Personalni jalb etish (ishga qabul qilish)ni rejalashtirishda quyidagilar hisobga olinishi lozim:
talab etilayotgan miqdor, jalb etish muddatlari;
taklifdagi alohida muammolar va ularni bartaraf etish vositalari;
Personalni jalb etishda ikki imkoniyatdan foydalaniladi:
Kompaniya yoki firmaning o’z xodimlarini jalb etish. Ular ish vaqtiga qo’shimcha vaqtda ishga jalb etilishi, malaka jihatdan rivojlantirilishi, boshqa ishga o’tkazilishi mumkin. Bu usul samarali hisoblanadi.
Xodimlarni chetdan jalb etish. Bu masalada korxona personali xizmati bandlikka ko’maklashish markazlari bilan qalin hamkorlikda faoliyat ko’rsatishlari talab etiladi.
Personaldan foydalanishni va uni qisqartirishni rejalashtirish. Buning uchun bo’sh turgan shtat lavozimlarini to’ldirish dasturini ishlab chiqish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |