Siklogeksan.
Siklogeksan organik modda bo’lib atsiklik guruhiga kiradi. Siklogeksan Kavkaz neftini tarkibida ko’proq uchraydi. Siklogeksan 82 – 830C da qaynashda davom etib, bog’lari mustahkam bo’ladi. Ular yonganda CO2 va H2O hosil bo’ladi. Ular ShGKM da siklogeksanni polimer olishda ertivchi sifatida ishlatishadi. Siklogeksan 17 – 18% C2H4 eritiladi. Biz siklogeksanni ishlatishimizga sabab shuki, uni polimer tarkibidan oson ajratib olish mumkin.
Salbiy tomoni agar polimer tarkibida 0,05% dan ortib ketsa polimerni qayta ishlatishda havo kislorodida yonib ketishi mumkin.
Siklogeksan ShGKM ga Rossiya davlatidan keltiriladi.
Buten – 1.
Buten – 1 (CH2 = CH – CH2 – CH3) polipropilen ishlab chiqarishda somonomer sifatida ishlatiladi. Bunga polipropilenni zichligini kamaytirish (rostlash) uchun qollaniladi. Buten – 1 ni asosan plonyanka markalariga ko’p ishlatiladi. Buten – 1 korxonada ishlab chiqiladi. Yiliga 6000 tanna buten – 1 xom ashyosi kerak bo’ladi.
C H2 = CH2 + CH2 = CH2 t*k CH2= CH – CH2 – CH3
Buten – 1 organik modda bo’lib olifen qatori uglevodorodlarga kiradi molekulyar massasi 56 gr\sm3, zichligi 1,9568 gr\sm3, qaynash temperaturasi – 630C.
Katalizatorlar.
Sigler-Natta katalizatorlari polimerlanish jarayonining kaliti xisoblanadi. Sklertek texnologiyasida ikki katalizator sistemasi ishlatiladi; bular quyidagicha ataladi:
Standart katalizator sistemasi (CTD) yoki (STD);
Termik ishlov berilgan katalizator sistemasi (HTC) yoki (TIB).
Katalizatorlar sifatida:
SA – tetraxlortitan (TiCl4) va SV – oksitrixlorid vannadiy (VOCl3).
SA, SV yuqori faolikka ega bo’lgan birikmalar xisoblanadi. Bu moddalar xar xil nisbatda aralashtirilishi bilan yuqorida keltirilgan ikki xil katalitik sistema xosil qilinadi.
Katalitik sistema quyidagi tarkibga ega: SAV – 80% (massoviy) SV va 20% (massoviy) SA dan iborat. SAV-2 – 50%, SV va 50% SA dan iborat.
SAV aralashmasi standart katalizator rejimda, SAV-2 aralashmasi esa termik ishlov berilmagan katalizator rejimida ishlatiladi.
Ushbu katalizatrlar sistemasini faollashtiruvchilari sifatida sokatalizatorlar ishlatiladi. Sokatalizatorlar katalizatorlarni faollashtirishda muxim rol o’ynaydi. Sokatalizator sifatida alyuminiyning alkillari ishlatiladi. Ular asosan ikki vazifani, ya’ni metallni qaytarish va alkillashni bajaradilar.
Sokatalizatorlarni xillari va ularni shartli belgilari quyida keltirilgan:
ST – uch etil alyuminiy (TEAL) – Al (C2H5)3
CD – alyuminiy dietilxloridi (DEAS) – Al(C2H5)2Cl
SJ – alyuminiy dietiletoksidi (DEAL-E) Al(C2H5)2 OC2H5.
Katalizator tarkibidagi metallarni uchetil alyuminiy ishtirokida qaytarilishi va faolligini reakstiyalarini quyidagicha tushuntirish mumkin:
Metallarni qaytarilish reakstiyasi boshlanishi bilan alyumiiy alkil xloridlari xam xosil bo’ladi. Bu moddalarni o’zi xam juda yaxshi faol sokatalizatorlar xisoblanadi. Ular titan va vanadiyni qaytaradi va alkillaydi. Sokatalizator qo’shilgandan so’ng umumiy qaytarilish va alkillash reakstiyalari uchun 10 sekund vaqt kerak bo’lsa, VOCl3 ni VOCl2 ga o’tishi uchun 2 sekund etarli bo’ladi. Shuning uchun xam sokatalizator miqdorini keragidan ozgina ortib ketishi, titan va vannadiyni katalitik inert xolgacha qaytarilishiga olib kelishi mumkin. Demak katalizatorlar aralashmasini tayyorlashda sokatalizatorning optimal miqdorini aniqlab olish muxim axamiyatga ega. Bu komponentlarni aralashtirishdan oldin ularni siklogeksanda eritib olingan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |