Miraziz azamning bolalar uchun yozgan asarlari reja miraziz A’zamning hayot va ijodi



Download 67 Kb.
bet1/3
Sana24.04.2022
Hajmi67 Kb.
#579629
  1   2   3
Bog'liq
MIRAZIZ AZAMNING BOLALAR UCHUN YOZGAN ASARLARI




MIRAZIZ AZAMNING BOLALAR UCHUN YOZGAN ASARLARI

REJA

1. Miraziz A’zamning hayot va ijodi
2. Miraziz A’zamning sher’rlari
3. Miraziz A’zamning bolalar uchun yozgan asarlari
Miraziz A’zam o’zbek she’riyatidagi eng to’g’ri so’z shoirlaridan biri. U hamisha va har qanday sharoitda haqiqat va adolat tomonida turishni hayoti va ijodining asl maqsadi deb bildi. Bolalarga yozgan she’rlarida ham ularni qadimiy yurtga, ona xalqiga munosib farzandlar bo’lishga da’vat etdi. Dunyo she’riyatining adolat va erk tuyg’ulari mavjud asarlarinigina tarjima qildi. She’riyatining har bir satrida millat bilan vatanga va ayol bilan farzandga bo’lgan buyuk muhabbatini jo qildi.
Miraziz A’zam ham bolalar, ham kattalar shoiri, ayni chog’da yetuk tarjimon,o’tkir jurnalist hamdir. U 1936 yili Toshkentda tavallud topgan. Toshkent Davlat dorilfununini tugatgach, Toshkent telestudiyasida, «G’uncha» bolalar oynomasida, so’ngra «Yosh gvardiya», G’afur G’ulom nashriyotlarida muharrir bo’lib ishlagan. Ko’p yillar O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, sarkotib yordamchisi bo’lib ishlagan.
Uning ijodi talabalik yillaridayoq boshlangan. Uning birinchi she’ri 1960 yilda «G’alati tush» nomi bilan chop bo’lgan. Keyinchalik u 1972 yilda alohida kitob holida bolalarga sovg’a qilingan. Uning birinchi she’riy to’plami «Metallurg» (1964) nomi bilan chop bo’lgan. Shundan so’ng bolalar uchun «Aqlli bolalar» (1969,doston), «Senga nima bo’ldi» (1970), «Yer aylanadi» (1973), «Yerga dovruq solamiz» (1970), «Bir cho’ntak yong’oq» (1990, saylanma) kabi bir qator ajoyib she’riy to’plamlari bosilib chiqdi. Ularda bolalarning qalbi va tuyg’ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug’lashga intiladi.
Adib kattalar uchun ham bir qator salmoqli she’riy guldastalar yaratgan. Jumladan, «Sevaman» 1977), «Tuyg’ular» (1980), «Sabot» (1983) kabi to’plamlaridagi ko’pchilik she’rlar o’zining hayotiy va jozibaliligi bilan o’quvchi qalbini zabt etadi.Shoir ana shu she’riy to’plamlaridagi eng yaxshi she’rlarini va yangi yozilgan asarlari sarasini o’zining «Haqiqatning ko’zlari» (1988) saylanmasiga jamlab, talabchan o’quvchisiga havola etdi.
Adib mohir tarjimon, adabiyot va madaniyatning hormas targibotchisi ham. Uning turk, rus, nemis adiblaridan qilgan tarjimalari, ayniqsa, islom madaniyatiga oid tarjimalari qo’pchilik mutaxassis va oddiy o’quvchi ixlosini orttirdi.
Bugun 77 yoshga to’lgan Miraziz akaning keyingi ijodi ham sermahsul, serfayz bo’lishiga ishonsa bo’ladi.

MIRAZIZ A’ZAM


Download 67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish