Izchillik mezoni ham fanda muhim ahamiyat kasb etib, и obyektivlik mezoniga kiradi. E.Agatstsi ilmiy izchillikni «ilmiy fanning barcha qoidalari asoslangan va mantiqan to‘g‘ri bo‘lishi lozimligini nazarda tutuvchi shart»1, deb ta’riflaydi.
Ba’zan tabiat qonunlari biron-bir narsa tan olinmaydigan, balki rad etiladigan taqiqlar bilan taqqoslanadi. Masalan, energiyaning saqlanish qonuni «Abadiy dvigatel mavjud emas» qabilidagi fikr bilan ifodalanadi. Biz qonun bilan taqiqlanuvchi hamma narsa mavjud emasligiga, «yo‘qlik mavjud emas, hech qachon mavjud bo‘lmagan va mavjud bo‘lishi mumkin emas»ligiga ishonch hosil qilish uchun butun dunyoni to‘la o‘rganishga qodir emasmiz, shu sababli ilmiylikning empirik mezoni falsifikatsiyalash taomili bilan bog‘lanadi. Falsiflkatsiya - gipoteza yoki nazariyaning soxtaligini klassik mantiq qoidalari yordamida aniqlovchi metodologik tamoyil. Falsiflkatsiya qilish chog‘ida tizim qaysi shartlarda falsifikatsiyalanadi deb hisoblash mumkinligini ko'rsatuvchi ilmiy qoidalar ta’riflanishi lozim. Falsiflkatsiya empirik xususiyatga ega bo'lgan falsifikatsiyalanuvchi gipotezaga asoslanadi. Shu sababli ilmiylikning uzil-kesil mezonini topish va e’lon qilishga harakat qiluvchi yondashuv noto‘g‘ridir. Bunday mezon mutlaq va notarixiy boMadi, chunki fan va amaliyot rivojlanishining muayyan tarixiy shakli bilan bog'lanmaydi.
Analitik va sintetik bilim. Ilmiy bilim majmuiga nisbatan eng umumiy yondashuv bilim ajratuvchi (analitik) va umumlashtiruvchi (sintetik) bo‘lishi mumkinligini ko'rsatadi. Analitik bilim tafsilotlami, xususan, asosiy negizda mavjud mazmunning butun salohiyatini aniqlash imkonini beradi. Sintetik bilim nafaqat umumlashtirish, balki mutlaqо yangi mazmunning yaratilishiga olib keladi. Analitik yondashuvning mohiyati shundan iboratki, o'rganilayotgan hodisaning asosiy muhim tomonlari va qonuniyatlari berilgan, asos qilib olingan
1Агацци Э. Моральное измерение науки и техники. - М., 1998. - 11 с.
61
materialda mavjud deb faraz qilinadi. Tadqiqot ishi belgilangan sohada, qo‘yilgan vazifa doirasida amalga oshiriladi va unga xos bo‘Igan ichki tahlilga qaratiladi. Sintetik yondashuv tadqiqotchini aloqalami obyektdan tashqarida, sirtdagi tizimli munosabatlar kontekstida izlashga yo‘naltiradi.
Ilmiy bilimni tuzish mantiqining bir xil emasligi ko‘pgina faylasuflar tomonidan qayd etilgan. Masalan, M.Mamardashvili «Tafakkur shakllari va mazmuni» monografiyasida fanning mantiqiy apparatida bilish faoliyatining ikki tipini farqlash lozimligini qayd etadi.
Bilish faoliyatining birinchi tipga mavjud bilimlardan isbotlash va ehtimol tutilgan barcha oqibatlarni tadrijiy keltirib chiqarish yo ‘li bilan yangi bilimlar majmuini olish imkonini beruvchi vositalar kiritilgan.
Biroq bilim olishning bu usulida predmetlar haqida mutlaqo yangi fikrlar va yangi mavhumliklaming yuzaga kelishi nazarda tutilmaydi.
Jkkinchi tipi «predmetlar bilan ta ’sirlanish orqali» yangi ilmiy bilim olishni nazarda tutadi. U mulohaza yuritish jarayoniga mazmunni jalb qilishga asoslanadi1. Bu yerda mazmundan biron-bir yangi jihatdan foydalanish nazarda tutiladi.
An’anaviy klassik gnoseologiya ilmiy bilish jarayonining harakatini hozirgacha masaladan muammo sari, so'ngra gipotezaga qarab harakatlanuvchi jarayon sifatida tavsiflaydi. Bunda gipoteza yetarli darajada asoslanganidan so‘ng nazariyaga aylanadi va konsepsiyani yuzaga keltiradi. Shunday qilib, masala - muammo - gipoteza - nazariya - konsepsiya gnoseologik zanjiri rivojlanuvchi ilmiy bilimni mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |