Ko`rsatkichlar. Odatda dasturdagi har bir o`zgaruvchi uchun EHM xotirasidan bittadan yacheyka ajratiladi. Dasturchi o`zgaruvchining EHM xotirasidagi qaysi yacheykaga yozilganligi bilan qiziqmaydi va ularga zarur bo`lganda, nomini ko`rsatish orqali murojaat qiladi. Bu o`zgaruvchilarning qiymatlari saqlanayotgan yacheyka adreslarini dasturchi bilishi shart emas.
Delphi da boshqa o`zgaruvchilarga murojaat qiladigan o`zgaruvchilar ham mavjud bo`lib, ularni ko`rsatkichlar deb ataladi. Ko`rsatkich - bu qiymati boshqa o`zgaruvchining manzili yoki ma`lumotlar strukturasiga teng bo`lgan o`zgaruvchidir. (9.4-rasm).
9.4-rasm. Ko`rsatkich-o`zgaruvchi
Quyidagi kabi bir qator masalalarni hal qilishda ko`rsatkichlar xotiradan samarali foydalanishga imkon beradi:
umumiy xajmi oldindan ma`lum bo`lmagan ma`lumotlarni qayta ishlash. Oddiy hollarda, ma`lumotlarni (masalan, satr yoki massivni) saqlash uchun mumkin bo`lgan eng katta joy band qilinadi. Ammo, bu joyning hammasiga ham ma`lumot yozilmasligi mumkin. Demak, xotiradan noo`rin va samarasiz foydalanishga yo`l qo`yiladi.
ma`lumotlarni saqlash uchun xotira buferlaridan foydalanilsa. Ko`pincha ma`lumotlarni (masalan, matnlarni) vaqtincha saqlab turish uchun ma`lum bir hajmdagi buferlarni ajratish lozim. Bufer hajmi kichik bo`lib, matn katta yoki katta hajmli buferda kichik matn saqlanishi mumkin. Bu holda ham xotira noto`g’ri taqsimlanmoqda.
Ko`rsatkichlar xotiradan unumli foydalanishga yordam beradi. Ular xotirada bor-yo`g’i 4 bayt joyni band qilgan holda, bir necha o`n kilobayt joyni band qilayotgan ma`lumotlarni ko`rsatishi mumkin.
Umumiy ko`rinishda ko`rsatkichlar quyidagicha e`lon qilinadi:
Nom: ^ Tip;
Bu yerda Nom – ko`rsatkich nomi; Tip —ko`rsatkich ko`rsatadigan ma`lumotning tipi; ^ belgisi e`lon qilinayotgan o`zgaruvchining ko`rsatkich ekanligini anglatadi. Masalan:
p1: ^integer;
r2: ^real;
Keltirilgan misollarda p1 - integer, p2 - esa real tipidagi o`zgaruvchining ko`rsatkichi.
Ko`rsatkich ko`rsatayotgan o`zgaruvchi tipi ko`rsatkichning tipi hisoblanadi. Masalan, dasturda r: ^integer ko`rsatkichi e`lon qilingan bo`lsa, ^r - ni butun tipdagi ko`rsatkich deb ataladi.
Dastur ish boshlagan vaqtda ko`rsatkich-o`zgaruvchi "hech narsani ko`rsatmaydi". Bu holda uning qiymatini NIL ga teng deyiladi. NIL dan qiymat berish va mantiqiy ifodalarda foydalanish mumkin. Masalan: agar p1 va p2 larni ko`rsatkich deb e`lon qilingan bo`lsa,
p1 : NIL;
Do'stlaringiz bilan baham: |