«Mintakaviy iktisodiyot va buxgalteriya xisobi» kafedrasi «Yashil iqtisodiyot» fanidan



Download 1,2 Mb.
bet40/62
Sana29.04.2022
Hajmi1,2 Mb.
#594424
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62
Bog'liq
Яшил ИқтисодиётУМК

Qurilisb. Binolaming tomlariga joylashtirilgan quyosh panellari, tiklanadigan energiya manbalari hisobidan ishlaydigan isitish tizimlarini grantlar va kreditlar yordamida ta’mirlash uchun 91 mlrd. yevro ajratiladi va xususiy investorlarni jalb etish hisobidan mablag'lar miqdori 350 mlrd. yevrogacha yetkazilishi lozim. Maktablar, kasalxonalar va ijtimoiy yashash uylari ustuvor yo'nalishlar sifatida belgilangan.
Sof vodorod. Yelda tiklanadigan elektroenergiya yordamida 1 mln. tonna sof vodorod ishlab chiqarish mo'ljallangan. Jamg'arma sof vodorod ishlab chiqarish qiymatini 30 mlrd. yevrogacha oshirmoqchi.
Tiklanadigan energiya. 2020-2021 yiliarda tiklanadigan energiya manbalarini o'zdashtirish sohasida 15 GVt quvvatga ega stansiyalar qurish uchun 25 mlrd. yevro mablag1 ajratilishi ko'zda tutilmoqda. Tiklanadigan energiya manbalarini o'zlashtirish loyihalari 10 mlrd. yevro miqdorida bank kredidari bilan ta’minlanadi.
Sof transport 20 mlrd. yevro miqdoridagi ikki yillik muddatga ega grantlar va kafolatlar tizimi “sof’ avtomobillar savdosini jonlantirishga xizmat qiiishi zarur. 2025 yilgacha elektromobillar va vodorod transport vositalarini quvvatlovchi 2 millionta stansiya o‘matiladi. Jamg'arma 40-60 mlrd yevro miqdoridagi mablag'ni issiqxona gazlari chiqarmaydigan poyezdlar ishlab chiqarishga sarflaydi. Shuningdek, velosipedchilar va sof jamcat transport! uchun zarur infratuzilmani shakllantirayotganshaharlarga 20 mlrd. yevro ajratilishi rejalashtirilgan.
Umuman, “Yevropayashil bitimi” dasturi Yelning jahonda ekologik muammolami hal etishda yetakchi mavqeyga erishishi uchun xizmat qiladi. Pandemiya inqirozi ushbu dasturga keying! yillarda tuzatishlar kiritishni taqozo etadi. 2027 yilda birinchi oraliq natijalarni muhokama qilish mumkin bo'ladi.

  1. Germaniyada “yashil iqtisodiyof’ni rivojlantirish xususiyatlari

Germaniyada boshqa rivojiangan mamlakatlar singari “yashil iqtisodiyof’ga o'tish strategiyasi mamlakatda “yashil o‘sish”ni ta'minlashga qaratiigan. “Yashil iqtisodiyot” dasturi transport, energetika, binolar, sanoat kabi ko‘plab sohalami qamrab oladi, qisqa va uzoq muddatli rejalar asosida iqlim o'zgarishlariga moslashish nuqtai nazaridan issiqxona gazlari emissiyasi hajmini qisqartirishni ko‘zda tutadi.
Germaniya “yashil o‘sish” modeli ekologik siyosat bilan bog'liq choralar samaradorligi va sarflangan mablag'lami baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. “Yashil o'sish’’ modeliga kiritiigan ustuvor yo'nalishlar o'zaro bog'liq bo'lib, makroiqtisodiyot darajasida umumiy vaziyatni baholash imkonini yaratadi. Ushbu model bir tomondan manfaatdor tomonlar - tadqiqotchilar, siyosatchiiar, nodavlat tashkiiotlari va tadbirkorlar, ikkinchi tomondan esa tarmoqlar mutaxassislari, yangi iqtisodiy tafakkur vakillari va iste’molchilar o'rtasida muntazam muloqot o'matishni taqozo etadi
Germaniyada “yashil iqtisodiyof'ni daviat tomonidan qo'llab- quwatlashda soliqqa tortish, daviat xaridi, texnik tartibga solish, intellektual mulkni himoyalash, maqsadli daviat dasturlarini amalga oshirish kabi dastaklardan keng foydalaniladi. “Yashil iqtisodiyof’ni rivojlantirishda qo'llanilayotgan innovatsiya va texnologiya siyosati ustun darajada ta'lim. transport, tabiatni muhofaza qilish, resurslami tejaydigan “yashil texnologiyalar’ga nisbatan qo'Uaniladi (8.4.1-rasm).



  1. rasm. Germaniya “yashil o‘sish” rnodeli205

Germaniyada “yashil iqtisodiyof’ni qo'llab-quwatlash quyidagi tamoyillar asosida amaiga oshiriladi:

  • korxonalarning innovatsion faolligini qulay shart-sharoitlarda yaratib berish (soliq imtiyozlari) va bevosita qo'llab-quwatlash (tadqiqotlar va innovatsiyalami moliyalashtirish) orqali rag'batlantirish zaruriyati;

  • ilmiy-tadqiqot markazlari va ishlab chiqarish oTtasida hamkorlik darajasini muntazam oshirib borish;

  • ta’lim tizimining barcha bo'g'inlarini ilg'or texnologiyalardan xabardorligini oshirish maqsadida optimal lashtirish va modemizatsiyalash;

  • sanoat 4.0 texnologiyalari (bio, nanotexnologiyalar va servis xizmatlariga ixtisoslashgan loyihalar)ni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish;

  • venchur kapitali bozorini rivojlantirish.

Germaniyada Yel singari “yashil o‘sish”ni ta’minlash masalalari “Yevropa - 2020“ va “Yevropa yashil bitimi” dasturlarida qabul qilingan maqsadli ko'rsatkichlar asosida ishlab chiqilgan. Germaniyada barqaror rivojlanish miliiy strategiyasi 2020 yilga qadar resurslardan foydalanish unumdorligini ikki baravarga oshirish. tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish darajasini o'rtacha 20%ga ko'paytirish, mehnatga layoqatli
Aksariyat mamlakatlarda sof energetikaga o'tish jarayoni o'xshash kechadi. Energiya iste’moli bosqichma-bosqich past uglerodli bo'lib, keyinchalik energiya manbalari nomarkazlashgan tartibda o'zlashtiriladi. Germaniyada energetika sohasini “yashillashtirish” jarayoni “Energiewende”, deb ataladi. Ayrim tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, mamlakatlar energetika sohasida uch bosqichni bosib o‘tishadi206.
Energiewende 1.0 bosqichida tiklanadigan energiya manbalarini o‘zlashtirish rag'batlantiriladi. Hukumat energetika sohasida faoliyat olib borayotgan kompaniyalardan sof energetikadan qisman bo‘lsa-da foydalanishlarini talab qiladi. Ayrim mamlakatlar, jumladan, Germaniya va Daniya Energiewende 2.0. bosqichiga kirib kelishdi. Ushbu bosqichda tiklanadigan energiya manbalari ulushi ortadi, amino energiya olishdagi uzilishlar va ob-havoga bog‘liqlik kuchli bo'ladi. Mamlakatlar quyosh va shamol energiyasini aralash qo'llash mumkin bo'lgan davrlami aniqlash strategiyasini ishlab chiqishni boshlashadi.
Uchinchi bosqichga hozircha bironta mamlakat erishmagan. Bu bosqichda elektr ta’minoti toiiq xususiy sektor qo‘liga o‘tadi va ko'rsatilayotgan xizmatlar alohida mijozlar uchun moslashtiriladi.
Energiewende 3.0 bosqichida bozor qatnashchilari quyidagi muammolarga duch kelishadi:

  • yuqori kuchlanishga ega elektr uzatish liniyalarini saqlash xarajatlarini kim o‘z zimmasiga oladi?;

  • hukumat davlat infratuzimasidan xususiy infratuzilmaga o'tishni qanday amalga oshiradi?

Mutaxassislar ushbu bosqichda kompaniyalar elektroenergiyani soiishni emas, xizmatlar paketini taklif eta boshlaydilar, deb hisoblashadi207. Shuning uchun yaqin istiqbolda eiektroenergiya narxi o‘zgarmas, doimiy bo'lishi mumkin. Bozorda mijozlardan ortiqcha elektroenergiyani yig‘ib, keyin boshqa iste’molchilarga sotish bilan shug'ullanuvchi agregatorlar paydo bo‘ladi.



va 3,3%gacha qisqarib, tiklanadigan energiya manbalari ulushi esa 10,0%dan 36,6%gacha ortgan. Jumladan, shamol va quyosh energiyasi ulushi mutanosib ravishda 5,0 va 0,2%dan 20,6 va 7,9%ga qadar o'sgan (8.4.3-rasm).

2009 y. 2019 y.
■Nefl s Gaz «Kn'mir
s Atom aGidro a Tiklanadigan

  1. rasrn. Germaniyada
    birlamchi energiya iste’moli
    tarkibining o‘zgarishi, %
    247

  1. rasm. Germaniyada
    elektroenergiya ishlab
    ehiqarishda energiya
    manbalarining ulushi, %, 2019
    y
    2«
Raqamlar Germaniyada 2009-2019 yillarda pirovard energiya iste’moli tarkibida tiklanadigan energiya manbalari ulushi 5,5%dan 16,l%ga qadar o‘sganligini ko'rsatmoqda (8.4.2-rasm). Eiektroenergiya ishlab chiqarishda tiklanadigan energiya iste'molining ulushi esa 36,6%ni tashkil etib Yevropa 2020 strategiyasida belgilangan maqsadli ko'rsatkichdan oshib ketdi. Eiektroenergiya ishlab chiqarish tarkibida ko'mir va atom energiyasining ulushi mos ravishda 46,3 va 26,2%dan 28,0
Germaniyada tiklanadigan energiya manbalari tarkibida shamol energiyasi yetakchi mavqeyga ega. Mamiakatda 2030 yilga qadar qirg‘oq bo‘yida shamol energiyasini o‘zlashtirish quwatlarini 15 GVt dan 20 GVt gacha oshirish, quyosh energiyasini 98 GVt, biomassa quwatlarini 8,4 GVt va boshqa manbalarni o‘zlashtirish quwatlarini 6 GVt ga yyetkazish rejalashtirilgan208.
Germaniya hukumati 2019 yil 20 sentyabrda Parij kelishuvi ko'rsatkichlariga erishish maqsadida iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha yangi chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqdi. Mazkur chora-tadbiriarni iqlim o‘zgarishlarini tartibga soluvchi huquqiy va maqsadli dasturlarga ajratish mumkin (8.4.4-rasm).

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish