( C2H5)2Al(C2H4)nC2H5TiCl3 Q4C3H7OH Al(OC3H7)3 Q Ti(OC3H7)Cl2 Q H2
Bu parchalangan katalizatordan siqib va yuvish orqali polipropilen tozalanadi. Tozalangan polipropilen maxsus quritkichlarda quritiladi.
YuZPE egilishdagi plastik moduli 200C da past zichlikli polipropilendagidan 3 marta 500C da esa 1,5 marta katta.
polipropilen va undan tayyorlangan buyumlar havo, yorug’lik va ultra binafsha nur bilan qizdirilganda barqaror bo’lmaydi. Bu faktorlar ta’sirida polipropilen mo’rt bo’lib, uni mustahkamligi yomonlashadi. Tashqi ta’sirga chidamliligini oshirish uchun polipropilenga antioksidantlar va har xil qo’shimcha (perisatka) lar beriladi.
O’rta bosimli polipropilen ishlab chiqarish texnologiyasi.
Etilenni o’rta bosimda polimerlash 130 – 1700C haroratda katalizator ishtirokida eritmada amalga oshiriladi. Katalizator sifatida metal oksidlarni inert to’ldiruvchini yuzasiga shimdirish orqali qo’llaniladi (xrom oksidi va alyumiysilikad). Bu texnologiya bilan olingan polipropilen o’zini xossalari bilan past bosimda olingan polipropilenga o’xshash bo’ladi.
O’rta bosim texnologiyasi AQShda “Fillins” firmasi tomonidan ishlab chiqilgan. O’rta bosimda etilenni polimerlash xususiyatlari jarayonni effektivligi katalizator sifatiga va uning aktivligiga bog’liqdir. Katalizator xrom angidridni suvdagi eritmasini alyumosilikat yuzasiga o’tirish orqali olingan tayyor katalizator xrom angidrit 3 – 6% tashkil qiladi. Undan so’ng katalizator quritiladi va qizdiriladi (175 – 5500C), bunda ajralish bilan bir qatorda VI valentli xrom III valentligiga o’tadi.
4 CrO3 2Cr2O3 + O2
O’rta bosimli polipropilen ishlab chiqarish bu jarayon uzlukli va uzluksiz bo’lishi mumkin. Katalizatorni benzindagi suspenziyasi maxsus jihozda tayyorlanib u yig’uvchi moslamaga uzatiladi va undan uzluksiz birinchi polimerizatoriga nasos orqali yuboriladi. Bu polimerizatorga bir paytda etilen va benzin oldindan 1200C isitilib berilib turadi. Polimerlanish jarayonida 8% polipropilen hosil bo’ladi. Bu hosil bo’lgan aralashma (etilen – benzin – polipropilen) truba va isitish moslamasi orqali ikkinchi reaktorga tushadi. Bu reaktorda polipropilen miqdori 14% gacha ko’tariladi. Xuddi shunday aralashma uchinchi reaktorga uzatiladi va unda polipropilen konsentratsiyasi 20% gacha yetadi. Reaktorlar bir xil konsentratsiyaga ega bo’lib ularni hajmi 16 m3 ni tashkil etadi va issiqlik o’tkazuvchi ikki pardali devordan iborat sintez qilingan eritma kondensatorga uzatilib, unda 600C gacha sovitiladi va undan so’ng separatorga tushib katalizatorni ajratib olinadi. Separatorga polipropilen va benzin reaktsiyaga kirishmagan etilendan ham ajratiladi. Olingan polipropilen maxsus moslamada (etilendan ham ajratiladi) granulaga aylantiriladi. Benzin va etilen sikilga qaytariladi.
Sintez qilib olingan polipropilen ko’rsatkichlari:
-zichligi 0,950 – 0,970 g\sm3;
-molekulyar massasi 10000 – 30000;
-yumshalish temperaturasi 125 – 1320C;
-kristallik darajasi 80 – 90%.
“SKLERTEK” texnologiyasi bo’yicha bo’yicha ishlovchi bir necha qurilmani ko’rib chiqaylik.
1000 raqamli qurilma.
Bu qurilmadan quyidagi gaz ko’rinishdagi chiqindilar chiqadi.
Peroliz pechidan chiqadigan domna gazi. Uning tarkibida azot va oltingugurt oksidlari konsertratsiyalari tegishli 120- 150 mgg’m3 ega.
Qurilmadan suyuqchiqindi sifatida polimer joyi ajraladi. Uning miqdori kuniga 300 kg ni tashkil qiladi.
Bu moyni utilizatsiya qilish maqsadida piroliz uchun mo’ljallangan kokslash pechining ham ashyosiga quyiladi.
Tozalash – bug’latish injektorini tozalash natijasida 175 kg qattiq nam uglerod hosil bo’ladi.
Uni tozalash yiliga atigi 2 marotaba amalga oshiriladi.
Bu koks Navoiy shaxridagi semant zavodiga xom – ashyo sifatida ishlatish uchun yuboriladi.
Katalizator saqlagichni xaftasiga 1 marta shamollatish natijasida soatiga 315 kg (2,48 nm3g’g) gaz chiqadi. Bu gaz tarkibi quyidagicha:
Suv – 4,2%;
N2 – 95,8%;
Siklogeksan – 2,2%;
H2 – 0,8% bo’ladi.
Suyuq chiqindi.
Polimerlar chiqindilari (qovushqoq smazkolar) miqdori 200 kgg’soat (me‘yor), 1215 kgg’soat (max) chiqindi 40% siklogeksan 25% etil siklogeksan va 5% past molekulali polimerdan iborat bo’lib ular bug’ generatorida yoqiladi.
Qattiq chiqindi.
Yiliga 165 metrik tonna sifatsiz polipropilen hosil bo’lib, uning tarkibida 91% polipropilen va 9% suv bo’ladi.
Bu chiqindi utalizatsiyasi kompleksdan tashqarida amalga oshiriladi.
Zavoddan yiliga 1120 tonna Al2O3 hosil bo’ladi. U sement zavodining pishirish pechiga qo’shimcha sifatida yuorib turiladi.
Qoplarni yirtilishi natijasida yiliga 600 metrik tonna polipropilen granulalari to’kiladi. Bu chiqindilar ham kompleks tashqarisida utilizatsiya qilinadi.
Qadoqlash materiali sifatida polipropilen paketlar va plonka ishlatiladi, yiliga 6000 kg sarf bo’ladi.
Sho’rtan gaz – kimyo majmuasida har xil chiqindilarni yoqotish uchun bir qancha tadbirlar ko’zda tutilgan, shulardan biri chiqindilarni yondirish moslamasidir.
Bu moslama majmuaning har xil nuqtalaridan quvurlar orqali yoqish uchun chiqindilar yuboriladi. Bu chiqindilar qatoriga pastki molekula og’irlikka ega bo’lgan polipropilen ham kiradi. Xullas, suyuq holdagi chiqindilar yoqishga yuboriladi.
Ekstruderdan chiqayotgan chiqindi va klassifikatordan chiqayotgan nostandart granulalar Qarshi termoplast zavodiga yuboriladi. U yerda maydalanib, ikkinchi xom – ashyo sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |