Минтақалар табиий-ресурс салоҳияти ва уларнинг ҳудудий тараққиётда тутган ўрни



Download 16,93 Kb.
bet1/3
Sana19.02.2022
Hajmi16,93 Kb.
#458421
  1   2   3
Bog'liq
3-маъруза матни


Минтақалар табиий-ресурс салоҳияти ва уларнинг ҳудудий тараққиётда тутган ўрни
Reja:
1. Mineral homashyo resurslari tushunchasi
2. Mineral homashyo resurslarining iqtisodiy ahamiyati
3. Mineral xom ashyo resurslarini xududiy joylashuvi, ularni iqtisodiyotda tutgan o’rni
4. Mineral homashyo resurslaridan oqilona foydalanish
5. O’zbekiston Respublikasi mineral resurslarining xozirgi holati
6. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish muammolari

1. Mineral homashyo resurslari tushunchasi
Mineral-xomashyo resurslari har bir mamlakatning eng muhim boylik manbaidir. Undan olinayotgan mahsulotlar insonning turli ehtiyojini qondiradi. Mineral-xomashyodan turli metallar, yoqilg’i, qurilish materiallari, ximikatlar, qishloq xo’jaligi uchun o’g’itlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yer ostidagi mineral hosilalar qidirilmagan va baholanmagan bo’lsa, u holda ular mineral xomashyo sifatida ko’rib chiqilishi mumkin, holbuki ularni aniqlashga va qidirishga mehnat sarflangan. Ammo yer ostidagi bunday mineral xomashyo zaxiralari potentsial resurslar hisoblanadi, xolos. Ular yer qa’ridan qazib olingandan keyingina haqiqiy mineral xomashyo hisoblanadi.
Foydali qazilma - ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning hozirgi darajasida sanoatda foydalanish uchun yaroqli bo’lgan yer qobig’idagi tabiiy mineral moddalardir. Ular yer ostidan qazib olingandan keyin mineral xomashyo ko’rinishiga ega bo’ladi. SHunday qilib, yer qa’ridan qazib olingan, xalq xo’jaligi ahamiyatiga ega bo’lgan foydali qazilmalar mineral xomashyo deyiladi. Mamlakatda muayyan muddatda qidirilgan, aniqlangan, baholangan hamda prognoz qilingan foydali qazilmalar esa mineral resurslar deb ataladi.

2. Mineral homashyo resurslarining iqtisodiy ahamiyati
Foydali qazilmalarning tabiatdagi miqdori, foydalanishdagi maqsadiga ko’ra ma’danli va noma’dan foydali qazilmalarga bo’linadi. Suyuq va gazsimon foydali qazilmalar alohida guruhni tashkil etadi. Konlarning geologik o’rganilish darajasi, geologik tuzilmalari, foydali qazilmalari tarkibi va xossalarini o’rganish darajasi, tog’ ishlari miqdori va xarakteri hamda ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab, kon zaxiralari 4 toifaga bo’linadi. Bular: A, V, Cl, C2. A toifaga foydali qazilmalarning turlari va texnologik xossalari o’rganilgan zaxiralari kiradi. Foydali qazilmalarning V toifadagi zaxiralari ruda jismlarining yotishi hollari, tabiiy turlari va sanoat navlari aniqlanib hisoblanadi. Bunday zaxiralar qidirib topilgan va chegaralangan bo’ladi. C1 kategoriyaga kiritilgan foydali qazilmalar zaxiralari konlarning alohida uchastkalaridan olingan texnologik namunalarni o’rganish asosida aniqlanadi, ammo rudalarning xillari, sifati va texnologik xarakteristikasi aniqlanmagan bo’ladi.
Zaxiralar geologik, sanoat ahamiyatiga molik va ekspluatatsiya turlariga bo’linadi. Mineral resurslarga bo’lgan talab vaqtga qarab o’zgarib turadi va u jamiyatning rivojlanish darajasiga, ishlab chiqarish ehtiyojlariga, shuningdek texnika taraqqiyotiga va iqtisodiy imkoniyatiga bog’liq bo’ladi. Tabiiy mineral moddalar ularga bo’lgan ehtiyoj va amalda ulardan foydalanish usullari paydo bo’lgandagina mineral resurslarga aylanadi. Texnika bilan qurollanganlik darajasi qancha yuqori bo’lsa, foydali qazilmalar assortimenti shunchalik ko’p bo’ladi va mineral xomashyoning ko’plab yangi turlari sanoat ishlab chiqarishga jalb etiladi. Masalan, sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan toshko’mirdan faqat XVII asr oxiridan, neftdan XIX asr o’rtalaridan, alyuminiy, magniy, xrom va nodir elementlar ma’danlaridan va kaliyli tuzlardan XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan, uranli ma’danlardan esa XX asr o’rtalaridan boshlab foydali qazilma sifatida foydalanib kelinmoqda.


Download 16,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish