«Mintakaviy iktisodiyot va buxgalteriya xisobi» kafedrasi «Yashil iqtisodiyot» fanidan


Mavzzu :№ 15. 0‘ZBEKISTONDA “YASHIL IQTISODIYOT”NI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI



Download 1,2 Mb.
bet51/62
Sana29.04.2022
Hajmi1,2 Mb.
#594424
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62
Bog'liq
Яшил ИқтисодиётУМК

Mavzzu :№ 15. 0‘ZBEKISTONDA “YASHIL IQTISODIYOT”NI
SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH BOSQICHLARI

10.1O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyof’ga o'tish strategiyasi:
zaruriyati, maqsadi, tamoyillari va vazifalari
O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ga o'tish zaruriyati milliy iqtisodiyotda iste’mol qilinayotgan energiyaning aksariyat qismi tiklanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanib ishlab chiqarilayotganligi, ushbu resurslar zaxirasining cheklanganligi, sanoatning jadal sur’atlarda rivojlanishi oqibatida atrof muhitning ifloslanishi, suv tanqisligi, Orol dengizining qurib borishi bilan bog'liq ekologik muammolaming keskinlashib borayotganligi bilan izohlanadi. O‘zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, tarkibiy o‘zgarishlaming uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish ichki va global jarayonlar hamda muammolarni hisobga olishni taqozo etadi.
BMT Butunjahon meteorologiya tashkiloti ma’lumotlariga ko'ra, bugungi kungacha global yillik o'rtacha havo harorati 1880 yildagi darajadan 1C ga ortgan. O'zbekistonda esa xuddi shu davr uchun o'rtacha yillik havo harorati 1,6 C ga(13,2 dan 14,8 S ga) ko'tarildi. Mamlakatimizda o'rtacha havo haroratining isish jadalligi global miqyosda kuzatilayotgan o'rtacha sur’atdan yuqori bo'lmoqda. Iqlim isishi ekotizimlar holatiga salbiy ta’sir ko'rsatib. Orolbo'yi hududidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida ekologik vaziyatning keskinlashuviga olib kelmoqda. Shu bois iqlim o'zgarishi bilan bog'liq o'sib borayotgan global tahdidlarga kompleks javob qaytarish maqsadida 2015 yil 12 dekabrda Fransiya poytaxtida o'tkazilgan BMT Iqlim o'zgarishi doiraviy konvensiyasi (BMT lO'DK) konferensiyasining 21 -sessiyasida Parij bitimi qabul qilindi. Ushbu bitim 2016 yil 4 noyabrda kuchga kirdi va 2020 yildan boshlab amalga oshiriladi. Hozirgi vaqtda Parij bitimini imzolagan 197 mamlakatdan 180 tasi ushbu hujjatni ratifikatsiya qilgan. Bitimni ratifikatsiya qilmagan mamlakatlar kuzatuvchi maqomiga ega hamda ular uchun iqlimiy moliyalashtirishdan foydalanishda cheklashlar mavjud. Parij bitimining maqsadi 2030 yilda 2020 yilga nisbatan sayyoramizda global isishni industrial rivojlanish davridagi o'rtacha haroratga nisbatan Selsiy shkalasi bo'yicha 2 C ga saqlab turish hamda haroratning 1,5 C gacha o'sishini cheklashga harakat qilishdan iborat bo'lib, 2050 yilga kelib issiqxona gazlarini global ajratmalarini 40-70 %ga kamaytirishni va 2100 yilga kelib uning 0 yoki manfiy ko'rsatkichga yetkazishni talab etadi.
Parij bitimida rivojlangan mamlakatlaming rivojianayotgan mamlakatlarga iqlim o‘zgarishining oldini olish va unga moslashish borasidagi harakatlarda qo'llab-quvvatlash majburiyati yuklatilgan. 2020 yilda rivojianayotgan mamlakatlaming ehtiyojlari va ustuvorliklarini e’tiborga olib moliyaviy ko'makni 100 mlrd. dollarga yetkazishga qaror qilingan. Hozirgi vaqtdajamg‘arma umumiy qiymati 1,5 mlrd. dollarga teng bo‘lgan 35 ta loyihani moliyalashtirmoqda. Ulaming tarkibida O'zbekiston va Tojikiston uchun Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Orol dengizi havzasida iqlim o'zgarishiga moslashish va uning oldini olish Dasturi” loy ihasini moliyalashtirish masalasi ham ko'rib chiqilmoqda (20 mln. dollar miqdoridagi grant/
O'zbekiston 2017 yil 19 aprelda BMTning Nyu-Yorkdagi Bosh Qarorgohida “O‘zbekiston-Parij” Bitimini imzoladi233. O'zbekistonning Parij bitimidagi faol ishtiroki mamlakatimiz uchun quyidagi manfaatlarni ta’minlaydi. Jumladan234:

  • energiya samaradorligi va energiyani tejash bo'yicha Davlat dasturlarini amalga oshirishda iqlimiy moliyalashtirish resurslari (asosan grantlarjni jalb qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish, yer-suv resurslarini boshqarishni yaxshilash, salbiy oqibatlar (Orol fojiasi, cho‘llanish, qurg‘oqchilik)ga qarshi kurashish va boshqa imkoniyatlar (9-modda 7-band);

  • Parij Bitimida ishtirok etish investitsiya resurslarini jalb qilish hamda .xalqaro moliyaviy institutlar va donor mamlakatlaming kreditlarini olish uchun indikator hisoblanadi;

  • iqlim o‘zgarishlarini yumshatish va iqlim o‘zgarishlariga moslashish, yangi texnologiyalaridan foydalanish va innovatsion texnologiyalar sohasidagi hamkorlik (10-modda);

  • iqlim o‘zgarishiga moslashish sohasidagi hamkorlik, bu mamlakatga iqlim o'zgarishiga mosiashishni kuchaytirish va zaiflikni kamaytirish uchun moslashish chora-tadbirlarini amalga oshirish imkoniyatini (milliy manfaatlarni) ta’minlaydi. Bu Orol fojiasi muammosini hal etish nuqtai nazaridan muhim hisoblanadi;

  • iqlim o'zgarishi natijasida olingan zararlar dalillari taqdim etilgan holatlarda iqlim o‘zgarishining noqulay ta’siri oqibatlari donorlar tomonidan bartaraf etiladi.

Milliy iqtisodiyot energiya samaradorligining yetarli darajada emasligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik, texnologiyalar yangilanishining sustligi, “yashil iqtisodiyot”ni rivojiantirish uchun innovatsion yechimlami joriy etishda kichik biznesning faol ishtirok etmayotgani milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning ustuvor maqsadlariga erishishga to'sqinlik qilmoqda. Ushbu sohada uzoq muddatli strategiyaning mavjud emasligi hozirga qadar “yashil texnologiyalar’ni joriy etish va “yashil iqtisodiyot”gao‘tish bo‘yichatizimli choralar ko‘rishni ta’minlashga imkon bennayotgan edi.
O‘zbekistonda “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishning uzoq muddatli kompleks chora-tadbirlar tizimii BMT tashabbusi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan barqaror rivojlanish maqsadlari bilan hamohang ishlab chiqilgan. O'zbekiston Respublikasi 2015 yildan keyingi davrda BMT tomonidan 2030 yilgacha mo‘ijallangan 17 ta maqsadiar va 169 ia vazifalardan iborat barqaror rivojlanish dasturini qoTlab-quwatlab, barqaror rivojlanish sohalari bo’yicha kompleks ishlarni olib borishini ma’lum qildi235:

  • arzón, ishonchli, barqaror va zamonaviy energiya manbalaridan barcha uchun umumfoydalanish imkoniyatini ta’tninlash borasida 2030 yilgacha jahon energetika muvozanatida tiklanuvchan manbalardan olinadigan energiya ulushini jiddiy ravishda ko‘paytirish;

  • energiya samaradorligini kuchaytirish bo'yicha ko‘rsatkichni ikki baravar oshirish; zamonaviy va barqaror energiya bilan ta’minlash uchun infratuzilmani kengaytirish va texnologiyalarni modemizatsiya qilish vazifalari belgilangan (7-maqsad);

  • iqlim o'zgarishiga aks ta’sir choralarini milliy darajada siyosatga, strategiyaga va rejalashtirishga kiritish hamda iqlim o'zgarishi oqibatlarining oldini olish, ularga moslashish va xavfli iqlim hodisalarining tavakkalchiligidan erta ogohlantirish bo‘yicha xabardorligini hamda imkoniyatlarini yaxshilash (13-maqsad);

  • quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga ko‘maklashish, o'rmonlardan oqilona foydalanish, cho'llanishga qarshi kurashish, yerlarning ishlab chiqarish aylanmasidan chiqib ketishini to‘xtatish va ortga qaytarish.

BMTning Barqaror rivojlanish dasturi doirasida, jumladan. barqaror va keng qamrovli iqtisodiy o'sish, to‘ liq ishlab chiqarish bandligi va barcha uchun munosib ish bilan bandlikka (8-maqsad) ko‘maklashish hamda egiluvchan infratuzilmani yaratish, keng qamrovli va barqaror industriallashtirish hamda innovatsiyalami rag'batlantirish (9-maqsad) qayd qiiingan.
Mamlakatimizni 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi “yashil iqtisodiyof’ni rivojlantirish barqaror iqtisodiy o'sishni ta’minlash omillaridan biri ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida bclgilangan vazifalami izchil amalga oshirish, jumladan, Parij bitimi majburiyatlarini bajarish maqsadida 2019 yil 4 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2030 yillar davrida O'zbekiston Respublikasining “yashil iqtisodiyot”ga o'tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-4477-sonli Qarori qabul qilindi.
Strategiyadan ko'zlangan maqsad mamlakatda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy islohotlarga “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini integratsiya qilish orqali ijtimoiy rivojlanishga, issiqxona gazlarining ajratmalari darajasini pasaytirishga, iqlim va ekologiya barqarorligini ta’minlovchi mustahkam iqtisodiy taraqqiyotga erishishdan iborat.
Strategiya maqsadlariga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalami amalga oshirish zarur:

  • texnologik modemizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlami rivojlantirish orqali iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;

  • davlat investitsiyalari va xarajatlarining ustuvor yo'nalishlariga ilg'or xalqaro standartlarga asoslangan “yashil” mezonlami kiritish;

  • davlat tomonidan rag'batlantirish mexanizmlarini, davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish hamda xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni faollashtirish orqali “yashil iqtisodiy of’ga o'tish yo'nalishlari bo'yicha tajriba-sinov loyihalarini amalga oshirishga ko'maklashish;

  • ta'limga investitsiyalar kiritishni rag'batlantirish, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish hisobiga “yashil iqtisodiyot”dagi mehnat bozori bilan bog'liq kadrlami tayyoriash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;

  • Orolbo'yidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralarini ko'rish;

  • “yashil iqtisodiyot” sohasida, shu jumladan ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnomalar tuzish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash.


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish