Buxoro Davlat Universiteti
“Persanalni boshqarish” fanidan
R e f e r a t
Ma`vzu: Personalni boshqarishning Uzoq Sharq mamlakatlari tajribasi
Bajardi: Vafayev Abdulaziz
Buxoro 2021
Personalni boshqarishning Uzoq Sharq mamlakatlari tajribasi.
M u n d a r I j a:
Kirish……………………………………………………………... …. 3
Persanalni boshqarish tushunchasi, mazmuni va mohiyati………………………………………………….……… 4
Persanalni boshqarish tizimi va uni o`z oldiga qo`yiladigan vazifalari…………………………………………………..……..10
Personalni boshqarishning chet el tajribalari…………………………………………………………15
Xulosa …………………………………………………………………18
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati…………………………...………..20
Personalni rejalashtirish: mohiyat, maqsad va vazifalar
Personalni rejalashtirish — personalni rivojlantirish, uning kasbiy va malaka tarkibini hisobga olish, personalga umumiy va qo’shimcha ehtiyojni aniqlash, xodimlardan foydalanishni nazorat qilishga qaratilgan aniq maqsadga yo’naltirilgan faoliyatdir.
Personalni rejalashtirishning mohiyati kadrlarga ularning qobiliyatlari, qiziqishlari hamda ishlab chiqarish talablariga muvofiq zarur vaqtda va kerak bo’lgan miqdorda ish o’rni takdim etish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Ish o’rinlari mehnat unumdorligi va qiziqish uyg’otishi nuqtai nazaridan mehnat kishisiga eng maqbul ravishda o’z qobiliyatini rivojlantirish imkonini yaratishi, mehnat unumdorligini oshirishi. munosib mehnat sharoitlari yaratish va ish bilan bandlikni ta’minlash talablariga javob berishi kerak.
Personalni rejalashtirish, jumladan, quyidagi savollarga javob berishi kerak:
qancha xodim talab etiladi, ularning malakasi, ular qachon va qaerda kerak bo’ladi (personalga ehtiyojni rejalashtirish);
ijtimoiy jihatlarni hisobga olgan holda zarur personalni qanday qilib jalb etish yoki ortiqcha personalni qisqartirish mumkin (shtatga olish yoki qisqartirishni rejalashtirish);
xodimlardan ularning qobiliyatiga qarab qay tarzda foydalanish mumkin (personaldan foydalanishni rejalashtirish);
qay tarzda aniq maqsadni ko’zlagan holda personal malakasini oshirishga ko’maklashish hamda bilimini o’zgartirayotgan talablarga moslashtirish mumkin (personalni rivojlantirishni rejalashtirish);
rejalashtirilayotgan tadbirlar qancha sarf-xarajatni talab etadi (personal uchun sarf-xarajatlar).
Personalni rejalashtirish maqsadlari tashqi muhitni (imkoniyatlar va xavf) tahlil etish, kompaniya yoki firma kuchli (ojiz) tomonlarini tahlil etish, kompaniya yoki firma qo’llab-quvvatlayotgan shaxsiy guruxlar manfaatlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishni taqozo etadi. Ana shu maqsaddan kelib chiqqan holda turli mamlakatlarda rejalashtirishda o’ziga xoslikni farqlash mumkin. Jumladan, Yaponiya kompaniyalarida yangiliklarni joriy etish mukammalligiga urg’u berilsa, Buyuk Britaniyada — resurslar taqsimoti, Amerika Qo’shma Shtatlarida esa barcha bo’linmalar strategiyasini birlashtirish hamda resurslar taqsimoti birinchi o’ringa qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |