Turbatiy bu bebaho qo`lyozmani o`zi bilan olib kelgan va uni sekin-astalik bilan forsiy tilga tarjima qila boshlagan. 1637 yilda asar tarjimasini to`la-to`kis bitkazib, uni Boburiyzoda hukmdor Shoh Jahonga (1628-1659) tuhfa etgan.6

"Tuzuki Temuriy" nusxasini dastlab Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor Devi 1779-yilda Angliyaga olib kelgan. Soʻngra arab tili proffesori, ingliz mayori Jozef Uaytga uni koʻrib chiqish uchun topshirgan. Uayt "Tuzuki Temuriy" ning forscha matnini nashrga tayyorlagan, mayor Devi esa uni inglizchaga oʻgirgan va koʻrsatkich, izohlar bilan taʼminlagan. Asar matni va inglizcha tarjimasi 1783- yilda Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida nashr etilgan.

Aynan, shu nashr dunyo mamlakatlariga keng tarqalgan va "Tuzuki Temur" yoki "Tuzukoti Temuriy" nomi bilan shuhrat topgan. Oksford nashri keyinchalik hech bir o’zgarishsiz, jahonning koʻplab shaharlarida, masalan, 1785-yilda Kalkutta; 1868, 1963 va 1992- yillarda Tehron; 1890 yilda Bombeyda chop etilgan. Bu nashrlar koʻplab mamlakatlarga, jumladan, O’rta Osiyoga ham tarqalgan.

Jozef Uayt va Devi nashr etgan forscha matndan taniqli sharqshunos L. Langlening fransuz tiliga oʻgirgan tarjimasi 1787-yilda Parijda nashr qilindi.

1892-yilda L. Langlening fransuzcha nashridan N. P. Ostroumov rahbarligida Toshkent gimnaziyasining bir guruh talabalari asarni rus tiliga tarjima qildilar.

1968- va 1992-yillarda I. M. Moʻminov yozgan qisqa soʻz boshi bilan N. P. Ostroumov nashri chop etildi.7

1968 va 1992 yillarda I. M. Moʻminov yozgan qisqa soʻz boshi bilan N. P. Ostroumov nashri chop etildi.

“Temur tuzuklari” ning Devi va Uayt nashri asosida chiqarilgan toshbosma va keyingi nashrlaridan biri asosida Alixonto’ra Sog’uniy 1967-yilda Toshkentda “Tuzuki Temuriy” ni o’zbek tiliga tarjima qilgan va “Guliston” jurnalida tarjimaning faqat 30 foizi eʼlon etilgan. Asar toʻliq chop etilmaganligining sababi va 1989-yilda o’zbek tiliga qilingan yana bir tarjima xususida akademik B. Ahmedov quyidagicha fikr bildirgan: “...Oʻsha vaqtda jamiyatimizdagi mavjud ahvol, aniqrog’i rasmiy hokimiyat maʼmurlarining o’tmish tariximizni oʻrganishga boʻlgan yomon munosabati natijasida Alixonto’ra Sog’uniy tarjimasi to’la tarzda bosilib chiqmadi. Yana shuni ham qayd etmoq lozimki, tarjimaning bosilgan qismi baʼzi kamchiliklardan ham xoli emas edi. Unda, masalan, ayrim jumlalarning tashlab ketilgani aniqlangan, asl matndan chetga chiqish hollari mavjud; kishi nomlari, jo’g’rofiy atamalarda va istilohlarda g’alatiliklar bor. Muhim tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, jo’g’rofiy va etnik nomlar, turli atamalar va ularning sharhlari erkin talqin etilgan. 1989-yilda Alixonto’raning o’sha nashrini "Tuzuki Temur" ning Bombeyda chop etilgan forscha matniga solishtirgan holda o’zbek tilida yana bir tarjima amalga oshirildi. Uni oʻzbek sharqshunosi Habibulla Karomatov hozirlab, oldin “Sharq yulduzi” jurnalida (Toshkent, 1989-yil, 8-son), soʻngra alohida kitob holida (1991-yil) G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida nashr ettirdi”

Mazkur nashrni tayyorlashda Abu Rayqon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanayotgan 1785-yil, Kalkutta; 1868-yil, Tehron va 1890-yil Bombey nashrlari A. Sogʻuniy tarjimasi bilan solishtirilgan. Tarjima matni forsiy asliyatdan ancha farqlangani bois Bombey nashri asosida qaytadan oʻzbek tiliga oʻgirilgan va ogʻir qatagʻon davrida oʻzbek xalqiga Amir Temur toʻgʻrisidagi haqiqatni yetkazishga intilgan Alixontoʻra Sogʻuniy nomlari hurmat yuzasidan yangi tarjimada 1-oʻringa qoʻyilgan. Bu bilan 1967-yilda boshlangan xayrli ishni nihoyasiga yetkazib, marhum domlaning ruhi poklarini shod etish maqsadi koʻzlangan.

Asarning "Sharq yulduzi" jurnalida chop etilgan tarjimasi asosida 1991 y. Boku va Olmaotada ham "Temur tuzuklari"ning qozoq va ozarbayjon tillaridagi tarjima kitoblari nashr etildi. 1996 y. asarning yangi tarjimasi qayta oʻzbek tilida chop etildi.

1999-yilda sharqshunos Hamidulla Karomatov asarni Bombey nashri asosida 1-marta bevosita fors tilidan rus tiliga tarjima qildi.

"Tuzuki Temuriy"ning Subhon Baxshi (Dexli, 1855) va Muhammad Fazl ul-Haq (Bombey, 1908) taraflaridan amalga oshirilgan urducha tarjimalari ham mavjud.



"Tuzuki Temuriy" sifatida tanilgan aynan Devi va Uayt nashri dunyoning turli burchaklarida qayta-qayta nashr etilgan va ilmiy doirada ishonchga kirgani bois jahonning koʻplab tillariga tarjima qilingan. "Malfuzoti Temuriy", "Voqeoti Temuriy" va boshqa nomlar bilan tanilgan va koʻpincha adashib "Tuzuki Temuriy"ga nisbat beriladigan asar nusxasining yuzaga kelishi toʻgʻrisida arab olimi Mazhar Shihob "Temur" nomli kitobida "Tuzuki Temuriy" ning yuqorida eslatilgan ingliz va fransuz tilidagi nashrlarining soʻz boshlarini oʻrganish asosida shunday yozgan: "Va nixoyat Amir Temur malfuzotlarining Abu Tolib al-Husayniy tomonidan qilingan ushbu tarjimasidan fors tiliga oʻgirilgan boshqa 2 nusxasi (Hindistonda Shoh Jahon koʻrsatmasiga binoan, Muhammad Afzal Buxoriy tomonidan tayyorlangan nusxalar nazarda tutilmoqda) topilgunga qadar bu hol shu zaylda davom etdi". Ulardan 1nusxani Hindistonda xizmatda boʻlgan ingliz zobitlaridan biri Degʻliga moʻgʻul — musulmon sultonlari nabiralarining biridan olishga muvaffaq boʻladi. Shu boisdan ham mazkur nusxa Sultoniy nusxa (nusxai Imperoturiya) nomi bilan ataladi. Malfuzotning ikkinchi nusxasi ham Dexlidan topilib, uni ham ingliz generallaridan biri Britaniyaga olib ketadi. Yangi topilib, 1830 yilda Angliyaga olib keltirilgan ikkala nusxaning qimmatli tomoni shunda ediki, bu ikki nusxa Amir Temurning malfuzotlarini toʻla toʻkis qamragan bo’lib, ular Sohibqiron hayotini oxirgi yiligacha hikoya qilardi.8

1830 y. Charlz Styuart keyin topilgan yangi ikkinchi nusxa Britaniyaga keltirilgach, tanishib chiqib, bir tarjimaning 2 nusxasi ekanligini aniqladi. Bu tarjima muallifi Hindistonda saltanat yuritgan Temuriy sultonlar davlati hokimlaridan biri boʻlgan Shoh Jahon davrida podshoh saroyida xizmatda boʻlgan mansabdor shaxslardan biri Muhammad Afzal alBuxoriy edi. Mutarjimning yozishicha, ushbu tarjimani u 1670 yilda amalga oshirgan. Muhammad Afzal alBuxoriy oʻz tarjimasining muqaddimasida ishorat qilib ketgan yangi (sultoniy) nusxaga kiritilgan aksar qoʻshimchalar, Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" asaridan olinganligiga ishonch hosil qilish mumkin.

Shunday qilib, Muhammad Afzal Buxoriy qayta ishlagan va Sharafuddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma"si asosida toʻldirilgan "Malfuzoti Temuriy" deb nomlangan yangi asar vujudga keldi va tarqala boshladi. Hozirda uning nusxalari bir qancha mamlakatlar kutubxonalarida saklanmoqda. Sharq qoʻlyozmalari kataloglarining tuzuvchilaridan baʼzilari ham uni "Tuzuki Temuriy" dan farqli oʻlaroq "Malfuzot" ekanligiga ishora qilganlar. Albatta, nomlanishi "Voqeoti Temuriy", "Tanziymoti Temuriy" va boshqa shakllarda ham uchraydi. Undan tashqari keyingi asrlardagi gohida toʻla, gohida noqis nusxalarida xattotlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan kiritilgan koʻplab toʻqimalar, birinchi nusxalarda boʻlmagan voqealar tafsilotlari ham uchraydi. Bundan tashqari, zikr etilgan 2 har xil asarni "Tuzuki Temuriy" va "Tuzukoti Temuriy" nomlari bilan bir muqova ichida koʻchirib yozishgan. Shu bois hatto Yevropada va baʼzi bir sharq mamlakatlarida sharq qoʻlyozmalarining chop etilgan kataloglarida ham shunday chalkashlik koʻzga tashlanadi. Bunday kamchilik "Temur tuzuklari"ning 1991-y 1996-y. nashrlari soʻz boshida ham bor.

"Malfuzoti Temuriy"dan qator tarjimalar amalga oshirildi. 1830 y. Angliyada Charlz Styuart uni ingliz tiliga oʻgirdi. Unda Amir Temur hayotining 39 yoshigacha boʻlgan voqealar aks ettirilgan.

XIX asrda Oʻrta Osiyoda "Malfuzoti Temuriy"ning forsiydan eski oʻzbek tiliga qilingan 3 tarjimasi paydo boʻldi. Sharqshunos Stori katalogida keltirilgan maʼlumotga koʻra, ulardan birini 1836-yilda Qoʻqon xoni Muhammad Alixonning buyrugʻiga binoan, Xoʻjand qozisi Nabijon Mahdum Xotif amalga oshirgan. Tarjima fors tilidagi noqis nusxadan qilingan va Amir Temurning 39 yoshgacha voqealari keltirilgan. Hozir bu qoʻlyozma Sankt-Peterburgdagi Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda.

Boshqasi, Xivada Muhammad Yusuf ar-Rojiy tomonidan 1856 – 57-yillarda "Tuzuki Temuriy" nomi bilan tarjima qilingan va yana biri "Qissai Temur" va "Malfuzot" nomlari bilan maʼlum boʻlgan Pahlavon Niyoz Devon tarafidan 1857—58 y. lar Xivada oʻgirilgan asar. Har ikkala nusxa SanktPeterburg shahrida M. Ye. SaltikovShchedrin nomidagi Rossiya davlat milliy kutubxonasida saqlanmoqda.

Nabijon Maxdumning kuplab xatolari bor eski oʻzbek tilidagi tarjimasi asosida rus sharqshunosi N. P. Ostroumov Turkiston generalgubernatori baron A. B. Vrevskiy yordamida "Malfuzot"ning turkiy matnini 1891 y. Toshkentda nashr etdi.

N.P. Ostroumov nashri asosida "Malfuzot" rus sharqshunosi Nil Likoshin tarafidan 1894 y. Toshkentda rus tiliga tarjima qilindi. 1934 y. Moskvada rus olimi V.A. Panov tomonidan Ostroumovning mazkur nashri asosida "Malfuzot"ning yangi tarjimasi nashr etildi.

1992 y. Toshkentda tanikli sharqshunos Ashraf Ahmedov N.P.Ostroumov nashriga tayangan holda Sharafuddin Ali Yazdiy "Zafarnoma"sining tanqidiy matnidan foydalanib, "Malfuzot"ning oʻzbek tilidagi zamonaviylashtirilgan erkin tabdilini amalga oshirdi.

Nihoyat, "Malfuzot"ning Oʻrta Osiyoda amalga oshirilgan eski oʻzbek tilidagi tarjimalari asosida, soʻnggi yillarda, Oʻzbekiston olimlaridan H. Bobobekov, H. Boboyev, A. Quronbekov tomonidan "Tuzuki Temuriy" (ikkinchi qayta nashriga "Zafarnoma" deb nom qoʻyilgan) hamda "Qissai Temur" ("Malfuzoti Temuriy") kitoblari chop etildi.9




Download 254,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish