Yechish g’oyasi: Bu yerda x - dan tashqari yangi qo`shiluvchi va umumiy yig’indini ko`rsatish uchun ikkita o`zgaruvchi kerak. Masalada yangi qo`shiluvchi keyingi qo`shiluvchi uchun argument bo`lib kelmoqda. Bu ma`lumotlarni e`tiborga olib, interfeysga ikkita Edit (x va n uchun), bittadan Label va Button komponentalari joylashtiriladi. Agar lozim topilsa, x va n o`zgaruvchilarni izohlash uchun formaga ikkita Label komponentalarini joylash mumkin. Dastur kodi 4.7-listingda keltirilgan.
4.7-listing.
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var n,i:integer;
x,s1,s2:real;
begin
x : strtofloat(edit1.Text);
n : strtoint(edit2.Text);
s1 : x;
for i : 1 to n do begin
s1 : sin(s1);
s2 : s2 s1; end;
Label1.caption : floattostr(s2);
end;
Bu dasturda i o`zgaruvchi tsikl tanasining n marta bajarilishini ta`minlab beradi.
Yuqoridagi hollarda tsiklni boshqaradigan o’zgaruvchi 1 qadam bilan o`zgaradi. Tsikl yarayonini -1 qadam bilan ham tashkil qilish mumkin. Bu holda for buyrug’ining umumiy ko`rinishi
Do'stlaringiz bilan baham: |