Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti II kurs 202- guruh talabasi Tohirova Mohinurning Zoologiya( umurtqasiz hayvonlar) fani Amaliyot darsidan Bajargan prezentatsiyasi

Sinfga mansub turlarning xilma xilligi.Parazit infuzoriyalar.
Infuzoriyalar - eng murakkab tuzilgan bir hujayrali hayvonlar. Ularning harakatlanish organoidlari tana sirtida joylashgan juda ko‘p kipriklardan iborat. Ayrim infuzoriyalarda kipriklar hayotning ma’lum bir davrida hosil bo‘ladi. Hamma infuzoriyalarda differensiyalashgan, tuzilishi va funksiyasi bilan bir-biridan aniq farq qiladigan bitta katta yadro - makronukleus va bitta yoki bir necha - mikronukleus, ya’ni kichik yadro bo‘ladi.

Katta yadro vegetativ yadro, kichik yadro generativ yadro deyiladi. Ko‘pchilik infuzoriyalar dengizlarda va chuchuk suv havzalarida, ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ular orasida parazitlik qilib yashovchi turlari ham bor .Infuzoriyalar tipiga 8000 dan ortiq tur kiradi. Ular kiprikli infuzoriyalar va so‘ruvchi infuzoriyalar sinflariga ajratiladi.
Kiprikli infuzoriyalar bir hujayralilar orasida ancha yirik hayvonlar: tanasining kattaligi 30-40 mkm. dan 1 mm. gacha va undan ham yirikroq boladi. Kipriklar ular hayotining hamma davrlarida saqlanib qoladi. Sitoplazmasi tashqi ektoplazma va ichki endoplazmaga aniq ajralib turadi. Ektoplazma sirtdan elastik va pishiq pellikula bilan qoplangan. Pellikula ikki qavatli bo‘lib, har qaysi qavati ikkita membranadan tashkil topgan. Pellikula sirti o ‘zaro tutashib, turli shakllar hosil qiluvchi yo‘g‘on tolalar yordamida juda ko‘p katakchalarga bo‘lingan. Katakchalar pellikula sirtini panjaraga o‘xshab o ‘rab turadi. Katakchalarning shakli har xil, tufelka infuzoriyasida ular olti burchakli asalari kataklariga o ‘xshaydi . Tolalar tayanch skelet o ‘rnida infuzoriya tanasining muayyan shaklini belgilab beradi.