Strategiyani amalga oshirishning maqsadli ko'rsatkichlari237
Maqsadli ko'rsatkichlar
|
Kutilayotgan natija
|
Issiqxona gazlarining YalMga nisbatan solishtimia ajratmalarini qisqartirish
|
2010 yildagi darajadan 10%ga qisqartirish
|
Energiya samaradorligini oshirish
|
Ikki baravai
|
Tiklanadigan energiya manbalarini yanada rivojlantirish
|
Umurniy elektr energiya ishlab chiqarish hajmining 25%idan ko‘prog‘iga yetkazish
|
Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini zamonaviy, arzón va ishonchli energiyadan foydalanish imkoniyatini yaratish
|
100%gacha
|
Sanoat korxonalari infratuzilmasini modernizatsiyalash, sof va ekologik xavfsiz texnologiyalar va sanoat jarayonlaridan yanada keng foydalanish hisobiga ulaming barqarorligini ta’minlash
|
Energiya samaradorligini 20 foizdan kam bo‘lmagan miqdorga oshirish
|
Motor yoqilg* isi va avtotransport vositalari ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanishni kengaytirish. elektr transportai rivojlantirish
|
Energiya samaradorlik va ekologik jihatdan yaxshilash
|
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish
|
1 mln. gektargacha maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish va ularda yetishtiriladigan ekinlar hosildorligini 20- 40%gacha oshirish
|
Yerlaming tanazzulga uchrashish darajasini pasaytirish
|
Neytral balansga erishish
|
Asosiy qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish
|
O'rtacha hosildorligini 20- 25% gacha oshirish
|
Mamlakatimizda “yashil iqtisodiyof’ga o‘tishda energiya resurslari iste’molini diversifikasiyalash va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish ikkinchi ustuvor yotaalish sifatida belgilangan.
LJshbu maqsadga erishishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 0‘zlashtirish, binolami qurish va ulardan foydalanish, transport sohasi hamda qurilish materiallari ishlab chiqarishda energiya iste’molini diversifikasiyalash muhim ahamiyat kasb etadi.
2030 yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini yanada rivojlantirish hisobiga ushbu energiya manbalari ulushini umumiy elektr energiya ishlab chiqarish hajtnining 25%idan ko‘prog‘iga yetkazish, aholi va iqtisodiyot tannoqlarining zamonaviy, arzon va ishonchli energiyadan foydalanish imkoniyatini 100%ga yetkazish vazifalari belgilangan (10.1.1- jadval).
Uchinchi ustuvor yo‘nalish iqlim o'zgarishi oqibatlariga moslashish va ulami yumshatish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlami asrash muammolarini qamrab oladi. Suv xojaligi, qishloq xo'jaligi, o‘rmon xo'jaligi, qattiq maishiy chiqindilar bilan bog'liq ishlami amalga oshirish hamda Orolbo'yidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralari uchinchi ustuvor yo'nalish sohalari hisoblanib, quyidagilar mazkur yo‘nalishning maqsadli ko'rsatkichlari hisoblanadi:
iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida suvdan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirish, 1 million gektargacha maydonda tomchilatib sug'orish texnologiyasini joriy etish va ularda yetishtiriladigan ekinlar hosildorligini 20-40%gacha oshirish;
yerlaming tanazzulga uchrashi bo'yicha neytral balansga erishish;
asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘rtacha hosildorligini 20-25%gacha oshirishga erishish.
To'rtinchi yo‘nalish “yashil iqtisodiyot”ni qo'llab-quvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmiarini ishlab chiqish inasalalariga qaratilgan bo'lib, “yashil texnologiyalar”ni joriy etishning institutsional asosiarini rivojlantirish, “yashil iqtisodiyot” sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, energiya samaradorligini tartibga solish va nazorat qilish mexanizmiarini rivojlantirish, “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini ta’lim va fanga integratsiya qilish, “yashil iqtisodiyot”ga o'tish uchun salohiyatni oshirish va qulay muhit yaratish, “yashil investitsiyalar”ni qo'llab- quvvatlash kabi sohalami qamrab oladi.
Strategiyaning muhim vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari milliy, tarmoq, soha rejalari va rivojlanish strategiyalarida belgilangan tadbirlar vositasida amalga oshiriladi.
Mamiakat iqtisodiyotining energiya samaradorligini oshirish
yo‘nalishlari
“Yashil iqtisodiyof’ni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalami kengjoriy etish, tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hisoblanadi.
Energiya samaradorligi iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda energiya manbalaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish sektori rentabelligi va raqobatbardoshligini oshirish hamda energiya tejashning muhim omili bo'lib, bu o‘z navbatida energiya xavfsizligiga, ish o!rinlari yaratilishiga, aholi farovonligining o‘sishiga va mamlakatning rivojlanishi uchun jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston iqtisodiyoti energiya va uglerod sig'imkorligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha dunyoning birinchi o‘nta mamlakatlari ro‘yxatiga kiradi. Jahonda bir birlik yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanayotgan energiya sarfi 1990-2019 y il larda 0.170 kg ne. dan 0.110 kg. n.e. gacha pasaygani holda, ushbu ko'rsatkich mamlakatimizda 0,689 kg n.e. dan 0,150 kg n.e. gacha qisqargan (10.2.1-rasm).
■■«»Energiya sig’imkorligi. kg, n.e..'doll. (2015 y. VXQP)
«■"»CO2 intensivligi, kg C02/doli, YalM (2015 y. VXQP)
— CO2. mln tonna
rasm. O‘zbekiston iqtisodiyotining energiya samaradorlik
ko‘rsatkichlari238
Demak, O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning energiya sig‘imkorligi hali ham dunyoning o‘rtacha ko‘rsatkichidan yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu ko‘rsatkich Buyuk Britaniya, Italiya, Turkiya, Ispaniya, Germaniya kabi mamlakatlar ko‘rsatkichlariga nisbatan esa ikki baravar yuqori hisoblanadi. O‘zbekistonda iqtisodiyotning uglerod sig‘imkorligi keskin pasaygan bo'lsa-da, u dunyoning o‘rtacha ko'rsaikichidan 1,5 baravarga yuqoridir.
Hozirgi vaqtda respubiikaning niavjud elektroenergiya ishlab chiqarish quvvati 12,9 GVtni tashkil etadi, shundan: issiqlik elektr stansiyalar (1ES) - 11 ming MVt yoki 84,7 foiz; gidroelektrostansiyalar (GES) - 1,85 ming MVt yoki 14,3%; blok stansiyalari va izolyatsiyalangan stansiyalar -133 MVt dan ortiq yoki 1,0%. Asosiy generatsiya manbalari 11 ta IES, shu jumladan 3 ta IEM hisoblanadi. Zamonaviy tejamkor elektr energiya bloklarining quvvati 2825 MVt yoki 1ES umumiy quvvatining 25,6%ini tashkil etadi. 2019 yilda respublika hududida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 89,6%i IES tomonidan ishlab chiqarilgan.
Gidroenergetika 42 GES, shu jumladan umumiy quvvati 1,68 GVt (umumiy GES quvvatining 90,8%i) bo'lgan 12 ta katta, 0,25 GVt (13,5%) umumiy quvvati 28 KGES va 0,5 MVt bo'lgan 2 ta mikro GESlarni o‘z ichiga oladi. Suv oqimi bo'ylab quvvati 532 MVt (4 ta katta - 317 MVt va 26 KGES- 215 MVt) bo‘lgan 30 ta gidroelektrostansiyalari faoliyat ko'rsatmoqda. Suv omborlarida umumiy quvvati 1,4 GVt bo‘lgan 10 ta GES mavjud. Respubiikaning gidro potensialidan foydalanish darajasi 27%ni tashkil etadi.
Shu bilan birga, elektr tarmoqlari ob’ektlarining asosiy qismi 30 yildan ortiq vaqt mobaynida ekspluatatsiya qilinmoqda. Jumladan, asosiy va taqsimlovchi tarmoqlarning 66%i, podstansiyalaming 74%i va transformator punktlarining 50%dan ortig'i 30 yildan ortiq vaqt mobaynida ekspluatatsiya qilinmoqda. Bu esa elektr energiyasini taqsimlash vayetkazib berishda texnologik yo'qotish darajasining oshishiga olib keluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. 2012-2019-yillarda elektr energiyasi ishlab chiqarish yiliga o‘rtacha 2,6%ga o'sgani holda elektr energiyasiga bo'lgan talab to‘liq qondirilmadi. Jumladan, 2019 yilda elektr energiyasi taklifi va unga bo'lgan talab o'rtasidagi taqchillik 9,4%ni tashkil etdi.
Prognoz natijalari bo‘yicha, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda Respublikada elektr energiyasiga bo'lgan talabning yillik o’sishi 6-7%ga teng boUadi. 2030 yilga kelib respublika iste’moli 2018 yilga nisbatan 1,9, aholining elektr energiyasiga bo‘lgan talabi 1,8, iqtisodiy sektoming elektr energiyasiga bo'lgan talabi 2,2 baravarga, aholi jon boshiga elektr energiyasi iste’moli esa 2,665 kVt soatgacha yoki 71,4 foizga oshishi kutihnoqda. Shu bilan birga O'zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan elektr energiyasi iste’moli ayrim qo‘shni mamlakatlar va boshqa 2018 yil yakunlari bo'yicha Koreyada - 9711, Xitoyda - 4292, Rossiyada - 6257,Qozog'istonda - 5133, Turkiyada - 2637 kVt.soat miqdorida qayd etilgan ko'rsatkichdan ancha past.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning energiya sig'¡mini kamaytirish va mavjud energiya sig‘imi doirasida atrof muhit va iqlim o'zgarishiariga salbiy ta’simi kamaytirish uchun quyidagilami amalga oshirish lozim:
iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori energiya sig'imiga ega bo'lgan asbob- uskunalar va jihozlar importini kvotalash hamda yuqori import ta’riflarini joriy qilish;
energiya sig‘imi past bo'lgan mavjud quvvatdagi asbob-uskunalar va jihozlar uchun imtiyozli kreditlash tizimini joriy qilish;
yuridik va jismoniy shaxslaming energiyani tejash va energiya samaradorligi bo'yicha ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
Tikianadigan energiya manbaiarini o'zlashtirish istiqbollari
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvoflq atrof muhitda tabiiy holda qayta tiklanuvchi quyosh, shamol energiyasi, yer harorati (geotermal), suv oqimlarining tabiiy harakati, biomassa energiyasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari sirasiga kiritiladi30*.
O'zbekistonda tikianadigan energiya manbalarining juda katta zaxiralari mavjud. LJshbu manbalar tarkibida quyosh va shamol energetikasi katta istiqbolga ega. Biroq bu sohaning rivojlanishiga to'sqinlik qilayotgan sabablardan biri - muqobil energiya manbalarining ob-havo sharoitining o‘zgarishiga va kun-tun almashinuviga bog'liqligidir. Shamol elektr generatorlari faqat shamol tezligi 5-6 m/s dan baland boiganida ishlab, O'zbekistonning shamol potensiali yuqori bo‘lgan hududiarida yiliga o‘rtacha 3200-4300 seat davomida energiya beradi (yilning davomiyligi 8760 soat). Quyosh fotoelektr stansiyalari faqat kunduzi, bulutsiz va kam bulut bo'lgan holatda ishlab, O'zbekistonning quyosh potensiali yuqori bo'lgan hududiarida yiliga o'rtacha 1500-2200 soat davomida energiya beradi.
O'zbekistonning tikianadigan energiya manbalarining umumiy salohiyati 118,0 mlrd. tn.e.ga, uning texnik salohiyati esa 179,3 mln. t.n.e. teng. Ushbu ko'rsatkichning katta qismi quyosh energiyasiga tegishli bo'lib, uning umumiy salohiyati 51 mlrd. t.n.e., texnik salohiyati 177 mln. t.n.e. ga tenglashadi. Quyosh energiyasining texnik salohiyati mamlakatda iste mol qilinayotgan birlamchi energiya iste’moiidan to'rt baravar yuqori. O'zbekistondagi qulay iqlim va geografik sharoit quyosh energiyasi.sanoat darajasida foydalanish imkonini berishi mumkin. Shamol energiyasining umumiy salohiyati 2,2 mln. t.n.e. ga teng boTib, uning 19%ini texnik jihatdan o‘zlashtirish imkoniyati mavjud. Mamlakatimizda geotermal energiyaning umumiy salohiyati quyosh energiyasidan yuqori bo'lib 67 mlrd. t.n.e. miqdoriga teng. Energiyaning ushbu turini samarali texnologiyalaming rivojlanmaganiigi bois faqat 0,3 min. t.n.e.ga teng qisminigina o'zlashtirish imkoniyati mavjud (10.3.1-jadval).
Quyosh va shamol energiyasining ulkan salohiyatiga qaramay, mamlakatimizda sanoat miqyosida quyosh va shamol elektr stansiyalari mavjud emas. O‘z navbatida, respublikada energetikaning ushbu segmentini rivojlantirishning huquqiy asoslarini shakllantirish choralari ko’rilmoqda. Jumladan, “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish to‘g‘risida” va “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi 0‘zbekiston Respublikasining qonunlari qabul qilindi, “Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik sub’ektlarini yagona elektroenergetika tizimiga ulash reglamanf’i tasdiqlandi.
jadval
O‘zbekistonda tiklanadigan energiya manbalarining salohiyati307
Turlari
|
Jami salohiyat
|
Texnik salohiyat
|
Gidroenergetika
|
9,2 mln. t.n.e.
|
2 mln. t.n.e.
|
Shamol energiyasi
|
2,2 mln. t.n.e.
|
0,4 mln. t.n.e.
|
Quyosh energiyai
|
50 973 mln. t.n.e.
|
177 mln. tn.e.
|
Geotermal energiya
|
67 000 mln. t.n.e.
|
0,3 mln. t.n.e.
|
Jami
|
117 984 mln. tn.e.
|
179,3 mln. t.n.e.
|
0‘z.bekistonda aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlar singari “yashil energetika” sektorining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan qator omillar mavjud:
birinchidan, an’anaviy energiya ishlab chiqarishga nisbatan tiklanadigan energiya ishlab chiqarish xarajatlarining yuqoriligi va o‘matilgan uskunalar quvvatining pastligi. Bundan tashqari 0‘zbekiston an’anaviy energiya ishlab chiqarish va aholiga elektroenergiya yetkazib berish xarajatlari bo‘yicha yetakchi mavqeyga ega. Misol uchun 2018 yilda 0‘zbekistonda 1 kVt-soat elektroenergiya qiymati 2,4 sentni tashkil etgani /holda bu ko‘rsatkich Qozog’istonda- 3,5, Turkmanistonda- 0,7, Rossiyada 4,8, Xitoyda - 13, Germaniyada - 33,8, Buyuk Britaniyada - 18,6, Daniyada - 33,3, Belgiyada -31,8 senlga teng bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |