Turbinani rostlash. Yuqorida ko’rsatilgandek, o’tkinchi jarayon turbinaning aylantiruvchi (mexanik) momenti va generatorning tormozlovchi (elektromagnit) momentlari orasidagi muvozanatning buzilishi hisobiga sodir bo’ladi. Tezlashish maydonini kichiklashtirish va tormozlash mumkin bo’lgan maydonni ko’paytirish maqsadida turbina quvvatini kamaytirish zarur, boshqacha so’z bilan aytganda avariya paytida elektr uzatishni yuksizlantirish zarur. Bu tadbir ko’pincha suv elektr stansiyalar (GES)lar uchun bir qism generatorlarni uzish orqali amalga oshiriladi, chunki bu texnologik jarayon uncha murakkab emas. Issiqlik va atom elektr stansiyalarida generatorlarni uzish va qo’shish texnologiyasi ancha murakkabroq, shu sababdan turbinalar quvvatini kamaytirishning boshqacharoq uslubi qo’llaniladi. Bu bug’ turbinalarning quvvatini avariya holatida boshqarish deb nomlangan uslub (TQAB). TQAB bug’ turbinalarining rostlash sistemasiga elektrogidravlik o’zgartirgich (EGo’) va quvvatni boshqarish mexanizmi (QBM) orqali ta’sir ko’rsatadi.
a)
b)
11.5 - rasm. Turbinani avariya holatida boshqarish
a) Avariya holatida yuksizlantirish impulsining formasi
b) Turbina xarakteristikasini o’zgartirish
Xarakteristika 2 dinamik turg’unlik shartidan kelib chiqib turbogeneratorni qisqa vaqtga yuksizlantirish va keyinchalik quvvatni avariyadan oldingi holatidagi qiymatigacha tiklash xoliga mos keladi.
Statik turg’unlik shartiga ko’ra avariyadan keyingi holatda qisman yuksizlantirish talab etiladi (1,3 xarakteristika).
Bu ta’sir bilan sistemaning dinamik turg’unligini saqlash maqsadida agregatlar rotorlaridagi ortiqcha kinetik energiyani tezlikda so’ndirish turbinani qisqa muddatli impulsli yuksizlantirish tufayli ta’minlanadi. Keyinchalik turbinaning quvvati avariyadan keyingi holat talab etayotgan qiymatgacha tiklanadi. Turbinaning quvvatini qisqa muddatga yuksizlantirish maqsadida boshqarishning dasturiy usuli qo’llaniladi: EGo’ga An amplitudali va davom etish vaqti bo’lgan to’g’ri burchak ko’rinishdagi impuls eksponensial boshqarish signali beriladi va u doimiy vaqt bilan eksponensial sekin pasayib boradi. (11.5.-rasm). Odatda xarakteristikaning o’zgarish diapazoni: klapanlarning maksimal tezlikda yopilishini ta’minlovchi notekislik koeffitsienti =1 4 va =0,1 0,5 s , =2 5 s. Impulsli ta’sir etishning tezkorligi tajribadan olingan qiymatlarni hisobga olgan holda o’tkinchi jarayonlarning tahlili natijasi bo’yicha darajalanadi.
Sistemaning dinamik turg’unligini saqlash maqsadida qayd etilganlardan tashqari holat xarakteridagi tadbirlar, sistemaning ulanish sxemasini o’zgartirish, elektr sistemani nosinxron ishlayotgan qismlarga bo’lish, shuntlovchi reaktorlarning ma’lum bir qismini uzish, avtomatik yuksizlantirish va xokazolar qo’llaniladi.
Odatda sanab o’tilgan tadbirlarning ko’pchiligi sistemaning nafaqat dinamik turg’unligini shu qatorda avariyadan keyingi holatning statik turg’unligini saqlash uchun ham birgalikda (kompleks) qo’llaniladi.
Sinov savollari
1. Dinamik turg‘unlik zaxirasini oshirish uchun choralari.
2. Dinamik turg‘unlikni oshirish uchun tez ishlovchi uzgichlarni qo’llash.
3. Qo’zg’atishni kuchaytirishli va kuchsizlashtirishli QARlarning qo’llash orqali dinamik turg‘unlikni oshirish.
4. Uzatish liniyaning kuchlanishini oshirishi elektr tizim dinamik turg’unligiga ta’siri.
5. Dinamik turg‘unlik zaxirasini oshirish maqsadda avtomatik qayta ulashni (AQU) qo’llanilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |