Infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan moliyalashtirish. “Yashil loyihalar” uchun ajratilgan davlat investitsiyalarining aksariyat qismi infratuzilma holatini yaxshilash bilan bog'liq. Infratuzilma loyihalarining aksariyat qismi energiya tejash va tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga qaratilmoqda. Xususan, jahonda 2018 yilda energiya tejash va tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirishga yo'naltirilgan investitsiyalar hajmi 2010 yilga nisbatan 55%ga ortdi109.
Tarmoqlar va korxonalarga moliyaviy ko‘mak berish.Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda “yashil” yondashuvga ega bo'lgan ayrim korxona va tarmoqlar an’anaviy texnologiyaga ega bo'lgan raqiblari oldida raqobatbardosh bo'lishi uchun davlat ko’magi lozim bo‘ladi. Ushbumaqsadda hukumat “yashil investitsiyalar” bilan shug'ullanuvchi korxonalar yoki investorlargasoliq imtiyozlari vama'muriy preferensiyalar ko'rinishidabilvositamoliyaviy ko'mak berishi mumkin.
Moliya bozorlarini rivojlantirish.Moliya bozorlari “yashil moliyalashtirish”ning muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Ko‘pchilik institutsional investorlar o‘z investitsion deklaratsiyasida sarmoyalashda ijtimoiy mas’uliik va atrof muhit muhofazasi tamoyillariga asoslanishini ko'rsatib o'tishgan. Investorlar maqsadida ushbu tamoyilning mavjudligi amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihaning hukumat oldidagi jozibadorligini oshiradi. Chunki ekologiya va atrof muhit muammolariga mas’uliyatli yondashuvni nazarda tutuvchi loyihalarda ijrochilaming atorf- muhit borasidagi majburiyatlari aniq belgilangan bo‘ladi.
“Yashil moliyalashtirish” bilan bogUiq yuqori risklar, yetarli darajada daromadlilikka ega bo‘lmaslik xususiy investorlaming ekologik loyihalarga investitsiya sarflashlariga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ular tarkibiga quyidagilami kiritish mumkin:
ulgerodlar narxining shakllanishi - “yashil investitsiyalar” miqdorini hisoblashda xarajatlar qiymatini aniq hisoblash zarur;
yoqilg'i qazib chiqarish uchun aj rati lay otgan subsidiyalarning mavjudligi;
“yashil loyihalar”ni amalga oshirishda birlamchi xarajatlarning yuqoriligi va “yashil investitsiyalar”ni qoplash muddatining uzoqligi;
texnologik risklarning mavjudligi;
tranzaksion xarajatlarning yuqoriligi;
sof energiya manbalarining amaldagi energiya tizimiga integratsiyalashuvi bilan bog'liq xarajatlarning yuqoriligi;
axborotlaming yetishmasligi va boshqa risklar.
Shuning uchun davlat bu yo'nalishda xususiy investorlar uchun qulay investitsion muhit yaratishi lozim. Davlat tomonidan “yashil iqtisodiyot”ni qo'llab-quwatlashga xizmat qiluvchi siyosiy, moliyaviy va soliq dastaklarini qo‘llash samarali hisoblanadi.
“Yashil loyihalar”ni investitsiyalash yo‘nalishiari va dastaklari
UNEP 2030 yilga qadar barqaror rivojlanishga o‘tishning quyidagi variantlarini taklif etadi:
Business as usual (odatdagi biznes) varianti. Ushbu variant joriy ekologik holatni hisobga olgan holda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida biznes, infratuzilmani yangilash, xodimlar malakasini oshirishga investitsiyalar sarflashni nazarda tutadi.
“2 C” varianti. Ushbu variant “Business as usual” modelini barqaror rivojlanishning ckologik maqsadlariga erishishga harakat qilish va o'rtacha harorat darajasiai sanoat inqilobigacha bo'lgan davrdagi o‘rtacha harorat darajasigacha pasaytirishni hisobga olgan holda amalga oshirishni reajalashtiradi.
Incremental investment (qo‘shimcha investitsiyalar) varianti. Ushbu variantda Business as usual modelini barqaror rivojlanishning ekologik maqsadlariga erishish jarayonida “2 C” modeliga aylantirish ko‘zda tutilgan.
Business as usual eng ko‘p xarajat talab etadigan variant hisoblanadi. Unga muvofiq 2010-2030 yillarda investitsiyalarga bo‘lgan ehtiyojning katta qismi iqtisodiyotning transport va transport infratuzilmasi (36,7 trln. doll, yoki 32%), suv tarmog'i (26,4 trln doll, yoki 23%), sanoat sektori (18,9 trln doll, yoki 17%) hissasiga to‘g‘ri kelishi lozim. Ushbu tarmoqlar energiya va resurs sig‘hnkorligi yuqori tarmoqlar hisoblanganligi bois atrof muhit muhofazasi uchun katta hajmdagi investitsiyalar talab etiladi.
“Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish “yashil loyihalar”ga hayotiylik sikli davomida qo’shimcha investitsiyalar jalb etishni talab etadi. Hozirgi vaqtda dunyo mamlakatlari “yashil loyihalar’ni davlat tomonidan moliyalashtirish amalyotidan sohaga xususiy investorlami faol jalb etish amaliyotiga o’tishga harakat qilishmoqda.
4.3.1-jadval. “Yashil loyihalar” barqaror rivojlanish maqsadlariga mos ravishda quyidagi yo'nalishlar va ob’ektlar bo'yicha guruhlarga ajratiladi (4.3.1- jadval).
“Yashil loyihalar”ni investitsh alash yo^alishlari94