cho‘x
,
Ketib zulmu sitamin zulmati
bo‘lmish
jahon ravshan.
Ey, olami anjum aro orom
suran
lar, Avaz, bo‘lg‘ay
uyonib
(uyg‘onib)
komgoru komron millat,
Bilmam
, buni kim imom etibdur.
Kim yaqosi choksiz gul
butmamish
bu bog‘ aro.
Avaz O‘tar asarlari leksikasini asosan turkiy, arabcha va forscha so‘zlar
tashkil etadi:
robita, zulmat, sitam, ahkom, millat, imom, ag‘yor, sipohi, dom,
yoron, mehribon, mor, orom
va hokazo. Rus va rus tili orqali kirgan so‘zlar deyarli
uchramaydi.
Shunday qilib, Avaz O‘tar XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshlaridagi
o‘zbek adabiyoti va adabiy tilining shakllanishiga munosib ulush qo‘shgan.
Turkistonning chorizm tomonidan bosib olinishi ma’lum darajada iqtisodiy
va madaniy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishiga sabab bo‘ldi. Turli tamoyil va
manfaatlar ta’sirida «umumiy turk tili to‘g‘risida»gi nazariyalar tarqaldi. O‘zbek
ma’rifatparvarlari o‘zbek adabiy tilini ona tili zaminida rivojlantirish uchun
kurashdilar. Bu nazariya, kurashlar XIX asrning II yarmida paydo bo‘lgan
nashriyot va vaqtli matbuotda o‘z ifodasini topdi. Binobarin, 1870 yilda
Turkistonda rus tilidagi “Turkestanskie vedomosti” gazetasi ta’sis etildi. 1871
yildan gazetaga ilova, keyinchalik mustaqil holda o‘zbek tilida “Turkiston
viloyatining gazetasi” chiqa boshladi. Shu tariqa, o‘zbek adabiy tilida publitsistik
uslub shakllana boshladi.
137
Rus tilidan diplomatik hujjatlar, axborot materiallari, qishloq xo‘jaligi,
ilmiy, tibbiy texnika, tarix va boshqa sohalarga oid tarjimalar “Turkiston
viloyatining gazetasi” sahifalaridai nashr ettiriladi. Mazkur jarayonda Furqat,
Sattarxon, Isoqxon Ibratlarning adabiy va publitsistik faoliyati alohida o‘rin tutadi.
Sattorxon 1883-1890 yillar davomida tahrirriyatda muharrir yordamchisi va
tarjimon bo‘lib ishlaydi. Ularning maqolalarida so‘zlar qanday talaffuz qilingan
bo‘lsa, yozuvda shunday aks etgan:
tiligraf, dovut, moshin, fatagraf, ganiral,
gubernatur, ueznoy, afitser, kamissiya
. Isoqxoning quyidagi fikrida rus tilidan
o‘zbek adabiy tiliga o‘zlashgai leksik unsurlar yaqqol ko‘rinadi: “Asrimiz
madaniyati bor edi, chunonchi,
otash aroba, tiligrom, tilifo‘n, iliktr fanirlari
, hatto
uchadurgon
ayripilon, giramo‘fun, fatagarof, tipogrof, litogirof, anvoi
mashinalar: avtomo‘bel, valisafet
hammasi mavjud edi”.
Gazeta publitsistik uslubda qo‘llangan ruscha va u orqali boshqa yevropa
tillaridan kirgan leksemalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
1. Siyosiy, diplomatik tushunchalar:
sudya, komissiya, konsul, duma, siezd,
monifest, zabostufka, onorxiya
kabi
2. Harbiy terminlar:
pulkovnik, kopiton, giniral, litinont, ofitser
va hokazo.
3. Pochta-telegraf bilan bog‘liq atamalar:
tiligraf po‘shtaxona, morka,
tilfo‘n.
4. Matbuotga doir so‘zlar:
redoksiya, gazetxona, harf bosadurgon moshina
singari.
Ba’zi ruscha so‘z va birikmalar arabcha, forscha so‘zlar bilan tarjima qilib
berilgan:
ministr - vazir, pedsovet - ilmiya maslahatin, geografiya - jahonnoma,
xirurg - jarroh, arxitektor - tarroh, vrach - hakim, professor – mudarris.
Gazeta tilida o‘zbek tilida mavjud bo‘lgan yasovchi affikslar, ya’ni -lik, ma,
-chi, -xona, kabi affiks yordamida yangi so‘zlar yasalgan:
g‘o‘za ekuvchi,
oktyabrchi, saylovchi, gazitachi, hurriyatchi, otishma, po‘shtaxona
kabi.
Muhimi, publitsistik uslubga ayrim xususiyatlar badiiy adabiyotga ham
singib bordi. Bunda Furqat, Isoqxon, Sattorxonlar kabi ijodkorlarning roli katta
bo‘ldi. Ular o‘zbek tilining lug‘at tarkibi, gazeta-publitsistik uslubini yangi so‘z,
138
ifoda, atamalar hisobiga boyitish uchun intildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |