Mirzo ulug bek nomidagi


Fan metodlarining guruhlarga bo ‘linishi bir nechta asoslarga ega



Download 2,22 Mb.
bet140/257
Sana21.04.2023
Hajmi2,22 Mb.
#930952
TuriУчебник
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   257
Bog'liq
82613 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. Shermuhamedova N.A

Fan metodlarining guruhlarga bo ‘linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish jarayonida uning roli va o‘mi nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy tadqiqot, izohlash, shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O'z navbatida, bilishning sifat va son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud. Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo ‘llash o'rganilayotgan hodisa tabiati va qo ‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi.

Fanlararo tadqiqot metodlari-ososan fan sohalari tutashgan joyda amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui. Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlami amalga oshirishda keng qo‘llaniladi.


Xususiy ilmiy metodlar - materiya harakatining asosiy shakliga mos bo ‘Igan muayyan fanda qo ‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari,


tadqiqot usullari va tartib-taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir. Xususiy fanlar metodlarining o'ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan bilish vositalari: mikrofizikada zarralami tezlatgichlar, tibbiyotda a’zolar faoliyatini qayd etuvchi turli o'lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Empirik tadqiqot metodlari. О 'rganilayotgan har qanday obyekt haqida egallanadigan bilvosita bilim empirik bilish deb ataladi.Kuzatish empirik bilishning asosiy metodidir. Kuzatish-narsa va hodisalarni izchil passiv kuzatish bo ‘lib, unda asosan, sezgi a ’zolarining ma’lumotlariga tayanadi. Kuzatish jarayonida biz bilish obyektining nafaqat tashqi tomonlari haqida, balki, pirovard maqsad sifatida uning muhim xossa va munosabatlari haqida ham bilim olamiz. Kuzatish





238

bevosita yoki turli asboblar va boshqa texnik uskunalar yordamida bilvosita amalga oshirilishi mumkin. Fan rivojlanishi bilan kuzatish tobora murakkablashib, uning vositalari ko‘payib bormoqda. Ilmiy kuzatishga qo ‘yiladigan asosiy talablar: maqsad (kuzatish obyekti)ning aniqligi; qayta kuzatish orqali yoki boshqa metodlar (masalan, eksperiment) yordamida nazorat qilish mumkinligi. Kuzatish natijalarini talqin qilish, asboblaming ko‘rsatkichlarini o‘qish va shu kabilar muhim ahamiyatga ega. Kuzatuv ilmiy bilish uchun o‘ta zarur, chunki u bo‘lmasa, fan boshlang‘ich axborot ololmas, ilmiy dalillar va empirik ma’lumotlarga ega bo‘lmas, o‘z-o‘zidan ma’lumki, nazariy bilimni ham qurib bo‘lmas edi. Kuzatuv ilmiy bilish uchun o‘ta zarur, chunki u bo‘lmasa, fan boshlang‘ich axborot ololmas, ilmiy dalillar va empirik ma’lumotlarga ega bo‘lmas, o‘z-o‘zidan ma’lumki, nazariy bilimni ham qurib bo'lmas edi.


Shuningdek, kuzatuvning tashkil etilishiga bog'liq holda и ochiq va yashirin, dala va laboratoriya kuzatuvi, qayd etish turiga ко ‘ra - qayd etuvchi, baholovchi va aralash bo‘ladi. Axborot olish turiga ko'ra kuzatuvlar bevosita va instrumental turlarga bo ‘linadi. О ‘rganilayotgan obyektlami qamrab olish hajmiga ко ‘ra esa yalpi va tanlab kuzatish farqlanadi; takrorlanishiga ко ‘ra - doimiy, davriy va bir martalik kuzatuvlar bo'ladi. Kuzatuvning tez-tez uchrab turadigan xili - o ‘z-o ‘zini kuzatuv bo ‘lib, u, masalan, psihologiyada keng tarqalgan.


Biroq kuzatuv bilish uslubi sifatida qator jiddiy kamchiliklarga ham ega. Tadqiqotchining shaxsiy xususiyatlari, uning manfaatlari, nihoyat, lining psihologik holati kuzatuv natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotchi muayyan natijaga ega bo‘lish, o‘zida mavjud farazlami tasdiqlashga qaratilganida kuzatuvning obyektiv natijalarini buzilishiga yanada ko'proq moyil bo'ladi.


Kuzatuvning obyektiv natijalarini olish uchun intersubyektivlik talablariga rioya qilish lozim, ya ’ni kuzatuv та ’lumotlari, imkon qadar, boshqa kuzatuvchilar tomonidan ham olinishi va qayd etilishi shart (va/yoki mumkin).


Bevosita kuzatishni asbob-uskunalar bilan almashtirish kuzatuv imkoniyatlarini cheksiz tarzda kengaytirib yuboradi, ammo u ham subyektivlikni istisno etmaydi; bu kabi bilvosita kuzatuvni baholash va tushuntirish subyekt tomonidan amalga oshiriladi va shuning uchun tadqiqotchining ta’siri baribir ro‘y beradi.





Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish