10.4. Dinamik strukturali ma`lumotlar
Biz hozirgacha statik, ya`ni dasturning ishlashi jarayonida o`zgarmaydigan strukturali, ya’ni statik ma`lumotlar bilan ishladik. Ayrim hollarda statik ma`lumotlar bilan ishlash noqulayliklar keltirib chiqaradi. Masalan, sinf o`quvchilari haqidagi ma`lumotlar uchun massivlardan foydalaniladi. Ammo, har bir sinfda turli sondagi o`quvchilar bo`lishini bilgan holda, massiv o`lchamlarini qanday belgilash lozim? Bu savolning javobi komp’yuter xotirasidan o`rinli foydalanishga imkon beradi.
Bunday xarakterdagi masalalar o`zgaruvchan bo`lgani uchun, ularni hal qilishda dinamik strukturalardan foydalanish qulay hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |