O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ABU RAYHON BERUNIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
MAXMUDOV T.F., XABIBULINA A.T.
«O’TKINCHI JARAYONLAR»
(Elektr tizimlarida elektromexanik o’tkinchi
jarayonlari. II-qism) kursi bo’yicha
Ma’ruzalar matni
TOSHKENT - 2014
O’tkinchi jarayonlar: Ma’ruza matni. /Maxmudov T.F., Xabibulina A.T. – Toshkent: TDTU, 2014 – 84b. Rus tilidan o’zbek tiliga t.f.d., prof. T.Sh. G’oyibov taxriri ostida tarjima qilingan.
Ushbu ma’ruza matnida asosiy etibor statik va dinamik turg’unliklar tushunchasini bilishga, ularning fizik xususiyatlarini ochishga qaratilgan. Elektr energetika tizimlarida kuzatiluvchi o’tish jarayonlarining kechish qonuniyatlari va xususiyatlari, ularni tahlil qilish usullari keng qamrovli ko’rib chiqilgan.
Ma’ruza matni ishchi dasturga muofiq va 5310200 «Elektr energetika» ta’lim yonalish talabalari uchun tavsiya etiladi.
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilmiv-uslubiy kengashining qaroriga binoan chop etildi.
Taqrizchilar: NDS GAK «Uzbekenergo»
k.t.n., dots. Mirzaev A.T.
ToshDTU,EF, «ESTT» kafedrasi
t.f.n., dots. Xaydarov S.D.
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2014.
KIRISH
«O’tkinchi jarayonlar» fanida o’rganiladigan asosiy ob’yekt energetika sistemasi hisoblanadi.
Elektr tizim – elektr energetikani elektr qismi bo’lib, unda elektr energiya ishlab chiqaruvchi (ES), o’zgartiruvchi (transformatorlar), uzatuvchi (xavo elektr uzatish yo’llari (XEUY) va kabel liniyalari (KL) va iste’mol qiluvchi elementlar majmuasi tushiniladi.
Elektr energiyani ishlab chiqarishda o’zgartirishda uzatishda va iste’mol qilishda qatnashadigan tizim elementlarini shartli ravishda bo’lish mumkin:
- Asosiy elementlarga (turbinalar, sinxron va asinxron generatorlar, transformatorlar, elektr uzatish yo’llari, kompensatsialovchi qurilmalar, elektr dvigatellari);
- Boshqaruv elementlari (turbinalar tezligini avtomatik rostlagich, sinxron generator va sinxron kompensatorlar qo’zg’atish tokini avtomatik rastlagichlar, kommutatsiya qurilmalari, releli ximoya elementlari, avariyaga qarshi avtomatikasi va boshqa avtomatik rostlagich va boshqarish qurilmalari);
- Ximoya elementlari (yashin qaytargichlar, razryadniklar, reaktorlar, eruvchan saqlagichlar).
Elektr sistemada ayni muayan paytda kechadigan jarayonlar majmuasiga uning holati (rejimi) deyiladi. Uning rejimini son va sifat jixatdan xarakterlovchi ko’rsatikichlarga – holat parametrlari deyiladi. Bu ko’rsatkichlarga sistemada ishlab chiqarilayotgan va iste’mol qilinayotgan aktiv va reaktiv quvvat (P, Q), tugunlardagi kuchlanish (U), iste’mol qilinayotgan tok (I), tok va kuchlanishning o’zgarish chastotasi (f), parallel ishlayotgan generatorlar rotorli orasidagi burchak siljishi (δij), generatorlarning sirpanish koeffitsienti (Ssg), generatorlarning absolyut yuklanish burchagi (δG), generatorlarning qo’zg’atish toki (if) kiradi. Holat parametrlari sistema rejimi o’zgaradi va o’zaro nochiziq bog’lanishda bo’ladi.
Elektr sistema rejimlari bo’linadi:
- turg’unlashgan barqarorlashgan rejim;
- o’tkinchi rejim.
Sistemada ba’zi bir sabablarga yoki avtomatik qurilmalarning noto’g’ri ishlashi tufayli paydo bo’ladigan o’tkinchi rejim – o’tkinchi jarayonlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lib, elektr sistema elementlarining holatining o’zgarishi kuzatiladi.
Elektr sistemada xar xil sabablarga ko’ra paydo bo’ladigan turtkilar ta’sirida bir qancha rejim parametrlarining vaqt bo’yicha o’zgarishi kuzatiladi.
O’tkinchi jarayonlar ularning paydo bo’lish sabablari va kechadigan jarayonlari bo’yicha: to’lqin, elektromagnit va elektromexanik qismlarga ajraladi.
O’tkinchi jarayonlar deb elektr sistemasining bir barqarorlashgan holatdan boshqa barqarorlashgan holatga o’tishiga aytiladi. Elektr sistemasining fizikakviy xususiyatlariga bog’liq ravishda bu jarayonning tabiati yagona ajralmasdir va shu jarayon uchun uning matematik tasnifi ishlatiladi. Lekin ko’pgina amaliy masalalarda o’tkinchi jarayonlar bir necha ketma ket o’tuvchi va EES bir gurux ma’lum parametrlarining o’zgarishini tavsiflovchi jarayonlardan tashkil topgan deb qaraladi.
Elektr tizimida o’tkinchi jarayon elektromagnit va mexanik o’zgarishlari bilan xarakterlanadi. Aylanuvchi elektr mashinalarning rotorlari anchagina katta mexanik (kinetik) energiyaga ega bo’lganligi sababli, dastlabki o’tkinchi jarayon elektr magnit o’zgarishlar orqali xarakterlanadi. Shuning uchun o’tkinchi jarayonini boshlang’ich davri elektromagnit o’tish jarayoni deb nomlanadi. Keyinchalik bu jarayonga mexanik ta’sirlar qo’shilganda bu o’tkinchi jarayon elektromexanik deb nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |