Sklertek usuli bilan qayta ishlanadigan
ayrim tеrmoplastlarning xossalari
1.6-jadval
Termaplastlar
|
Sochilish zichligi,kg/m3
|
Ruxsat etilgan namlik %
|
Issiq xavo bilan quritish rejimi
|
PE-NP
|
350-500
|
1,5-3,0
|
70-80оС; 0,5-1,5 с
|
PE-VP
|
400-550
|
2,5-5,0
|
80-90оС; 0,5-1,5с
|
PP
|
450-550
|
1,5-3,5
|
80-100оС; 0,5-1,5с
|
PVX
|
450-800
|
0,5-1,0
|
70-80оС; 2-4с
|
Ishlab chiqarish uchun qo’llaniladigan tеrmoplastlar markalarini
ko’rsatkichi va qo’llanilishi
1.7-jadval
Termaplast Markasi
|
PTR
|
Qo’llanilishi
|
PE-NP
|
0,2-1,7
|
Plyonka,umumiy qo’llanish
|
PE-VP
|
2,0-5,0
|
Qog’oz yoki matoning usyini qoplash uchun
|
PMMA
|
0,5-2,5
|
Quvur,varoqlar
|
PP
|
0,4-0,7
|
Elektroizolatsiya uchun plyonka olish
|
PVX-PLASTIKAT
|
3,0-15,0
|
Kabellarni izolatsiya qilish uchun
|
Maxsulоt оlishning texnоlоgik asоslari.
Maxsulоt оlishning texnоlоgik jarayonini nazariy kimyoviy, fizikaviy-kimyoviy, texnоlоgik asоslari.
Hozirgi vaqtda dunyoda polipropilen olishning 4 ta usuli mavjud.
Eng avval ishlab chiqilgan usul etilen gazini yuqori bosimda siqish. Bu usul bilan olingan polipropilen yuqori bosimli polipropilen.
(O’zbekcha YuBPE yoki PZPE, puscha PEVD yoki PENP, inglizcha LDPE) nomi bilan ataladi.
Ikkinchi va uchinchi usullarda etilen gazini past bosimda maxsus katalizator yordamida polimerlashga uchratiladi. Bu usullarda olingan polipropilenning nomi past va o’rta bosimli polipropilen deb yuritiladi.
To’rtinchi usul “Yunipol” texnologiyasi bo’yicha polipropilen ishlab chiqarish usuli hisoblanadi.
Yuqori bosim ostida etilenni polimerlash texnologiyasi.
Yuqori bosimda radikal initsiatorlar ishtirokida olingan polipropilenni yuqori bosimli polipropilen deb ataladi (YuBPE). Buning uchun avvalo etilenni kompressorlarga 150 – 300 MPa (1500 – 3000 kg\sm2) bosim ostida siqib maxsus reaktorlarga uzatiladi. So’ngra suyultirilgan etilenga juda oz miqdorda (0,002 – 0,006%) kislorod initsiatori qo’shilib aralashma 180 – 2000C gacha qizdiriladi. Natijada etilenning 12 – 15% i polimerlanadi, qolgan qismi esa polimerdan ajratib olinadi va qaytadan kompressorga yuboriladi.
Etilenni polimerlash jarayonini izotermik reaktsiya bo’lib bunda ajralib chiqadigan issiqlik (93 kj\mol) polimer makromalekulalariga salbiy ta’sir ko’rsatishi ya’ni uning fizik – mexanik xossalarini yomonlashtirishi mumkin. Shuning uchun bu issiqlikni sovitish suv yordamida reaktsiya chiqarib turiladi. Polimerlanish jarayoni uzluksiz bo’lib, maxsus reaktorlarda amalgam oshiriladi. Bu reaktorlar soatiga 0,5 m dan to 2 m gacha polipropilen ishlab chiqarishi mumkin.
Uning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
Etilenni kompressorlarga siqish;
Initsiatorini tegishli miqdorda berish;
Modifikator (zanjir uzuvchi ) ni maxsus moslama orqali berish;
Etilenni polimerlash;
Polimerga aylanmagan etilenni ajratish;
Reaktsiyaga kirishmagan etilenni sovitish va uni tozalash;
Olingan polipropilenni granulaga aylantirish;
Granulani quritish har xil qo’shimchalar berish, qoplash va maxsulotni talabga javob berishni nazorat qilish.
Etilen maxsus saqlagichdan 1 – 2 MPa bosimda 20 – 400C resiverga uzatib o’zi reaktsiyadan ajratilgan qaytar etilen qo’shiladi, buni texnologik jarayonda past bosimdan qaytar etilen deb ataladi. Initsiator kislorod ham shu yerda qo’shiladi. Aralashma kompressorlar yordamida siqiladi 25 – 30 MPa gacha va “oraliq bosimli” ega bo’lgan qaytar etilen bilan aralashtirib reaktsion bosim berish uchun maxsus kompressorlarga uzatiladi va undan chiqayotgan etilen 150 – 350 MPa bo’lib trubasimon reaktorga boradi. Polimerlanish natijasida hosil bo’lgan (reaktorda) aralashma polipropilen va reaktsiya kirishmagan etilen uzluksiz reaktordan olinadi. Polimerlanish jarayonida 1 tonna polipropilen hosil bo’ladi. Suyuq polipropilen “past bosim ajratgich”dan ekstruderga o’tadi va granulaga aylantiriladi. Granulalangan polipropilen suv bilan aralashtirilib maxsus moslamaga uzatiladi, u yerda suv ajratiladi va quriladi.
Past bosim ostida polipropilen to’yingan yoki aromatik uglevodorod muhitida (ekstraktsion benzin, siklogeksan), kompleks katalizator (Al(C2H5)2ClQTiCl4) aralashmasi ishtirokida polimerlanish orqali olinadi. Odatda katalizator suspenziyasi oldindan tayyorlanadi (1% benzindagi eritmasi) va 1% miqdorida reaktorga uzatiladi.
Katalizator tarkibini olinadigan polipropilen turiga qarab o’zgarish mumkin.
Polimerlanish umuman 2 – 5 kg\km2 atmosfera bosimda va 60 – 800C temperaturada aralashtiruvchi moslamasi bor reaktorga olib boriladi. Reaktsiya natijasida ajralib chiqadigan issiqlik reaktor devori hajmi bug’langan reaktsiyaga kirishmagan issiqlik reaktor devori hamda bug’lardan, reaktsiyaga kirishmagan etilen benzin orqali muhitdan olib ketiladi. Bu etilen kondensatsiyalanib, so’ngra sovitilgandan keyin qaytadan reaktorga yuboriladi. Dezaktivatsiya izopropil spirtni (C3H7OH) benzin bilan amalga oshiriladi. Bundan ajratilgan polipropilen yuviladi va sentrufugada ajratiladi.
Qattiqlik koeffisentining parchalanishini (dezaktivatsiya) quyidagi reaktsiya orqali tushintirish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |