Infuzoriyalarning xilma-xilligi - Infuzoriyalaming bir qancha turlari odam va turli hayvonlar organizmida yashaydi. Parazit infuzoriyalar orasida ayniqsa, ixtioftirius (lchthyopthirius multifillis) katta ahamiyatga ega. Parazit zog‘ora gulmohi, do‘ng peshona, oq amur baliqlarining suzgich qanotlari va jabralarida yashaydi.
Ixtioftirius juda keng tarqalgan, u hovuzlarda boqiladigan zog‘ora va losossimon baliqlarga ayniqsa, katta ziyon keltiradi. Ixtioftirioz kasalligi baliq chavoqlarini ko‘plab qirilib ketishiga sabab boʼladi. Baliqlar terisi, jabrasi va suzgich qanotlari ustida yapaloq disk shaklida trixodina avlodiga mansub infuzoriyalar parazitlik qiladi. Trixodina juda tez ko‘payib ketganida yosh baliqchalarga katta ziyon keltiradi. - Ixtioftirius juda keng tarqalgan, u hovuzlarda boqiladigan zog‘ora va losossimon baliqlarga ayniqsa, katta ziyon keltiradi. Ixtioftirioz kasalligi baliq chavoqlarini ko‘plab qirilib ketishiga sabab boʼladi. Baliqlar terisi, jabrasi va suzgich qanotlari ustida yapaloq disk shaklida trixodina avlodiga mansub infuzoriyalar parazitlik qiladi. Trixodina juda tez ko‘payib ketganida yosh baliqchalarga katta ziyon keltiradi.
Odamning yo‘g ‘on ichagida ba’zan balantidiy infuzoriyasi (Balantidium coli) uchraydi. Infuzoriya tuxumsimon shaklda oldingi tomonida og‘izoldi chuqurchasi tubida og‘iz teshigi joylashgan. Infuzoriya ichak bo‘shlig‘ida yashaganida odatda odamga ziyon keltirmaydi. Lekin u ko‘pincha ichak epiteliysiga kirib olib, qon eritrotsitlari hisobiga oziqlana boshlaydi. Infuzoriya ichak devorida yara hosil qilib, og‘ir qonli ichburugʻni paydo qilishi mumkin. - Odamning yo‘g ‘on ichagida ba’zan balantidiy infuzoriyasi (Balantidium coli) uchraydi. Infuzoriya tuxumsimon shaklda oldingi tomonida og‘izoldi chuqurchasi tubida og‘iz teshigi joylashgan. Infuzoriya ichak bo‘shlig‘ida yashaganida odatda odamga ziyon keltirmaydi. Lekin u ko‘pincha ichak epiteliysiga kirib olib, qon eritrotsitlari hisobiga oziqlana boshlaydi. Infuzoriya ichak devorida yara hosil qilib, og‘ir qonli ichburugʻni paydo qilishi mumkin.
-
1- sitostom; 2- makronukleus;
3- vakuol
Balanditiy sistasi
Balanditiy odatda choʻchqalarda ko‘p uchraydi. Ayniqsa, cho‘chqa bolalari balantidioz bilan kuchli zararlanadi. Gigiyena qoidalariga rioyaqilinmaganda balantidiy sistalari iflos qo‘l orqali odam ichagiga tushadi va to‘g‘ri ichakda parazit sistadan chiqadi. - Balanditiy odatda choʻchqalarda ko‘p uchraydi. Ayniqsa, cho‘chqa bolalari balantidioz bilan kuchli zararlanadi. Gigiyena qoidalariga rioyaqilinmaganda balantidiy sistalari iflos qo‘l orqali odam ichagiga tushadi va to‘g‘ri ichakda parazit sistadan chiqadi.
Yoʻgʻon ichak devoridagi Balanditiy
Do'stlaringiz bilan baham: |