12- MAVZU: XIX ASRNING IKKINCHI YARMI - XX ASR BOSHLARIDA
O‘ZBEK ADABIY TILI
Reja
1.
XIX asr ikkinchi yarmi - XX asr boshlarida til vaziyati
2.
Muqimiy va o‘zbek adabiy tili
3.
Furqat asarlarining lisoniy xususiyatlari
4.
Avaz O‘tar she’riyatining tili
5.
Publitsistik uslubning shakllanishi
XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshiga kelib o‘zbek xalqi hayotida
jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyo chorizm
tomonidan bosib olindi. Natijada agar XVII - XIX boshlarida o‘zbek adabiy tiliga
Navoiy tili ta’siri va uni xalq tiliga yaqinlashtirish kuchli bo‘lsa (Gulxaniy,
Maxmur, Abulg‘oziy, Munis, Ogahiy), XIX asrning 60-yillarida, ya’ni Muqimiy,
Furqat, Zavqiy, Avaz O‘tar kabi shoirlar ijodida mazkur an’ana davom etdi, ayni
paytda, rus tiliga xos so‘z va shakllar ko‘paya boshladi. Shuningdek, rus tili orqali
boshqa yevropa tillaridan turli sohaga doir terminlar, grammatik shakllar kirib
keldi. Bu davrda so‘z tanlash va ijod qilishda quyidagi manbalarga asoslanilgan:
130
1.
Adabiy til o‘zbek tilining o‘z ichki imkoniyatlari asosida yaratilgan
so‘zlar hisobiga boyidi.
2.
Ruscha leksemalarning o‘zbekcha muqobili yoki uning o‘rniga
oldindan mavjud bo‘lgan so‘zlar tavsiya etildi:
geografiya – jahonnoma. stansiya –
manzil, tipografiya - bosmaxona, vrach - tabib, orden - nishon
.
3.
Rus tilidagi terminlar kalka qilish orqali o‘zbek tiliga to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tarjima qilingan:
poxvalnaya gromata
- ta’rifnoma,
ambulatornaya
-
tabibxona,
upravitel
- boshqaruvchi,
jeleznaya doroga
- temir yo‘l,
belыy sar
- oq
poshsho,
povestka
- chaqiruv qog‘ozi,
shtraf
- jarima puli.
4.
Xalq jonli tilidan unumli foydalanilgan. Bu davr so‘z ijodkorlari XIX
asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan Maxmur, Gulxaniy an’analarini davom
ettirib, xalq tili yordamida adabiy tilning boyishiga xizmat qildilar. Masalan,
bo‘zchi, kosov, bezgak, paxsa, loy, arava
va boshqalar.
5.
Adabiy tilga rus tili va u orqali boshqa yevropa tillaridan so‘zlar kirib
keldi. “Turkiston viloyati gazeti” da mahalliy ziyolilar ayrim asar va maqolalarni
rus tilidan tarjima qilib nashr qila boshladi. Bunda ko‘pgina ruscha so‘zlar o‘z
holicha qabul qilindi. Bundan tashqari, ijtimoiy - siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar rus
tilidagi so‘zlarning o‘zbek tiliga o‘zlashishiga olib keldi. Jumladan:
a) ijtimoiy-siyosiy, harbiy soha bilan bog‘liq atamalar:
uezd, volost, duma,
pristav, konsul, soldat, shtraf, geniral, gubernator;
b) transportga oid so‘zlar:
poezd, vagon, kolyaska, vokzal, stansiya;
v) aloqa hizmatiga tegishli leksemalar:
pochta, telegraf, adres, marka,
konvert;
g) sanoat va moliya ishlari bilan bog‘liq so‘zlar:
zavod, fabrika, magazin,
bank, veksel;
d) fan va madaniyat atamalari:
gimnaziya, teatr, muzika, muzey, gazeta;
ye) tibbiyot doir birliklar:
gospital, doktor, lazaret, feldsher;
yo) hujjat va mukofotlarga oid leksemalar:
bilet, pasport, orden, medal;
j) uy-ro‘zg‘or buyumlari nomlari:
samovar, stol, stul, patnis, talinka, lampa,
fonuz, pech;
131
z) oziq-ovqat va ichimlik nomlari:
pivo, kvas, limonad, konfet, kartoshka,
suxari;
i) rus tili orqali lotin tilidan
doktor, komitet, mashina, stansiya
,
fabrika
so‘zlari; grekcha
gimnaziya, muzika, teatr, telegraf;
italyancha
bank, gazeta, kassa,
soldat;
nemischa
yarmarka, shtraf, marka, kontora
; fransuzcha
adres, jandarm
;
inglizcha
kerosin, vagon
kabi so‘zlar qabul qilindi;
y) XIX asrning ikkinchi yarmida rus tilidan o‘zlashgai so‘zlarning bir qismi
aslida turkiy so‘zlardir. Ular yangicha ma’no va ba’zi fonetik o‘zgarishlar bilan
qabul qilingan:
tyurma, tovar, stakan, karandash, boyar, bek, bashmak, kolpak,
kabluk, karaul, yarlik
va h.o. Bundan tashqari, rus tilidan kirib kelgan
admiral,
azimut, algebra, algoritm, alkogol, arsenal, magazin, tarif, shuba
so‘zlari aslida
arabcha;
divan, chamadon
so‘zlari esa fors-tojikchadir. Mazkur bandda qayd
etilgan leksemalarning barchasi qadimda turkiy, xususan, o‘zbek tilidan
o‘zlashgan.
XIX asrning ikkinchi yarmida ijod qilgan shoirlar obrazining tili, o‘ziga xos
xususiyatlari, kasbi-korlariga alohida ahamiyat bergan. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |