3. Mineral xom ashyo resurslarini xududiy joylashuvi, ularni iqtisodiyotda tutgan o’rni
Odatda, foydali qazilmalar zaxiralari va prognoz qilingan resurslar miqdoriy jihatdan baholanadi. Dunyo va ayrim mamlakatlar mineral-xomashyo balansida, har bir foydali qazilma turi, zaxiralarining 70-80 %dan ortig’i yirik va juda katta konlar hisobiga to’g’ri keladi, qolganlari o’rtacha kattalikdagi va ko’plab mayda konlarga jamlangan. Umuman qidirib topilgan foydali qazilmalarning talaygina qismi ma’dan miqdoriga nisbatan oz bo’lgan, yoki katta chuqurlikda va murakkab tog’-geologik sharoitlarda joylashgan konlarda jamlangan.
Mineral resurslarni sanoat yo’sinida o’zlashtirish ularni baholashga (ilmiy-tadqiqot, izlash va geologik qidiruv ishlari) va hajmiga, sanoatning o’ziga xos xususiyatlariga va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, xo’jalik mineral-xomashyo sektorining mamlakat iqtisodiyotidagi roli bilan belgilanadi hamda qazib chiqarish, boyitish va qayta ishlashni o’z ichiga oladi. Mineral resurslarning qaytadan tiklanmasligi, ulardan oqilona foydalanish zarurati, qazib chiqarish, qayta ishlash va tashishda nes-nobud bo’lishini qisqartirish, shuningdek ikkilamchi xomashyo sifatida ishlatish va mineral resurslardan foydalanishda ekologik iqtisodiy yondoshuvga rioya qilish lozimligi bilan izohlanadi.
Mineral-xomashyo resurslariga bo’lgan ehtiyoj iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishga nisbatan jadal ortib bormoqda. Bu asosan ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirish, uning enyergetik va texnikaviy qurollanganlik darajasini oshirish uchun ko’p miqdorda tabiiy resurslar zarurligi bilan izohlanadi. Mineral-xomashyo resurslari rolining ortib borishi ularga nisbatan ehtiyojning o’sishi bilangina emas, balki ularning o’ziga xos xususiyatlari va mehnat unumdorligiga ta’siri bilan shartlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishni rivojlantirish sur’atlari va darajasi ko’p jihatdan foydali qazilmalardan foydalanish samadorligi ko’lamlari va darajasiga bog’liqdir.
4. Mineral homashyo resurslaridan oqilona foydalanish
O’zbekiston Respublikasida ishga solinayotgan foydali qazilma konlari boshqa mamlakatlardan o’zining juda katta zaxiralari bilangina emas, balki quyidagi bir qator xususiyatlari bilan ham ajralib turadi:
- birinchidan, tabiiy va mineral-xomashyo zaxiralari yirik konlarda to’plangan bo’lib, ularni qazib olingan joyning o’zidayoq kompleks qayta ishlash imkoniyati bor;
- ikkinchidan, foydali qazilmalarning ko’pgina turlari tarkibida foydali komponentlar yuqori darajada bo’libgina qolmay, katta miqdorda yo’ldosh elementlarga ham ega;
- uchinchidan, konlarning ko’pchiligida ochiq usulda ishlash mumkin, rudalarni boyitish texnologiyasi ham nisbatan oddiy. Bu texnologiya ko’p miqdorda foydali komponentlar chiqarish va jahon bozorida xaridorgir mahsulot olishni ta’minlaydi;
- to’rtinchidan, ko’pgina foydali qazilma konlari yaxshi o’zlashtirilgan, aholi zich yashaydigan hududlarda joylashgan. Ular qulay transport infratuzilmasi, shu jumladan suyuq va gaz holatidagi foydali qazilmalar uchun quvur transportiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |