Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar o’rtasidagi mehnat, ijtimoiy — iqtisodiy va kasbga oid munosa-batlarni tartibga soladigan hujjat.
Jismoniy shaxs — huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi hisoblanadi, bevosita o’z nomidan faoliyat yuritadigan alohida fuqaro.
Ijtimoiy guruhlar — iqtisodiyotda kasbga oid bo’lib, bir xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi, muntazam ravishda bir-birlari bilan munosabatga kirishadigan shaxslar guruhidir.
Ijtimoiy ishlab chiqarish — jamiyat yoki milliy iqtisodiyot miqyosida ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida kishilarning ehtiyojlarini qondirish uchun kerak bo’ladigan ne’matlarni yaratishga yo’naltirilgan iqtisodiy faoliyatlar majmui.
Ijtimoiy muhit — insonning yashash va ishlashi uchun uni o’rab turgan ijtimoiy, moddiy va ma’naviy shart-sharoitlar.
Ijtimoiy sug’urta — davlat tomonidan joriy etiladigan, nazorat qilinadigan va kafolatlanadigan keksalar, mehnatga layoqatsizlarni ta’minlash, yordam ko’rsatish tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |