Suv resurslaridan oqilona foydalanish. O‘zbekiston Respublikasi suv xo’jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yiilarga mo'ljallangan konsepsiyasida suv resurslaridan oqilona foydalanishning quyidagi maqsadli ko'rsatkichlari qabul qilindi:
zamonaviy suv tejovchi sug'orish texnologiyalardan foydalanish ko'lamini kengaytirish yo'nalishida qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orishda suvni tejaydigan sug'orish texnologiyalarini joriy qilish 175 ming gektardan 2025 yilgacha I million gektarga, 2030 yilga kelib 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilatib sug’orish texnologiyasi 77,4 mingdan 2025 yilgacha 300 ming gektargacha va 2030 yilga kelib 600 ming gektargacha yetkazilishi;
sho'rlangan maydonlar 1 948 ming gektardan 1 722 ming gektarga, o'rta va yuqori sho'rlangan yerlarni 607 ming gektardan 430 ming gektargacha qisqartiril ishi;
sizot suvlar sathi muammoli darajada (0 — 2 metr) bo’lgan sug'oriladigan yer maydonlari 1 051 ming gektardan 773 ming gektargacha kamaytirilishi;
foydalanishdan chiqqan 298,5 ming gektar sug’oriladigan yerlar 2025 yilga kelib qishloq xo'jaligida foydalanishga kiritilishi;
Chiqindilarni boshqarish. Hisob-kitoblarga ko‘ra O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilar (QMCH) hosil bo'lishining yiilik hajnii prognozi 14-14,5 mln tonna atrofída baholanadi. Aholining o'rtacha 1,5%ga ko‘payish sur’atini hisobga olganda esa, ushbu ko'rsatkich 2028 yilga kelib 16-16,7 mln tonnaga yetishi mumkin240.
Mutaxassislaming ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika hududlarida har yili, 100 mln. tonna sanoat va 30 mln. m3 maishiy chiqindilar ishlab chiqariladi. Uning morfologiktarkibi o’rganilganda, chiqindilar tarkibida 5- 10% qog‘oz, yog‘och Chiqindilari; 20-45% - oziq-ovqat; 3% -metall; 5-10% to‘qimachilik chiqindilari, teri, rezina; 2% - shisha, shuningdek, plastmassa mahsulotlari chiqindilari tashlab, ko‘mib yuboriladi.
2022 yildan 2025 yilgacha bo'lgan davrda respublika shaharlarining ko‘p kvartirali turar joy sektorida quyidagiiar uchun besh turdagi alohida belgili konteynerlar o’matish asosida QMCHni saralab yig'ishni joriy etish ko‘zda tutilmoqda:
qayta ishlanadigan QMCH (polimerlar, qog‘oz va metall);
organik QMCH (oziq-ovqat va boshqa biologik chiriydigan material lar);
qayta ishlanmaydigan QMCH (kompozitli materiallar, tozalanmagan materiallar va boshqa aralash QMCH);
xavfli maishiy chiqindilar (akkumulyatorlar, batareykalar, tibbiyot chiqindilari va boshqalar);
shisha idish buyumlari.
maqsadli ko'rsatkichlarga erishish:
aholini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizniatlar bilan qamrab olish ko‘tamini 100%ga yyetkazish;
hosil bo‘ladigan qattiq maishiy chiqindilarning kamida 60%izini qayta ishlashni ta’minlash;
o‘ziga xos qattiq maishiy chiqindilarni (tarkibida simob bo'lgan chiqindilar, avtoshinalar, akkumulyatorlar, ishlatilib bo‘lingan moylar, qadoqiash chiqindilari va h.k.) qayta ishlash hajmini 25%gacha oshirish;
poligonlarga ko'mish uchun yo‘naltiriladigan qattiq maishiy chiqindilar hajmini 60%gacha kamaytirish;
barcha poligonlar holatini o'rnatilgan talablarga muvofiqlashtirish, yopilgan poligon yerlarini to‘liq rekultivatsiya qilish;
qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish ob’ektlarida muqobil energiya manbalaridan 35%gacha fo\ dalanish;
- poligonlar holati monitoringini (yer osti (sizot) suvlari va atmosfera havosining holati ustidan nazorat) 100%gacha ta'minlash.
0‘zbekiston iqtisodiyotini modemizatsiya qilish va tuziimaviy qayta qurish bo'yicha vazifalami amalga oshirish, atrof muhit holatini yanada yaxshilash hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish katta ahamiyat kasb etadi:
aholi va iqtisodiyot uchun kafolatlangan ekologik xavfsizlik tizimini yaratish;
-- ekologiya sohasida innovatsiyalarni ishlab chiqish, joriy etish asosida texnologik jarayonlar va tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirish;
atrof muhitning ishlab chiqarish va xo'jalik faoliyati natijasida chiqindilar bilan ifloslanishi oldini olish;
atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida qonunchilik, normativ-uslubiy bazani barqaror rivojlantirish maqsadida ekologik ta’limni rivojlantirish;
tabiiy resurslardan foydalanish masalalari hamda texnologiyalami tatbiq etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, “yashil investitsiyalar”ni jalb qilish va ekologik o‘zgarishlarga moslashish uchun tegishli iqtisodiy mexanizmlar yaratish masalalari bc‘yicha qonunchilikni takomillashtirish;
rivojlanish sohasida rejalashtirilayotgan tijorat va boshqa turdagi loyihalarning atrof muhitga ta'sirini baholash (ekologik ekspertiza) tizimini takomillashtirish;
tabiiy boyliklardan foydalanishni ratsionallashtirish bilan birga ekologik nazorat va monitoringning turg‘un tizimini yaratish;
ekologik soliqlarni takomillashtirish va ekologik talablami hisobga oigan holda davlat tomonidan xarid qilish va “yashil investitsiyalar ’ni jalb etish asosida “yashil texnoiogiyalar”ni rivojlantirish uchun yangi moliyaviy vositalarni joriy etish;
-- atrof muhit sifatini yaxshilash va yangi “yashil ish o‘rin!ari”ni yaratishga qaratilgan soha va tarmoqlami qo'llab-quvvatlash;
iqlim o‘zgarishlari va tabiiy muhitning transchegaraviy ifloslanishi oldini olish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
“Yashil iqtisodiyof’ni rivojlantirishning moliyaviy va
nomoliyaviy mexanizmlarini ishlab chiqish
Dunyo amaliyoti ko'rsatishicha. “yashil iqtisodiyof’ni rivojlantirishning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlari turli ma’muriy, iqtisodiy, huquqiy, axborot tashviqot dastaklaridan iborat. Jumladan, “yashil energetika”ni moiiyalashtirish jarayoni XX asming 70-80-yillaridayoq boshlangan. Ammo moliyaviy yordam turli shakllar va usullarda taqdim etilgani bois ulaming samaradorligini aniqlash tizimlarini yaratish zaruriyati paydo bo'ldi. Samaradorlikka oid talablardan biri tiklanadigan energiya ishlab chiqish va iste’mol qilishda Yel mamlakatlarida belgilangan standartlar darajasiga erishish hisoblanadi. Yel mamlakatlari o‘z ko‘rsatkichlarini o'matishlari mumkin, ammo ushbu ko'rsatkichlarga erishishda Yelda qabul qilingan umumiy qoidalarga amal qilish zarur bo'ladi.
Mamlakatimizda “yashil iqiisodiyot”ni rivojlantirishning moliyaviy va nomoliyaviy mexanizmlarini ishlab chiqish yo'nalishlari quyidagilardan iborat bo'lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |