Internet saytlari
www.gov.uz – O’zbekiston Respublikasining davlat portali.
www.mineconomy.uz – O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining sayti.
www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qonunchilik hujjatlari sayti.
www.stat.uz - O’zbekiston Respublikasi Statistika bo’yicha davlat qo’mitasining sayti.
www.norma.uz
www.economyfaculty.uz
4-BOB. PERSONALNI REJALASHTIRISH
4.1. Personalni rejalashtirish: mohiyat, maqsad va vazifalar
Personalni rejalashtirish — personalni rivojlantirish, uning kasbiy va malaka tarkibini hisobga olish, personalga umumiy va qo’shimcha ehtiyojni aniqlash, xodimlardan foydalanishni nazorat qilishga qaratilgan aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyatdir.
Personalni rejalashtirishning mohiyati kadrlarga ularning qobiliyatlari, qiziqishlari hamda ishlab chiqarish talablariga muvofiq zarur vaqtda va kerak bo’lgan miqdorda ish o’rni takdim etish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Ish o’rinlari mehnat unumdorligi va qiziqish uyg’otishi nuqtai nazaridan mehnat kishisiga eng maqbul ravishda o’z qobiliyatini rivojlantirish imkonini yaratishi, mehnat unumdorligini oshirishi. munosib mehnat sharoitlari yaratish va ish bilan bandlikni ta’minlash talablariga javob berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |