L .. _ .
9.3.1.1-rasm. Rossiya iqtisodiyotining energiya samaradorlik
ko'rsatkichlari2*’
Rossiyaning past uglerodli rivojlanish strategiyasida "yashil iqtisodiyot”ga o'tishning muhim ko‘rsatkichlaridan biri hisoblangan energiya samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, yalpi ichki mahsulotning energiya sig‘imkorligi darajasini 2030 yilda 2017 yilga nisbatan 25%ga, 2050 yilga qadar esa 50%ga pasaytirish rejalasbtirilgan. Muqobil energiya ishlab chiqarish hajmini 1,1 mlrd. kVt- soatdan 2030 yilda 25,0 mlrd. kVt-soatga, 2050 yilda esa 50,0 mlrd. kVt- soatga yetkazish, o‘rmon maydonlarini yo'qotilgan o‘rmon maydonlariga nisbatan 2017 yildagi 70,0%dan 2030 yilga qadar to’liq tikiash vazifasi belgilangan (9.3.1.2-jadvaI).
jadval
Rossiyada “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishning maqsadli ko‘rsatkichlari282
Ko'rsatkichlar
|
2017 y.
|
Reja
2030 y. | 2050 yj
|
1. Issiqxona gazlari emissiyasi, mln. tonna CO2 ekvivalentida
|
Jami
|
1577.8
|
2077,0
|
1993,0
|
Energetika
|
1699,9
|
1822,0
|
1594.0
|
Sanoat
|
233,2
|
246,0
|
263,0
|
Qishloq xo'jaligi
|
127,9
|
144,0
|
159,0
|
Erdan foydalanish va o‘rmon xo’jaligi
|
-577,7
|
-246,0
|
-132,0
|
Chiqindilar
|
94,5
|
111,0
|
J 09,0
|
“жadval (davomi)
Rossiyada “yashil iqtisodiyot”ga o'tishning
rnaqsadli ko'rsatkich
|
ari
|
Ktrrsatkichlar
|
2017 y.
|
Reja
|
2030 y.
|
2050 y.
|
2. Yalpi ichki mahsulotning uglerod sig'imkorligi, 2017 yilga nisbatan foiz hisobida
|
100,0
|
91,0
|
52,0
|
3. Energiya ishlab chiqarish samaradorligi
|
Muqobil energiya ishlab chiqarish, mlrd. KVt-s
|
1,1
|
25,0
|
55,0
|
4. Issiqiik energiya stansiyalarida elektroenergiya ishlab chiqarishda shartli yoqiiig'i xarajatlari, kVt-soat/yil
|
317,1
|
287,2
|
260,1
|
5. Qozonxonalaming foydalilik koetFisienti, %
|
92,7
|
94,0
|
95,0
|
6. Elektr va issiqiik tarmoqlarida yo'qotish
|
ar
|
Elektr tarmoqlari
|
10,3
|
9,0
|
6,0
|
Issiqiik tarmoqlari
|
9,6
|
8,0
|
6,0
|
7. Energiya sig'imkorligi yuqori sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda samaradorlik ko'rsatkichlari (bir tonna mahsulot ishlab chiqarish uchun shartli yoqilg'i)
|
Temir rudasi
|
0,058
|
0,053
|
0,052
|
Chugun
|
0,55
|
0,52
|
0,50
|
Qora metallar prokati
|
0,942
|
0,939
|
0,918
|
Sement
|
0,167
|
0,138
|
0,125
|
8. O'rmon maydonlarini tiklash (yo'qotilgan o'rmon maydonlariga nisbatan foizda)
|
72,0
|
100,0
|
100,0
|
Rossiyada “yashil energetika’’ni rivojlantirishning katta imkoniyatlari mavjud. Mamlakatda tiklanadigan energiya resurslari 1,5*108 mlrd. kVt- soat/yil energetika ekvivalenti darajasida baholanmoqda. Bu ko'rsatkich Rossiyadagi joriy eleklroenergiya iste’moli miqdoridan besh baravarga ko‘p bo'lib, asesan quyosh, shamol, kichik gidrostansiyalar va dengiz energiyasini qamrab oladi Mamlakatda jami issiqxona gazlari emissiyasi, gazlami tabiiy ekotizimlar orqali yutib yuborish miqdori yiliga 2 mlrd. CO2 ekvivalentida baholanmoqda va bu joriy ko‘rsatkichlarga nisbatan 28%ga yuqori hisoblan energiya ishlab chiqarish quvvatlari mavjud228. Rossiyaning boy tabiiy resurslar va ekotizimlaiga ega katta hududi, yuqori inson salohiyati va iqtisodiy resurslari barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish omillariga aylanishi mumkin.
Qozog‘iston Respublikasi
Qozog'iston Markaziy Osiyoda birinchilardan “yashil iqtisodiyof’ga o‘tish konsepsiyasini qabul qilgan mamiakat hisoblanadi. Qozog‘iston “yashil iqlisodiyot” konsepsiyasining maqsadi ekologik standartlami Yelda qabul qilingan standartlarga moslashtirishdan iborat. Qozog‘istonning inklyuziv “yashil o'sish” konsepsiyasi barqaror iqtisodiy o'sishni ta’minlash, tiklanadigan resurslardan unumli foydalanish, ijtimoiy va inson kapitalini rivojlantirish kabi komponentlarga asoslanadi rasm. Qozog'iston ning inklyuziv “yashil o'sish” konsepsiyasi komponentlariQozog'iston iqtisodiyotini “yashil iqtisodiyot” tamoyillari asosida isloh etish zaruriyatini quyidagi holatlar bilan izohlash mumkin:Birinchidan, Qozog'iston iqtisodiyotining holati tashqi bozorlarda xom ashyo narxlarining keskin o'zgarishlariga bevosita bog'liq. Qozog'iston eksportining 80,2%ini neft qazib chiqarish va tog'-kon sanoati (yoqilg'i va minerallar), 70,0%ini esa suyuq yoqilg'i resurslari (neft va gaz kondensati) tashkil etadi229. Bundan tashqari, jahon uglevodorodlar bozori kon’yunkturasi o'ta o'zgaruvchan. Jahon banki hisob-kitoblariga ko'ra, COVID-19 pandemiya inqirozining salbiy oqibatlari ta’sirida bir barrel neft bahosi 2020-2035 yillarda 35-70 dollar (joriy narxlarda) oralig'ida o'zgarib turishi murnkin Ikkinchidan, Qozog‘istonda jiddiy ekologik muainmolar mavjud. Jumladan, mamlakatda mavjud yer maydonlarining 1/3 qismi foydalanish uchun yaroqsiz. Aholi salomatligi sanoatning atrof muhitni ifloslashi tufayli xavf ostida qolmoqda. Qattiq maishiy chiqindilaming 97%i nazoratsiz joylarda va sanitar talablarga javob bermaydigan joylarda saqlanmoqda.Uchinchidan, mamlakat iqtisodiyotining energiya sig'imkorligi juda yuqori. 2019 yilda Qozog‘iston jahon iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulotning energiya sig‘imkorligi ko'rsatkichi bo'yicha yettinchi, uglerod sig‘imkorligi ko'rsatkichi bo'yicha esa ikkinchi o'rinni egailadi. Ayrim mutaxassislar Qozog'istonda energiya sig'imkorlikning yuqori darajasini sovuq iqlim va aholining mamlakat hududi bo'ylab joylashuv zichligining pastligi bilan izohlashga harakat qilishadi. Ammo Qozog'istondaushbu ko’rsatkich sovuq iqlim sharoitga va aholi zichligi past rivojlangan mamlakatiarga nisbatan ikki baravargayuqoriligicha qolmoqda. Raqamlar Qozog'istonda 2005-2009 yillarda iqtisodiyotnmg energiya va uglerod sig'imkorligi ko'rsatkichlari deyarli o'zgarmaganligi, issiqxona gazlari emissiyasi miqdori esa o'sish tendensiyasiga ega ekanligini ko'rsatmoqda (9.3.2.2-rasm).
rasm. Qozog'iston iqtisodiyotining energiya samaradorlik
ko‘rsatkichlari
To'rtinchidan, Qozog‘istonda iqtisodiy ko'rsatkichlar, aholi turmush darajasi va atrof muhit holati bo‘yicha sezilarli darajada nomutanosibliklar mavjud.
Qozog‘istonda “yashil iqtisodiyot”ga o‘tishda quyidagi dasturlar muhim ahamiyatga ega:
Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Qozog‘istonning 2050 yilgacha rivojlanish strategiyasi” (2012 y.)230;
Qozog’iston Respublikasining ‘’yashil iqtisodiyof’ga o'tish bo‘yicha konsepsiyasi (2013 y.)231.
jadval
Qozog‘iston “yashil iqtisodiyof’ni rivojlantirish konsepsiyasining
ustuvor yo‘nalishlari2”
Ustuvor yo‘nalishlar
|
Iqtisodiyot sektoriari
|
1. Muqobil energiyani rivojlantirish
|
1. Qishloq xo’jaligi
|
2. Barqaror va sarnarali organik qishloq xo'jaligini rivojlantirish
|
2. Uy-joy kommunal xo‘jaligi
|
3. Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish
|
3. Energetika
|
4. Elektroenergetikani rivojlantirish
|
4. Baliqchilik
|
5. Chiqindilami boshqarish tizimi
|
5. O’rmon xo‘jaligi
|
6. “Yashil transport”ni rivojlantirish
|
6. Sanoat
|
7. Ekotizimlami saqlab qolish va sarnarali boshqarish
|
7. Turizm
|
8. Transport
|
9. Chiqindilami yo‘q qilish (utiiizatsiya) va qayta ishlash
|
10. Suv resurslarini boshqarish
|
“Qozog‘iston 2050” strategiyasi mamlakatni 2050 yilgacha dunyoning yetakchi o‘ttizta mamlakati qatoriga kiritish bilan bog’liq uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlami amalga oshirishni nazarda tutadi. Strategiya ko'zlangan maqsadlarga erishishda institutlami mustahkamlash, infratuzima va inson kapitalini rivojlantirish kabi mexanizmlarga asoslanadi. Ushbu strategiyada Qozog'istonning iqtisodiy rivojlanishi bevosita past uglerodli iqtisodiyotga o'tish bilan bog*liqligiga ustuvorlik berilgan.
2013 yilda “Qozog'iston 2050” strategiyasi “Qozog'iston Respublikasining “yashil iqtisodiyot”ga o'tish bo'yicha konsepsiyasi” bilan to'ldirildi. Mazkur konsepsiyada asosiy e’tibor mamiakat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va “yashil o'sish” asosida baqaror rivojlanishni ta’minlash qaratilgan.
Qozog'iston “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasida quyidagi soha va iqtisodiyot sektorlariga ustuvorlik berilgan (9.3.2.1-jadval).
“ Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasiga muvofiq “yashil iqtisodiyot”ga o'tish uch bosqichda amalga oshiriladi. Bu maqsadga erishish uchun mamiakat yalpi ichki mahsulotining l%idan kam bo'lmagan yoki yiliga o'rtacha 3-4 mlrd. dollar miqdorida mablag' sarfalanishi zarur bo'ladi.
Birinchi bosqichda (2013-2020 yy.) resurslardan foydalanishni optimallashtirish, atrof muhitni muhofaza qilish tizimi faoliyatini takomillashtirish, shuningdek “yashil infratuzilma”ni yaratishga e’tibor qaratilad
Ikkinchi bosqichda (2020-2030 yy.) suv resurslaridan ehtiyotkorlik bilan foydaianish, “yashiI energetika” tizimini rivojlantirish va amaliyotga keng joriy qilishni rag'batlantirish, yuqori energiya samaradorligiga ega milliy iqtisodiyotni shakllantirish vazifalari hal etiladi.
Uchinchi bosqichda esa (2030-2050 yy.) tiklanadigan va barqaror tabiiy resurslardan foydalanishni talab etuvchi “uchinchi sanoat inqilobi” tanioyillariga asoslangan “yashil iqtisodiyof’ga o‘tish amalga oshiriladi.
Qozog’iston “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi past uglerodli iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga erishishning uzoq muddatli maqsdli ko'rsatkichlariga ega. Jumladan, YalMning energiya sig'imkorligi darajasini 2008 yilga nisbatan 2030 yilda 30%ga, 2050 yilda esa 50%ga pasaytirish, elektroenergiya ishlab chiqarishda tiklanadigan energiya manbalari ulushini 2050 yilda 50%ga yetkazish, issiqxona gazlari emissiyasini 2050 yilda 2012 yil darajasiga nisbatan 40%ga pasaytirish shular jumlasidandir (9.3.2.2-jadval).
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |