«Mintakaviy iktisodiyot va buxgalteriya xisobi» kafedrasi «Yashil iqtisodiyot» fanidan


Iqlim o'zgarishlari strategiyasi - 2030



Download 1,2 Mb.
bet41/62
Sana29.04.2022
Hajmi1,2 Mb.
#594424
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
Bog'liq
Яшил ИқтисодиётУМК

Iqlim o'zgarishlari strategiyasi - 2030


Iqlim dasturi - 2030
Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi qonun



  • iqlim qununchiligining qoidalari:

  • 2030 yilga qadar issiqxona gaziari miqdorini qisqartirish (-55%);

-2020-2030 yillar uchun tarmoqlar bo'yicha issiqxona gaziari miqdorini belgilash;

  • 2050 yilda issiqxona gaziari miqdorini nolga tenglashtirish;

  • iqlim masalalaru bo'yicha Maxsus qo‘mita tuzish.

  • har bir sektor bo'yicha iqlim dasturining tnaqsadli korsatkichlariga erishish;

  • qo'llab-quwatlash dasturlarini amalga oshirish (jumladan, qurilishni modemizatsiyalash);

  • transporVqurilishda CCh narxini belgilash tizimini joriy etish;

  • fùqarolar/sanoatni qo'llab-quwatlash (jumladan, elektrenergiya xarajatlarini pasaytirish);

  • tartibga solish choralarini qo'llash (jumladan, samarali standardar joriy etish).




Germaniya iqtisodiyoti tarmoqlarida issiqxona gaziari emissiyasining holati va maqsadli ko'rsatkichlari250



  1. rasm. Gennaniyaning iqlim o'zgarishlari dasturi - 2030

Germaniya iqlim dasturiga muvofiq 2030 yilda issiqxona gaziari emissiyasi miqdorini 1990 yilga nisbatan 55,0%, 2050 yilda esa 80-95%ga qadar qisqartirish rejalashtirilgan. Mamlakatda 2019 yilda issiqxona gaziari emissiyasi miqdori 1990 yil darajasiga nisbatan 35,7%ni tashkil etdi. Yevropa 2020 dasturiga muvofiq ushbu ko'rsatkich 40%ni tashkil etishi rejalashtirilgan edi (9.4.2-jadval).






  1. 2019 y.( 1990 yilga nisbatan foizda)

    2030 y. (1990 yilga nisbatan foizda)

    Energetika

    45,5

    62,5

    Qurilish

    41,9

    66,7

    Transport

    0,6

    42,1

    Sanoat

    33,8

    50,7

    Qishloq xo‘jaligi

    24,4

    35,6

    Boshqalar

    76,3

    86,8

    Jami

    35,7

    56,6



    jadval

Germaniyada issiqxona gazlari emissiyasi jadal sur’atlarda qisqarib bormoqda. Germaniyaning Fraungofer nomidagi Quyosh energetikasi tizimlari instituti (ISE) ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda qo‘ng‘ir ko'mir yoqish hisobidan olinadigan elektroenergiya miqdori 2018 yilga nisbatan 22.3%ga tosh ko'mir yordamida ishlab chiqariladigan elektroenergiya miqdori esa 32,8%ga qisqargan. Mutaxassislar keskin qisqarish sabablarini shamol energiyasi hisobidan olinadigan elektroenergiya miqdorining sezilarli darajada o‘sishi hamda atmosferaga chiqarilayotgan har bir tonna CO2 uchun talab qilinadigan sertifikat narxining qimmatlashib borayotganligi bilan izohlashmoqda. Bir tonna CO2 uchun sertifikatning o‘rtacha narxi 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 15,8 yevrodan 24,8 yevrogacha oshgan. Birjada tiklanadigan energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilayotgan elektroenergiya bilan CO2 narxi 0‘rtasidagi farqning qisqarishi elektroenergiya ishlab chiqarishda ko‘mirdan foydalanishni samarasiz qiiib qo'ymoqda209.
Shuningdek, Germaniya transport va qurilishda uglerodga narx belgilash milliy tizimini joriy etgan va u Yevropa issiqxona gazlari savdosi tizimi (El'S)ga taalluqli emas. Uglerod solig'i 2021 yildan boshlab bir tonna CO2 uchun 10 yevro miqdorida belgilanadi va keyingi yillarda uning narxi oshib boradi: 2022 yilda - 20 yevro, 2023 yilda - 25 yevro, 2024 yilda - 30 yevro, 2025 yilda 35 yevro bo‘lishi kutilmoqda.
Yoqilg‘i va motor yoqilg‘isi savdosi bilan shug‘ullanuvchi chakana savdogarlar ushbu kvotalami sotib olishlari zarur. Natijada mamlakatda kvotalar savdosi va auksionlarini amalga oshirish imkoniyati paydo bo'ladi. Agar Germaniya Yel me’yoriy hujjatlarida belgilab qo’yilgan issiqxona gazlari miqdoridan ortiqcha emissiyaga yo‘l qo'ysa, unda ortiqcha emissiya uchun kvotalarni xorijdan xarid qilishga to‘g‘ri keladi. Issiqxona gazlari emissiyasi byudjeti 2026 yilga qadar belgilab qo‘yilgan va 2050 yilga qadar Parij bitimiga muvofiq har yili kamaytirib boriladi. Auksionlarda uglerod narxi bozor mexanizmlari asosida shakllanadi va bir tonna CO2 uchun 35- 60 yevro atrofida narx belgilanadi210.
Germaniya iqlim dasturida energetika sohasini rivojlantirish konsepsiyasi muhim o'rin tutadi. Mazkur konsepsiya ekologik xavfsiz, ishonchli va arzon energiya bilan ta’minlash tamoyillariga tayanadi. Tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish vaenergiya samaradorligini oshirish konsepsiyaning ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi. Energetika konsepsiyasi elektroenergiya, issiqlik energiyasi va transport sohalarida 100 dan ortiq aniq chora-tadbirlami amaliyotga joriy etishni nazarda tutadi.
Konsepsiyaga muvofiq Gennaniyada tiklanadigan energiya ulushini pirovard energiya iste’moli tarkibida 2030-2050 yillarda 30,0%dan 60,0%ga, energiya quvvatlari tarkibida esa 65,%dan 80,0%ga yetkazish rejalashtirilgan. Birlamchi energiya iste’molini 2030 yilda 2008 yilga nisbatan 30,0%dan 50%gacha qisqartirish, energiya ishlab chiqarish sohasida unumdorlikni 2,1 martaga oshirish, iqtisodiyotda iste’mol qilinayotgan jami elektroenergiya miqdorini 25,0%ga oshirish vazifasi qo’yilgan. Shuningdek, qurilishda birlamchi energiyaga bo'lgan talabni 2050 yilda 2008 yilga nisbatan 80,0%ga, transportda esa 2005 yilga nisbatan 40,0%ga pasaytirish ko‘zda tutilgan (8.4.3-jadval).

  1. jadval


Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish